Mazkur maqolada O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash va kadrlar siyosatini tartibga soluvchi normativ–huquqiy asoslar tahlil qilinadi.Tadqiqotda xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, davlat fuqarolik xizmati islohotlari, gender–huquqiy ekspertiza, gender auditi, kadrlar zaxirasi va rahbarlik lavozimlarida teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari kompleks o‘rganildi hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–562–son, O‘RQ–561–son, O‘RQ–788–son Qonunlari, 2030–yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyun 2025-yildagi PF–95–son Farmoni hamda Jahon bankining “Women, Business and the Law 2024” va “Uzbekistan Country Gender Assessment” hisobotlari asosida gender tenglikning davlat boshqaruvi va kadrlar siyosatidagi amaliy ahamiyati ochib berildi, shuningdek, John Rawls, Max Weber, Amartya Sen, Martha Nussbaum, Anne Phillips va Sylvia Walby qarashlari, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Kanada tajribasi tahlil qilindi, natijada gender tenglikni faqat huquqiy kafolatlar darajasida emas, balki ochiq tanlov, meritokratiya, natijadorlik, rahbar kadrlar zaxirasi, xavfsiz mehnat muhiti va institutsional monitoring bilan bog‘liq boshqaruv mexanizmi sifatida rivojlantirish zarurligi asoslandi.