Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar

“Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali iqtisodiyot va pedagogika yoʻnalishdagi maqolalar va axborotlarni chop etishga ixtisoslashgan.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 31-iyuldagi 363/5-son qarori bilan iqtisodiyot va pedagogika sohalarida "Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan.

Jurnal oʻzbek, rus va ingliz tillarida, 2 oyda bir marotaba chiqariladigan nashrdir.

e-ISSN: 3060-4842                                                                   Batafsil...

Joriy nashr

Jild 3 № 4 (2026): ILG‘OR IQTISODIYOT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Nashr qilingan: 07/20/2026

Maqolalar

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV MADANIYATNING XORIJ TAJRIBASI
Nazokat Akramova

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning xorijiy tajribasi tadqiq etilgan. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarida qo‘llanilayotgan korporativ qadriyatlar, boshqaruv uslublari, xodimlarni motivatsiyalash, ichki kommunikatsiyalar, jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, aksiyadorlar, kuzatuv kengashi, ijro organi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda korporativ madaniyatning o‘rni yoritilgan. Xorijiy kompaniyalar tajribasi asosida korporativ madaniyatning mehnat unumdorligi, xodimlar sodiqligi, innovatsion faollik, investitsiyaviy jozibadorlik va aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida ilg‘or xorijiy tajribaning O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga mos jihatlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

3-14 30 27
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY IMKONIYATLARI
Begzod Murodullayev

Maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlari tarixiy-madaniy meros, hududiy destinatsiyalar, xizmatlar sifati, halal turizm talablari, raqamli targ‘ibot, xalqaro brending va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistik byulletenlar asosida 2021 – 2025-yillarda kiruvchi turistlar oqimi dinamikasi hamda 2024-yilda yirik ziyorat markazlarida kiruvchi tashrif buyuruvchilarni joylashtirish ko‘rsatkichlari baholandi. Shuningdek, 2026-yilda tasdiqlangan “Umra plyus” dasturi doirasidagi subsidiya tartibi ziyorat turizmini eksportbop xizmatlar segmentiga aylantirishga xizmat qiluvchi amaliy iqtisodiy rag‘bat sifatida talqin etildi. Natijalar asosida ziyorat marshrutlarini hududlararo bog‘lash, halal servis standartlarini kengaytirish, raqamli platforma yaratish va monitoring indikatorlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

15-23 35 16
ZAMONAVIY ISLOMIY BANK MAHSULOTLARINING AN’ANAVIY BANK XIZMATLARIDAN FARQLI JIHATLARI
Oybek Voxidov

Mazkur maqolada zamonaviy islomiy bank mahsulotlarining an’anaviy bank xizmatlaridan farqli jihatlari tahlil qilingan. Murabaha, ijara, mushoraka, mudoraba, sukuk va takoful mahsulotlarining daromad shakllanishi, risklarni taqsimlash va real aktivlar bilan bog‘liqligi qiyosiy asosda yoritilgan. Shuningdek, islomiy bank mahsulotlarini O‘zbekiston bank amaliyotida rivojlantirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqilgan.

24-32 39 18
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY RISKLARNI KOMPLEKS BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Suxrob Xolmatov

Mazkur maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni kompleks baholashning zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Kredit, likvidlik, bozor, operatsion va kapital risklarini yagona tizimda baholash, stress-test, ssenariy tahlili, erta ogohlantirish indikatorlari va integral indeksdan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bankning umumiy risk profilini aniqlash va boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks baholash modeli taklif etilgan.

33-42 45 18
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BANK MAHSULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Abbos Xujamuratov

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida bank mahsulotlari samaradorligini oshirishning metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Sun’iy intellektni bank mahsulotining hayotiy sikliga integratsiya qilish bosqichlari tizimlashtirilib, jarayonlarni avtomatlashtirish, prognozli tahlil, personallashtirish, risklarni boshqarish va adaptiv mahsulot boshqaruvining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, ma’lumotlar sifati, algoritmik shaffoflik, inson nazorati va uzluksiz monitoringni qamrab oluvchi konseptual model taklif etilgan.

43-52 44 18
XOMASHYO ARALASHMASI TARKIBINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA TО‘QIMACHILIK KORXONALARI ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATINI OSHIRISH
Javoxir Jо‘raqulov

Ushbu maqolada tо‘qimachilik korxonalarida tikuvchilik iplarini ishlab chiqarishda muqobil xomashyo tarkibini tanlashni modellashtirish asosida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini izlab topish masalasi о‘rganilgan.

53-57 31 17
MAHALLIY DARAJADA SOLIQ RISKLARI VA SOLIQ NAZORAT TIZIMLARI ORQALI SOLIQ MA’MURCHILIGI METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Eldor Turdaliyev

Mazkur maqolada soliq organlari tomonidan tekshirish va soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish amaliyotini takomillashtirish orqali ularning mumkin bo‘lgan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, adolatli soliqqa tortishni ta’minlash va pirovardida soliq tizimining umumiy samaradorligiga hissa qo‘shish imkoniyatlarini oshirishi mumkinligi organilgan va xulosalar shakllantirilgan. Maqolada xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning afzalliklari va muammolari yoritilib, milliy soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

58-68 34 17
MILLIY IQTISODIYOTNING SANOATLASHUV DARAJASIGA MAKROIQTISODIY OMILLAR TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI
Akrom Erkayev

Ushbu maqolada milliy iqtisodiyot sanoatlashuv darajasiga investitsiya jadalligi va tayyor mahsulot eksporti ulushining ta’sirini hisobga oluvchi ekonometrik model orqali baholash natijalari keltirilgan. Bir necha muqobil spetsifikatsiya taqqoslangandan so‘ng ikki omilli va uzilish o‘zgaruvchisini o‘z ichiga olgan yakuniy model tanlangan, uning determinatsiya koeffitsienti 0,90 ni tashkil etadi. Alohida koeffitsientlar tahlili sanoatlashuv darajasi o‘zgarishining asosiy qismini 2017-yildagi tartibga solish rejimi o‘zgarishi izohlashini, investitsiya va eksport koeffitsientlari esa an’anaviy ahamiyatlilik chegarasidan o‘tmasligini ko‘rsatadi. Xato tuzatish modeli, Granger sababiylik testi, chegaraviy kointegratsiya testi, Chou strukturaviy barqarorlik testi, CUSUM testi hamda retrospektiv bashorat tekshiruvi natijalari model xulosalarini ko‘p tomonlama tasdiqlaydi. Tahlil natijalariga ko‘ra sanoat siyosati samaradorligi vositalar hajmiga emas, institutsional tuzilmaga bog‘liq ekanligi empirik jihatdan asoslangan.

69-78 32 15
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY TA’LIM PEDAGOGLARINING KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Jahongir Qosimov

Bugungi kunda ta’limning raqamli ekotizimi shakllanib borayotgan sharoitda pedagoglarning kasbiy faoliyatini ishonchli va obyektiv baholashni ta’minlaydigan innovatsion diagnostika mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning multimodal diagnostik modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli va raqamli pedagogika yondashuvlari integratsiyasi asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari, elektron portfolio, ta’limni boshqarish tizimlari (LMS), videodarslar tahlili va raqamli faoliyat izlari asosida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kompleks monitoring qilish imkoniyatlari yoritildi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “MuhandislikWeb” axborot tizimi va “Muhandislar hisobi” moduli baholash jarayonini avtomatlashtirish, diagnostika natijalarining ishonchliligini oshirish hamda pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berildi. Tajriba-sinov natijalari taklif etilgan multimodal diagnostik modelning amaliy samaradorligini tasdiqlab, uning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar faoliyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lishini ko‘rsatdi.

79-86 33 14
ESG YONDASHUVI ASOSIDA INVESTITSIYALARNI MOLIYAVIY BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH: MILLIY VA XALQARO TAJRIBA TAHLILI
Dilshod Ismailov

Mazkur maqolada ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) yondashuvi asosida investitsiyalarni moliyaviy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda ESG ekotizimini shakllantiruvchi milliy institutsional asoslar, ESG va ISO 37001 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini integratsiyalashgan takomillashtirilgan model, O’zbekiston va xalqaro yirik korxonalarning ESG reytinglari asosidagi moliyaviy afzalliklari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, ESG tamoyillarini investitsiyalarni moliyaviy boshqarish amaliyotiga joriy etishdagi mavjud muammolar va institutsional cheklovlar chuqur yoritilgan hamda ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

87-96 31 20
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK TIZIMI
Dilafruz Xursandova

Maqolada dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida raqamli ta’lim resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish usullari, shuningdek, o‘quvchilarda texnik tafakkur, fazoviy tasavvur va kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar keltirib o‘tilgan.

97-102 31 19
IMPLITSIT KOMPETENSIYALAR TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Azizbek Azadov

Maqolada zamonaviy pedagogika va psixologiya fanida tobora dolzarblashib borayotgan “implitsit (yashirin) kompetensiya” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining evolyutsiyasi (R. Uayt, N. Xomskiy), M. Polanyining implitsit bilim (tacit knowledge) nazariyasi, A. Reberning ongsiz (implitsit) o‘rganish konsepsiyasi, K. Dvekning implitsit nazariyalar (mindset) yondashuvi hamda X. va S. Dreyfuslarning mahoratni bosqichma-bosqich egallash modeli tizimli tarzda yoritiladi. Zamonaviy xorijiy va milliy ilmiy adabiyotlar tahliliga tayangan holda implitsit kompetensiyalarning tarkibiy tuzilishi, ularning eksplitsit (ochiq ifodalangan) kompetensiyalardan farqi hamda ta‘lim jarayonida ularni shakllantirish mexanizmlari asoslab beriladi.

103-107 49 19
RAQAMLI INDIKATORLAR ASOSIDA KREDIT VA BOZOR RISKLARINING ERTA OGOHLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Barno Kadirova

Maqolada raqamli indikatorlar asosida kredit va bozor risklarini erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Risk yuzaga kelishidan oldin salbiy o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi tranzaksion, to‘lov, moliyaviy, xulq-atvor va bozor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Risk signallarini tasniflash va ularni bankning boshqaruv qarorlari bilan bog‘lashga asoslangan ko‘p darajali mexanizm taklif etilgan. Dinamik chegaraviy qiymatlar hamda risk obyektlarining individual raqamli profillaridan foydalanish zarurati asoslangan.

108-117 32 18
XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI VA STRATEGIK YONDASHUVLARI
Shoxruxbek Baxadirov

Maqolada davlat investitsiya siyosatining institutsional mexanizmlari va strategik yondashuvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TXI) jalb etishga qanday ta’sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot institutsional nazariyaga asoslangan bo‘lib, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil hamda dinamik qatorlarni taqqoslash usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan institutsional mexanizmlar va strategik yondashuvlar, jumladan, huquqiy kafolatlar, tashkiliy tuzilmalar, rag‘batlantiruvchi rejimlar hamda xalqaro-huquqiy integratsiya vositalari tizimlashtirilgan.

118-126 35 12
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KONSEPTUAL JADVAL VA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MODELI VA METODIKASI
Shaxrizoda G‘ofurova

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining konseptual jadval va grafik organayzerlardan foydalanish kompetentligini (KJGO-kompetentlik) rivojlantirishning muallif tomonidan ishlab chiqilgan strukturaviy-funksional modeli va metodikasi asoslab berilgan.

127-134 27 16
OʻZBEKISTONDA YASHIRIN IQTISODIYOT DARAJASINI KAMAYTIRISHDA SOLIQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI
Dilshod Bekmuratov

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyot darajasini kamaytirishda soliq madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati, uning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Soliq madaniyatining soliq toʻlovchilarning ixtiyoriy soliq intizomini shakllantirish, soliq qonunchiligiga rioya etish hamda yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirishdagi oʻrni tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda soliq madaniyatining hozirgi holati va uni rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillar baholanib, xalqaro tajriba asosida soliq savodxonligini oshirish, raqamli soliq xizmatlarini kengaytirish, davlat organlari faoliyatining shaffofligini kuchaytirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

135-148 22 8
METODOLOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA TRANSPORT TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO TAJRIBASI NEGIZIDA TEMIR YO‘L TRANSPORTI KORXONALARINING EKOLOGIK-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Muqaddas Abduraxmanova

Mazkur maqolada transport tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani tahlil qilish va uni milliy sharoitlarga moslashtirish asosida temir yo‘l transporti korxonalarining ekologik-iqtisodiy samaradorligini oshirishning metodologik yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti korxonalari faoliyatiga xalqaro tajribani joriy etish imkoniyatlari, transport infratuzilmasini rivojlantirishning milliy ustuvor yo‘nalishlari hamda “yashil iqtisodiyot” strategiyasini amalga oshirish talablari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari transport sohasida tarmoq siyosatini takomillashtirish, temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, transport tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga oid ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishda amaliy va metodologik asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

149-160 20 5
ТРАНСПОРТ-ЛОГИСТИКА КОРХОНАЛАРИНИ САМАРАЛИ БОШҚАРИШДА ESG СТАНДАРТИНИ ҚЎЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ
Ирода Икромова

Ушбу мақолада глобаллашув шароитида транспорт-логистика корхоналарини самарали бошқаришнинг илмий-назарий асослари ҳамда уларни такомиллаштиришнинг устувор йўналишлари тадқиқ этилган. Хорижий ва маҳаллий олимларнинг илмий қарашлари қиёсий таҳлил қилиниб, транспорт-логистика корхоналарини бошқаришнинг замонавий ёндашувлари тизимлаштирилган. Транспорт-логистика корхоналари фаолияти самарадорлигига таъсир этувчи ташқи ва ички омиллар таснифланган ҳамда TMS, WMS ва ERP тизимларини интеграция қилишнинг аҳамияти асосланган. Шунингдек, транспорт-логистика соҳасида ESG стандартларини қўллаш бўйича халқаро тажриба таҳлил қилиниб, экологик барқарорлик, ижтимоий масъулият ва корпоратив бошқарувни уйғунлаштиришга қаратилган илмий-амалий таклифлар ишлаб чиқилган.

161-171 25 6
ELEKTR TARMOQLARI KORXONALARINI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI XORIJIY KORXONALAR TAJRIBASI
Ozod Mavlonov

Ushbu maqolada elektr tarmoqlari korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Janubiy Koreya tajribalari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda National Grid, Enel, Enedis va KEPCO kompaniyalarining tarif siyosati, qarz yuklamasi, investitsiya faoliyati, raqamlashtirish jarayonlari hamda rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, xarajatlarni qoplaydigan tariflar, tartibga solinadigan aktivlar bazasi, qarzlarning maqbul chegarasi, aqlli hisoblagichlar va investitsiyalar samaradorligini baholash moliyaviy barqarorlikning asosiy omillari hisoblanadi. Xorijiy tajribalar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda tarif va tannarx o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, elektr yo‘qotishlari va debitorlik qarzlarini qisqartirish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ichki chegaralarni belgilash taklif etilgan. Ushbu takliflarning amalga oshirilishi korxonaning likvidligi va rentabelligini oshirish, qarz yuklamasini kamaytirish hamda uzoq muddatli investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

172-178 27 13
RIVOJLANAYOTGAN BANK TIZIMIDA MUAMMOLI KREDITLARGA TA’SIR ETUVCHI BANKKA XOS OMILLAR: O‘ZBEKISTON MISOLIDA
Jonibek Rustamov

Muammoli kreditlar (NPL) bank tizimlarining barqarorligi va moliyaviy mustahkamligi uchun, ayniqsa moliya sektori islohotlarini amalga oshirayotgan rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda, muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda 2017 – 2025 yillar davomida O‘zbekiston bank sektorida muammoli kreditlarning dinamikasi hamda banklarga xos omillarning ularga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida muammoli kreditlar, kredit portfeli (amalda qaytarilmagan kreditlar hajmi), kapitallashuv darajasi, rentabellik va real foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun taqqoslama va tavsifiy statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kreditlash hajmining jadal sur’atlarda o‘sishi, ayniqsa Covid-19 pandemiyasi davrida, muammoli kreditlar hajmining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot, shuningdek, diversifikatsiya va yuqori kapitallashuv darajali banklarning kredit riskiga nisbatan barqarorligini oshirishini aniqladi. Bundan tashqari, milliy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha real foiz stavkasi bilan muammoli kreditlar o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi, bu esa moral hazard (axloqiy xavf) gipotezasini qo‘llab-quvvatlaydi. Olingan natijalar O‘zbekiston bank sektorida kredit riskini boshqarishni takomillashtirish, kredit portfeli sifatini yaxshilash hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega.

179-186 22 14
BARQAROR VA INKLYUZIV RIVOJLANISH UCHUN TURIZM INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILISH: XITOY TAJRIBASI
Yu Ming Zhu

Ushbu tadqiqot Xitoyning barqaror va inklyuziv turizm rivojlanishiga erishish uchun turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yordam beradigan mexanizmni tizimli ravishda tahlil qiladi. Xitoyning siyosat asoslari, investitsiya strategiyasi, raqamli transformatsiya tashabbuslari va qishloqlarni jonlantirish rejalarini tizimli tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot Xitoyning jahon darajasidagi turizm infratuzilmasi tizimini qurishning asosiy mexanizmlarini aniqlaydi. tadqiqot usuli miqdoriy ma’lumotlar tahlilini sifatli amaliy tadqiqotlar bilan birlashtiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Xitoyning yondashuvi hukumat tomonidan boshqariladigan rejalashtirishni bozorga asoslangan investitsiyalar bilan birlashtiradi, tezyurar temir yo‘l va aqlli turizm texnologiyasidan to‘liq foydalanish va qishloq turizmi va maqsadli qashshoqlikni kamaytirish loyihalari orqali inklyuziv rivojlanishni ta’minlaydi. 2024 yilda Xitoyning ichki turizm bozori kengayishda davom etdi. Infratuzilmaga investitsiyalar kirish turizmi va xalqaro turizm daromadlari bilan ijobiy bog’liq edi. Ushbu tadqiqot Xitoy modelidan o‘rganishga intilayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun amaliy takliflar beradi, jumladan, ko‘p manfaatdor tomonlarni boshqarish, bosqichma-bosqich infratuzilmani rivojlantirish, raqamli integratsiya va jamiyatga yo‘naltirilgan inklyuziv turizm strategiyalari.

187-193 21 7
ESG OMILLARI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING YANGI DRAYVERI SIFATIDA
Amalya Melieva

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish strategik vazifalari hamda iqlim transformatsiyasi sharoitida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi ekologik yo‘naltirilgan loyihalarga investitsiyalarni jalb etish samaradorligini belgilovchi asosiy moliyaviy va institutsional omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosini tahlil, sintez, qiyosiy va tizimli yondashuv usullari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tahliliy materiallari hamda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini o‘rganish tashkil etadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishda xalqaro moliyaviy institutlar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, yashil obligatsiyalar, ESG-investitsiyalar hamda barqaror moliyalashtirishning boshqa vositalari muhim o‘rin tutishi aniqlandi. Shuningdek, yashil moliyalashtirishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy cheklovlar, jumladan, ichki kapital bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi, xususiy sektor ishtirokining cheklanganligi hamda ESG amaliyotlarining keng joriy etilmaganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlillar qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish iqtisodiyotning yashil transformatsiyasi jarayonlarini jadallashtirish hamda mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish va barqaror moliyalashtirish bozorini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

194-203 7 7
YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSEPTUAL MODELI: DAVLAT ORGANLARI, MOLIYAVIY INSTITUTLAR, TA'LIM MUASSASALARI, BIZNES INFRATUZILMASI VA RAQAMLI PLATFORMALAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA
Ma’murjon Xojiyev

Maqolada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning takomillashtirilgan konseptual modeli tadqiq etilgan. Dolzarbligi shundan iboratki, davlat organlari, moliyaviy institutlar, ta’lim muassasalari, biznes infratuzilmasi va raqamli platformalar bir-biridan ajratilgan holda faoliyat yuritib, qo‘llab-quvvatlash jarayonining uzluksizligini pasaytiradi. Maqsad barcha manfaatdor tomonlarni yagona boshqaruv tizimida birlashtiruvchi besh blokli konseptual modelni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, tarkibiy-funksional tahlil va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Model PDCA falsafasiga asoslangan 7 bosqichli adaptiv mexanizm hamda natijalar transformatsiyasi modeli orqali amaliy asoslab berilgan. Besh manfaatdor tomonning funksional roli va o‘zaro bog‘liqligi tizimlashtirilib, an’anaviy ajratilgan yondashuv bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar taklif etilgan modelning institutlar aloqasi, qo‘llab-quvvatlash xarakteri va baholash tizimi bo‘yicha an’anaviy tizimdan tubdan farq qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari davlat siyosatini ishlab chiquvchilar va Yoshlar ishlari agentligi uchun amaliy ahamiyatga ega.

204-213 6 5
NEYROTARMOQ VA AVTOMATLASHTIRISH JORIY ETILISHI SHAROITIDA PERSONALNI BOSHQARISH
Havoxon Abdujabborova

Mazkur maqolada zamonaviy tashkilotlarda personalni boshqarish tizimiga neyrotarmoq texnologiyalari va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarning nomzodlarni tanlash, adaptatsiya, mehnatni baholash, oʻqitish va kadrlar oqimini prognozlash bosqichlaridagi oʻrnini empirik-nazariy asosda baholashga qaratilgan. Jahon amaliyoti boʻyicha statistik maʼlumotlar (WEF, McKinsey, Deloitte) hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” va sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasidagi milliy tajriba qiyosiy tahlil etilgan. Olingan natijalar neyrotarmoq asosidagi HR-tizimlar mehnat unumdorligini oshirishi, biroq etik, huquqiy va kompetensiya xatarlarini keltirib chiqarishini koʻrsatadi. Maqolada milliy sharoit uchun ustuvor yoʻnalishlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

214-219 10 3
Barcha nashrlarni ko'rish