Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil

“Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiyot yo‘nalishdagi maqolalari va axborotlarini chop etishga ixtisoslashgan.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yil 29-dekabrdagi 347-son qarori bilan iqtisodiyot sohalarida "Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan.

Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 1 oyda bir marotaba chiqariladigan nashrdir.

e-ISSN: 2992-877X                                                                   Batafsil...

Joriy nashr

Jild 4 № 7: Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
Nashr qilingan: 08/04/2026

To'liq son

Maqolalar

YASHIL MAHSULOTLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA MONITORING QILISH: KELIB CHIQISHI, TARIXIY EVOLYUTSIYASI VA JORIY AMALIYOTLAR
Gulrux Abdumutalova

Ushbu tadqiqot yashil mahsulotlar samaradorligini baholash va monitoring qilishning nazariy, tarixiy va amaliy jihatlarini har tomonlama tahlil qiladi. Maqolada ekologik samaradorlikni baholashning 1970-yillardagi dastlabki me’yoriy muvofiqlik bosqichidan boshlab, to bugungi kundagi iqlim stress-testlari va ta’sirni o’lchash tizimlarigacha bo’lgan evolyutsion bosqichlari tizimli ravishda ko’rib chiqilgan. Tadqiqot davomida ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) doirasi, TCFD (Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarni oshkor qilish bo'yicha ishchi guruh) standartlari hamda prudensial nazorat mexanizmlarining moliyaviy barqarorlikdagi o'rni chuqur yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, xususan, O'zbekiston moliya bozoridagi tafovutlar, yashil taksonomiya va yashil yuvish (greenwashing) xavflarini boshqarish muammolari tadqiq qilingan.

9-21 20 12
TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI DIVERSIFIKATSIYASINING RENTABELLIK VA MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Komron Ahmedov

Maqolada tijorat banklari daromadlari diversifikatsiyasining rentabellik va moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan. Daromad manbalarini baholash uchun foizsiz va komissiya daromadlari ulushi, raqamli xizmatlar daromadi, daromadlar konsentratsiyasi, riskka moslashtirilgan daromadlilik hamda barqarorlik koeffitsientini birlashtiruvchi tijorat banklari daromad manbalarini diversifikatsiya qilish indeksi (TBDMI) taklif etilgan. Banklar rentabelligi ROA, ROE va sof foiz marjasi, moliyaviy barqarorligi esa muammoli kreditlar, kapital yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari orqali baholangan. Natijalar komissiya, raqamli xizmatlar, ekvayring, korporativ xizmatlar va savdoni moliyalashtirish kabi barqaror foizsiz daromad manbalarini kengaytirish zarurligini asoslaydi.

22-33 18 11
OʻZBEKISTONDA ERTA BOSQICHDAGI STARTAPLAR EKOTIZIMIDA MOLIYALASHTIRISH VA ISHONCH DINAMIKASI
Kamola Azimova

Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi erta bosqichdagi startaplar ekotizimida moliyalashtirish va ishonch shakllanishining oʻziga xos jihatlari hamda ularning tadbirkorlik siyosati uchun ahamiyati koʻrib chiqiladi. Interpretativ sifat yondashuvi asosida yetti asoschi va besh investor bilan oʻtkazilgan oʻn ikkita yarim tuzilmali intervyu tematik tahlil yordamida tahlil qilindi. Toʻrtta qonuniyat aniqlandi: davlat ishtirokidagi kapitalning ustunligi; grant moliyalashtirishning zaif javobgarligi; ishonchni mahsulot yoki moliyaviy koʻrsatkichlar emas, balki jismoniy mavjudlik va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik orqali namoyon etish; hamda erta bosqichda kapital ulushiga talabning juda yuqori bo’lishi. Maqolada bosqichma-bosqich moliyalashtirish, investitsiyaga tayyorlikni qoʻllab-quvvatlash va ilk bosqichlarda ulushli kapitalni tavsiya qiladi.

34-40 22 10
ZIYORAT TURIZMIDA MAHALLIY AHOLI MANFAATLARINI TA’MINLASHDA INNOVATSION MARKETING TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Sugdiyona Azizova

Mazkur maqolada ziyorat turizmida mahalliy aholi manfaatlarini ta’minlashda innovatsion marketing texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda ziyorat turizmining rivojlanish tendensiyalari, uning mahalliy iqtisodiyotga ta’siri, shuningdek, raqamli marketing vositalari, destinatsiya brendingi hamda mahalliy turizm yondashuvlarining samaradorligi o‘rganilgan. Bundan tashqari, ziyorat turizmini rivojlantirishdagi mavjud kuchli va zaif tomonlar, imkoniyatlar hamda tahdidlarni aniqlash maqsadida SWOT tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish ziyorat turizmini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarning turistik jozibadorligini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi. Maqola yakunida ziyorat turizmi xizmatlari sifatini takomillashtirish va mahalliy aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


 

41-49 22 12
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Dilshod Bekmuratov

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etilgan. Soliq madaniyatining mazmun-mohiyati, uning soliq intizomi, soliq savodxonligi, soliq axloqi hamda davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Soliq madaniyatiga ta’sir etuvchi institutsional, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va raqamli omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Xorijiy tajribalar umumlashtirilib, O‘zbekistonda soliq madaniyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda raqamli texnologiyalar asosida uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

50-65 21 10
OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT PLATFORMALARIDAGI TAVSIYA TIZIMLARINING WOM VA EWOMGA NISBATAN SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Sabrina Davronova

Ushbu maqolada Uzum Market elektron tijorat platformasining algoritmik tavsiya tizimi hamda uning iste’molchilarning xarid qilish qarorlariga ta’siri tahlil qilinadi. Platformaning algoritmik tavsiyalari foydalanuvchilarning avvalgi faolligi, qidiruv tarixi va xarid qilish xatti-harakatlari asosida shaxsiylashtirilgan mahsulot takliflarini shakllantiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston iste’molchilari xarid qilish jarayonida an’anaviy og‘zaki tavsiyalar (Word-of-Mouth, WOM) va elektron og‘zaki tavsiyalar (Electronic Word-of-Mouth, eWOM) kabi ijtimoiy tasdiq manbalariga ham tayanishi mumkin. Tadqiqotda algoritmik tavsiyalar, WOM va eWOMning iste’molchilar qarorlariga ta’siri mavjud xalqaro ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganildi. Shuningdek, maqolani tayyorlash doirasida kichik ko‘lamli pilot so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalari O‘zbekiston elektron tijorat bozorida, xususan, Uzum Market platformasida algoritmik tavsiyalarning iste’molchilarning xarid qilish qarorlariga ta’sirini baholashga doir dastlabki empirik dalillarni taqdim etadi. Olingan natijalar kelgusida ushbu yo‘nalishda kengroq qamrovli va chuqurlashtirilgan tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy asos yaratadi.

66-73 25 11
O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA AQILLI SHAHAR RIVOJLANISHINI QO‘LLAB QUVVATLOVCHI RAQAMLI-STRATEGIK SALOHIYATNI BAHOLASH
Shaxlo G’ulomova

Maqolada O‘zbekistonning 14 ta ma’muriy hududida aqlli shahar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli-strategik salohiyat baholandi. Tadqiqot bazasi 2020–2025-yillar bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlaridan shakllantirildi. Internet abonentlari, axborot va aloqa xizmatlarining bozor xizmatlaridagi ulushi, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hamda aholi jon boshiga bozor xizmatlari ko‘rsatkichlari maksimum usulida normallashtirildi. Indikator vaznlari Shannon entropiyasi yordamida aniqlandi va 2025-yil uchun kompozit indeks hisoblandi. Natijada Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari yuqori raqamli-strategik salohiyat qayd etdi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Yin va Liu konseptual yondashuvining O‘zbekiston hududiy statistikasi asosida takrorlanuvchan va ochiq vaznlash modeli bilan moslashtirilganidadir. Indeks aqlli shahar holatini emas, uni rivojlantirish uchun mavjud raqamli-iqtisodiy tayyorgarlikni ifodalaydi.

74-79 18 9
CHEGARA OLDI SAVDO-SANOAT ZONALARINING IQTISODIY MAZMUNI VA TASHKIL ETISH ZARURATI
Jamshed Islamov

Ushbu maqolada chegara oldi savdo-sanoat zonalarining iqtisodiy mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va ularni tashkil etish zarurati ilmiy jihatdan yoritilgan. Chegara oldi savdo-sanoat zonalari oddiy imtiyozli hudud sifatida emas, balki ishlab chiqarish, savdo, logistika, bojxona xizmatlari va hududiy boshqaruvni o‘zaro birlashtiruvchi institutsional-iqtisodiy mexanizm sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda bunday zonalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi geoiqtisodiy joylashuv, infratuzilma ta’minoti, qo‘shni davlatlar bozori, mahalliy resurs va mehnat salohiyati hamda institutsional boshqaruv sifati tahlil qilingan.

80-83 23 8
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ESG TAMOYILLARINI KORXONALAR FAOLIYATIGA JORIY ETISH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Dilshod Ismailov

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatiga ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etishning dolzarb muammolari va istiqbolli yo’nalishlari tahlil etilgan. Tadqiqotda ESG tushunchasining mohiyati, uning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni, O’zbekistondagi joriy holat hamda korxonalar uchun imkoniyat va to’siqlar o’rganilgan. Maqolada ESG tamoyillarini milliy iqtisodiyotga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo’yicha amaliy tavsiyalar, shu jumladan statistik jadval va diagrammalar asosida chuqurlashtirilgan tahlil ishlab chiqilgan.

84-91 21 7
ELEKTR TARMOQLARI KORXONALARIDA RAQAMLANTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Ozod Mavlonov

Maqolada elektr tarmoqlari korxonalarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishning iqtisodiy va moliyaviy ahamiyati hamda iqtisodiy ta'siri o'rganiladi. Asosan, elektr energiyasiga bo'lgan talabning hozirgi o'sishi va raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sohasida olimlar tomonidan taklif qilingan innovatsiyalar va ularning samaradorligi o'rganiladi va o'rganiladi. Shuningdek, ushbu innovatsiyalarni elektr tarmoqlari korxonalarining har bir yo'nalishida targ'ib qilish va ularning operatsion samaradorligiga qo'shgan hissasi o'rganiladi. Shuningdek, respublikada amalga oshirish maqsadlari va kutilgan natijalari bayon etilgan.

92-95 18 10
“EMBEDDED FINANCE” TEXNOLOGIYALARINI TIJORAT BANKLARI BIZNES MODELIGA INTEGRATSIYA QILISH MEXANIZMLARI
Temurbek Normo'minov

Mazkur maqolada “embedded finance” texnologiyalarini tijorat banklari biznes modeliga integratsiya qilishning tashkiliy, texnologik va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. API, Banking-as-a-Service, platformaviy hamkorlik, daromadlarni diversifikatsiya qilish va uchinchi tomon risklarini boshqarish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etilgan.

96-103 15 9
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING DEKARBONIZATSIYA TAJRIBASINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
Gulufar Qodirova

Maqolada rivojlangan mamlakatlar, xususan Yevropa Ittifoqining kam uglerodli iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va dekarbonizatsiya siyosatini amalga oshirish borasidagi tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda Yevropa Ittifoqida qo‘llanilayotgan asosiy mexanizmlar, jumladan, emissiya savdosi tizimi (ETS), uglerod soliqlari, Transchegaraviy uglerodni tartibga solish mexanizmi (CBAM), qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda dekarbonizatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari baholangan. Tadqiqot natijasida rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida O‘zbekistonda kam uglerodli iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, sanoat va transport tarmoqlarini dekarbonizatsiya qilish, yashil moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish hamda milliy emissiya savdosi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

104-111 30 18
JAHON MIQYOSIDA MAISHIY QATTIQ CHIQINDILARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI: JAHON BANKINING “WHAT A WASTE 3.0” MA'LUMOTLAR BAZASI ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL
Nargizaxon Rahmatova , Navro‘zbek Atoyev

Mazkur maqolada Jahon bankining What a Waste 3.0 ma'lumotlar bazasi asosida dunyo mamlakatlarida maishiy qattiq chiqindilarni boshqarishning zamonaviy holati qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, global miqyosda chiqindilar hosil bo'lishining joriy holati hamda 2050-yilgacha prognoz qilingan chiqindi ishlab chiqarish hajmlaridagi o'zgarishlar tahlil etiladi. Shuningdek, mamlakatlarning daromad darajalariga (past, quyi o'rta, yuqori o'rta va yuqori daromadli mamlakatlar) ko'ra chiqindilar hosil bo'lishi, ularning tarkibi va taqsimlanishidagi farqlar yoritiladi. Bundan tashqari, chiqindilarni boshqarish usullari mamlakatlar va daromad guruhlari kesimida qiyosiy baholash amalga oshiriladi. Tahlil natijalari chiqindilarni boshqarish samaradorligi iqtisodiy rivojlanish darajasi, institutsional salohiyat va ekologik siyosat bilan bevosita bog'liqligini ko'rsatadi. Maqolada xalqaro tajribadan kelib chiqib, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy xulosalar hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.

112-121 22 11
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI TASHKIL ETISHDA BUDJET DAROMADLARI VA XARAJATLARI KO'RSATKICHLARINI HISOBGA OLISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI
G‘ofur Shavkatov

Ushbu maqolada davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari ko'rsatkichlarini hisobga olishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Budjet daromadlari tushumi va xarajatlar hajmini tizimli tahlil qilish moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish, budjet mablag'laridan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash hamda moliyaviy intizomni mustahkamlashning muhim omili ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqotda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga oid ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, nazorat tizimida budjet ko'rsatkichlaridan samarali foydalanish bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

122-127 14 15
SANATORIY-KURORT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Shohrux Tilabov

Mazkur maqolada sanatoriy-kurort tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Sanatoriy-kurort xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, daromad va xarajatlar hisobini yuritish, xizmatlar tannarxini shakllantirish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni buxgalteriya amaliyotiga joriy etish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli hisob axborotidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

128-140 19 8
TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLILIKNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Rahmatilla Tojiev

Mazkur maqolada tijorat banklarida likvidlilikni boshqarishning zamonaviy holati va rivojlanish tendensiyalari nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, tijorat banklarida likvidlilikni boshqarishning amaldagi holatini baholash, likvidlilik risklariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash hamda xalqaro standartlar asosida ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.

141-149 15 7
GLOBAL TEBRANISHLAR SHAROITIDA MOLIYAVIY XAVFLARNI BOSHQARISH VA IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Nigora Turopova

Moliyaviy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik bugungi global iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada moliyaviy xavfsizlikning iqtisodiy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi va aksincha, iqtisodiy barqarorlikning moliyaviy xavfsizlikni qanday ta’minlashi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlarida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va natijalar tahlil qilinadi. Maqolada statistik ma’lumotlar va konkret misollar yordamida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ta’siri yoritiladi.

150-156 19 13
O’ZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALAR BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA ARAB MAMLAKATLARI TAJRIBASI
Gulasal Usmonova

Ushbu maqolada yashil investitsiyalar bozorini rivojlantirishning Arab mamlakatlari, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonida yashil investitsiyalar bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan institutsional va moliyaviy mexanizmlar tahlil qilingan. Tadqiqotda Circular Carbon Economy (CCE) modeli, uglerodni ushlash, undan foydalanish va saqlash (CCUS) texnologiyalari, Net Zero strategiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining yashil investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni va ushbu mamlakatlar tajribasi O‘zbekistonda yashil investitsiyalar bozorini rivojlantirish, uglerod emissiyalarini qisqartirish va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish jihatidan baholangan.

157-163 17 10
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISLOM BANKCHILIGI MAHSULOTLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Oybek Voxidov

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida islom bankchiligi mahsulotlarini rivojlantirish istiqbollari tadqiq etilgan. Mobil banking, raqamli identifikatsiya, blokcheyn, smart-shartnomalar, sun’iy intellekt, API integratsiyasi va tokenizatsiya texnologiyalarining islomiy moliya instrumentlariga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli mahsulotlarni joriy etishda shariatga muvofiqlik, huquqiy tartibga solish, axborot xavfsizligi va texnologik infratuzilmaning o‘rni asoslangan hamda O‘zbekiston sharoiti uchun bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etilgan.

164-172 14 6
YOSHLAR TADBIRKORLIGINI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING ADAPTIV METODIKASI: YSASI INTEGRAL INDEKSI VA PDCA BOSHQARUV SIKLI ASOSIDA
Ma’murjon Xojiyev

Maqolada yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash samaradorligini baholashning yangi metodikasi — Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash samaradorligining adaptiv indeksi (YSASI) tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, amaldagi baholash amaliyoti asosan ajratilgan resurslar hajmini hisobga oladi, biroq ular evaziga erishilgan real iqtisodiy natijani o'lchamaydi. Tadqiqotning maqsadi resurslardan foydalanish samaradorligi (RI) va erishilgan natijalar (NI)ni yagona integral ko'rsatkichga birlashtiruvchi YSASI = α×RI+(1−α)×NI formulasini ishlab chiqish hamda uni PDCA (Plan–Do–Check–Act) boshqaruv sikliga integratsiyalashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, indeksli baholash va shartli modellashtirish usullaridan foydalanildi. O'nta shartli tadbirkorlik subyekti misolida o'tkazilgan modellashtirish natijalariga ko'ra, adaptiv mexanizm joriy etilishi YSASI qiymatini 0,58 dan 0,84 gacha (44,8 foizga) oshirishi mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, bandlik ko'rsatkichi 40 foizga, biznesning yashovchanligi esa 29,2 foizga oshishi kutilmoqda. YSASI qiymati bo'yicha to'rtta baholash toifasi ajratilib, har biri uchun differensial siyosat choralari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari davlat organlari, moliyaviy institutlar va Yoshlar ishlari agentligi uchun amaliy ahamiyatga ega.

173-183 20 11
IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA SANOAT TARMOQLARINING O‘SISH NUQTALARINI RIVOJLANTIRISH
Muzraf Xolbozorov

Maqolada sanoat tarmoqlarining o‘sish nuqtalarini shakllantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muammolari tadqiq etilgan. F. Perru va M. Porterning nazariy asoslari negizida O‘zbekiston sanoatining tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan, klasterlashuv, lokalizatsiya va yuqori qo‘shilgan qiymat strategiyalari asosida amaliy takliflar ishlab chiqilgan hamda mintaqaviy disproporsiyalarni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asoslangan.

184-190 20 10
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA BANK MOLIYAVIY RISKLARINI PROGNOZLASH VA ERTA OGOHLANTIRISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
Suxrob Xolmatov

Mazkur maqolada sun’iy intellekt yordamida bank moliyaviy risklarini prognozlash va erta ogohlantirish tizimini shakllantirish masalalari tadqiq etilgan. Kredit, likvidlik, bozor va operatsion risklarni aniqlashda moliyaviy, tranzaksion va makroiqtisodiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Risk ehtimoli va kutilayotgan yo‘qotish asosida yashil, sariq va qizil signallarni shakllantiruvchi konseptual model taklif etilgan. Shuningdek, modelning tushuntiriluvchanligi, inson nazorati va muntazam validatsiyaning ahamiyati asoslangan.

191-198 16 5
BANK MAHSULOTLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING KO‘P MEZONLIINTEGRAL MODELINI ISHLAB CHIQISH
Abbos Xujamuratov

Mazkur maqolada bank mahsulotlari samaradorligini moliyaviy, risk, mijozlar, operatsion va raqamli-texnologik mezonlar asosida baholashning ko‘p mezonli integral modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv turli bank mahsulotlarini yagona metodologik asosda taqqoslash, ularning kuchli va zaif jihatlarini aniqlash hamda mahsulot portfelini boshqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

199-205 13 5
XORIJIY INVESTITSIYA TUSHUNCHASI, UNING TURLARI VA IQTISODIY O‘SISHDAGI ROLI
Shoxruxbek Baxadirov

Mazkur maqolada xorijiy investitsiyalarning nazariy jihatlari, ularning asosiy turlari hamda iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. “Xorijiy investitsiya” tushunchasiga berilgan mavjud yondashuvlar tahlil qilinib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, portfel investitsiyalari va boshqa investitsiya turlarining xususiyatlari yoritilgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kapital jamg‘arilishi, texnologiyalar transferi, raqobat muhitining rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqaro tajriba tahlili asosida xorijiy kapitalni muvaffaqiyatli jalb etish va undan samarali foydalanishda institutsional muhit hamda investitsiya iqlimining muhim o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, barqaror iqtisodiy o‘sish nafaqat jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmiga, balki ularning sifati va ulardan foydalanish samaradorligiga ham bog‘liq.

206-216 16 6
BALANS KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA KORXONA KAPITALIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Marjona Berdiyeva

Mazkur maqolada balans ko‘rsatkichlari asosida korxona kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda buxgalteriya balansining gorizontal va vertikal tahlili, kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari (ROA, ROE, ROIC) hamda DuPont modelidan kapitaldan foydalanish samaradorligini kompleks baholashda foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Balans ko‘rsatkichlari va moliyaviy koeffitsiyentlarni kompleks qo‘llashga asoslangan takomillashtirilgan baholash usuli taklif etilgan. Mazkur yondashuv kapitaldan foydalanish samaradorligini baholashning ishonchliligini oshirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

217-225 15 7
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT YO‘QOTISHLARI VA BOZOR VOLATILLIGINI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Barno Kadirova

Maqolada tijorat banklarida kredit yo‘qotishlari va bozor volatilligini prognozlashda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Defolt ehtimoli, kutilayotgan kredit yo‘qotishlari va moliya bozorlari dinamikasini baholashda qo‘llaniladigan an’anaviy statistik usullar hamda mashinaviy o‘qitish algoritmlari tahlil qilingan. Ekonometrik modellarni intellektual algoritmlar bilan birlashtiruvchi gibrid yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan. Ma’lumotlar sifati, natijalarning izohlanishi va model riski bilan bog‘liq asosiy cheklovlar aniqlangan.

226-233 16 6
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FOND BOZORIDA XULQ-ATVOR OMILLARI VA INVESTITSIYA QARORLARI XAVFI
Nurjahon Karimova

Maqolada fond bozorining yuqori volatilligi sharoitida investitsiya qarorlarini qabul qilishga xulq-atvor omillarining ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotning nazariy-metodologik asosini xulq-atvor moliyasi, cheklangan ratsionallik va istiqbol nazariyasi konsepsiyalari tashkil etadi. Ortiqcha o‘ziga ishonch, ommaviy xatti-harakat, yo‘qotishlardan qochish, dispozitsion effekt, bog‘lanib qolish effekti, investorlar kayfiyati va riskni subyektiv idrok etish kabi omillarga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy xorijiy va mahalliy tadqiqotlar, jahon fond bozori hamda “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida yuqori bozor noaniqligi sharoitidagi investitsion xatti-harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yuqori volatillik kognitiv va emotsional og‘ishlarning ta’sirini kuchaytirishini, moliyaviy savodxonlik, investitsion tajriba va axborotni oshkor etish sifati esa noratsional qarorlar ehtimolini kamaytirishini ko‘rsatdi.

234-244 14 7
STRATEGIK O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA TEMIR YO‘L TRANSPORTI KORXONALARINING INNOVATSION RIVOJLANISHI
Bahrom Muradov

Maqolada milliy iqtisodiyotdagi strategik o‘zgarishlar sharoitida temir yo‘l transporti korxonalarining innovatsion rivojlanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Transport infratuzilmasining raqobatbardoshlik va tranzit salohiyatni oshirishdagi roli yoritiladi. Temir yo‘l korxonalarining innovatsion faolligiga ta’sir etuvchi institutsional, kadrlar, texnologik va investitsion omillar asoslanadi. Transport kompaniyalari va universitetlar hamkorligi, tadqiqot markazlarini tashkil etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda boshqaruvni raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

245-252 20 7
ZAMONAVIY MENEJMENT TIZIMIDA ESG-BOSHQARUV KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI: NAZARIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Otabek Narimonov

Maqolada zamonaviy menejment tizimida ESG-boshqaruv konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishining nazariy asoslari tadqiq etilgan. Tizimli, tarixiy-mantiqiy, qiyosiy usullar va ilmiy adabiyotlar kontent-tahlili asosida ESGning korporativ ijtimoiy mas’uliyat va manfaatdor tomonlar nazariyasidan integratsiyalashgan strategik boshqaruv tizimigacha bo‘lgan evolyutsiyasi ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy ilmiy yondashuvlar tizimlashtirilgan, ESG rivojlanishining mualliflik davrlashtirilishi taklif etilgan hamda CSR, barqaror rivojlanish va ESG o‘rtasidagi farqlar aniqlangan. «ESG-boshqaruv» tushunchasiga aniqlik kiritilib, uni menejment tizimiga integratsiya qilishning konseptual modeli ishlab chiqilgan.

253-261 18 7
ТЎҚИМАЧИЛИК КОРХОНАЛАРИДА ХОДИМЛАРНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСИДА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ИҚТИСОДИЙ МЕХАНИЗМИ (ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ МИСОЛИДА)
Сайёра Холбекова

Мақолада тўқимачилик корхоналарида ходимларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш асосида ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишнинг ташкилий-иқтисодий механизми ишлаб чиқилган ва унинг амалдаги ҳолати баҳоланган. Механизм беш функционал блокдан — норматив-ташкилий, диагностик-таҳлилий, таълим-ривожлантирувчи, мотивацион-рағбатлантирувчи ва ахборот-назорат блокларидан иборат бўлиб, ҳар бири тўртта элемент билан операционаллаштирилган. Фарғона вилоятининг 36 та тўқимачилик корхонаси мисолида 2022–2024 йиллар бўйича 108 та корхона-йил кузатувидан иборат панел маълумотлар базаси шакллантирилди. Механизмнинг етуклик индекси 0,593 ни ташкил этди; энг заиф бўғинлар диагностик-таҳлилий (0,440) ва ахборот-назорат (0,440) блокларидир. Регрессия таҳлили механизм етуклигининг ходимлар компетентлигига эластиклиги 0,329, компетентликнинг меҳнат унумдорлигига эластиклиги эса 0,526 га тенглигини кўрсатди. Медиация таҳлили механизмнинг самарадорликка таъсири 62,4 фоизга компетенциялар орқали амалга ошишини аниқлади (Собел z=2,91; p<0,01). Механизми ривожланган корхоналарда меҳнат унумдорлиги фрагментар гуруҳга нисбатан 1,88 баробар юқори, брак даражаси 2,92 баробар паст. Механизмни жорий этишнинг босқичли дастури ва прогноз сценарийлари таклиф қилинган.

262-277 22 9
Barcha nashrlarni ko'rish