ISLOM MOLIYA TASHKILOTLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINING MOHIYATI

Mualliflar

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp136-143

Annotasiya

Ushbu maqolada islom moliya tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy mohiyati, uning zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni hamda real sektorni moliyalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari — ribo, g‘arar va maysirning taqiqlanishi, real aktivlarga tayanish, foyda va zararlarni adolatli taqsimlash hamda moliyaviy operatsiyalarning shariat talablariga muvofiqligi yoritilgan. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalari hisoblangan mushoraka, mudoraba, murobaha, ijara, salam, istisno, sukuk, qarzi hasana va takoful kabi instrumentlarning iqtisodiy mazmuni, ishlash mexanizmi, risk va daromadlilik xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda islom moliya tashkilotlarining moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda tizimli moliyaviy xatarlarni kamaytirishdagi roli asoslangan. Xalqaro AAOIFI va IFSB standartlari islom moliya institutlari faoliyatining huquqiy, buxgalteriya va prudensial asoslarini shakllantirishda muhim metodologik manba sifatida baholangan. Maqolada islom moliyaviy vositalarining samaradorligi ularning risklarni taqsimlash, aktiv bilan ta’minlanganlik, ijtimoiy mas’uliyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilish xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan.

Kalit so‘zlar:

islom moliyasi islom moliya tashkilotlari samaradorlik ribo g‘arar maysir mushoraka mudoraba murobaha ijara salam

Bibliografik manbalar

AAOIFI (n.d.a) Shariah Standard (2026). No. 8: Murabaha. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

AAOIFI (n.d.b) Shariah Standard No. 9: Ijarah. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

AAOIFI (n.d.c) Shariah Standard No. 10: Salam. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

AAOIFI (n.d.d) Shariah Standard No. 11: Istisna. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

AAOIFI (n.d.e) Shariah Standard No. 12: Musharakah. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

AAOIFI (n.d.f) Shariah Standard No. 13: Mudarabah. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions.

Al-Jarhi, M.A. (2002) ‘Islamic finance: An efficient and equitable option’, Islamic Research and Training Institute, Islamic Development Bank, p. 39.

Al-Zuhaili, W. (2003) Financial Transactions in Islamic Jurisprudence. Vol. 1. Translated by M.A. El-Gamal. Beirut: Dar al-Fikr.

Baydaulet, E.A. (2019) Islomiy moliya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston NMIU.

Bekkin, R.I. (2009) Musulmon va nomusulmon mamlakatlarda islomiy moliyaviy muassasalar va instrumentlar: xususiyati va rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Moskva: Rossiya Fanlar akademiyasi Afrika instituti.

Haron, S. and Wan Azmi, W.N. (2012) Islomiy moliyalar va bank tizimi: falsafasi, tamoyillari va amaliyoti. Qozon: Linova-Media.

Sundararajan, V. and Errico, L. (2002) Islamic Financial Institutions and Products in the Global Financial System: Key Issues in Risk Management and Challenges Ahead. IMF Working Paper No. 02/192. Washington, DC: International Monetary Fund.

Usmani, M.T. (2002) An Introduction to Islamic Finance. The Hague: Kluwer Law International.

Vakhitov, R.R. (2009) ‘Islamic financial instruments: Ideas in taxation practice’, Nalogoved, 9.

Visser, H. (2009) Islamic Finance: Principles and Practice. Cheltenham: Edward Elgar.

Warde, I. (2007) The Price of Fear: The Truth Behind the Financial War on Terror. London: I.B. Tauris.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Qaxramonova , G. (2026). ISLOM MOLIYA TASHKILOTLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINING MOHIYATI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(5), 136-143. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp136-143