Maqola islomiy moliya vositalaridan foydalanish tajribasi va amaliy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, muvaffaqiyatli loyihalar tahlili asosida yondashuvni yoritadi. Unda mudoraba, mushoraka, sukuk va ijara kabi vositalarning infratuzilma, energetika hamda biznes loyihalarida qo‘llanishi o‘rganiladi. Xalqaro tajribada, xususan Malayziya va Yaqin Sharq mamlakatlarida erishilgan natijalar tahlil qilinib, ushbu instrumentlar an’anaviy kreditlarga muqobil bo‘lib, risklarni bo‘lishishga asoslangan va barqaror moliyalashtirish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tiladi. O‘zbekiston sharoitida ham ularni joriy etish istiqbollari muhokama qilinadi.
Ushbu maqolada islom moliyasida investitsiyaviy instrumentlar mushoraka va mudorabaning nazariy asoslari, tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari haqida ma’lumotlar berilib, shuningdek ularning bir biridan farqli jihatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, mazkur shartnomalarni amaliyotga joriy qilish O’zbekistonda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga doir masalalar keltirilgan.
Maqolada islomiy bank tizimining real iqtisodiyot sektoriga investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shariat tamoyillariga asoslangan islomiy moliyaviy institutlar risklarni adolatli taqsimlash, bitimlarning shaffofligini ta’minlash hamda haqiqiy iqtisodiy qiymatga ega loyihalarga yo‘naltirilishi bilan ajralib turadi. Nazariy asoslar va islomiy moliya tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasi tahlili asosida islomiy bank tizimi nafaqat ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishga, balki moliyaviy sektor barqarorligini oshirishga ham xizmat qilishi aniqlangan. Alohida e’tibor O‘zbekistonda islomiy bank tizimini joriy etish istiqbollariga qaratilib, bu kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish va bank tizimiga ishonchni mustahkamlash omili sifatida ko‘rib chiqiladi
Ushbu maqolada Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhiga a’zo-mamlakatlar va tijorat banklari faoliyatida islomiy bank xizmatlarini rivojlantirishda mavjud muammolar tahlili hamda rivojlantirish istiqbollarini takomillashtirish haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada islomiy bank xizmatlaridan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida foydalanishni rivojlantirishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari keltirilgan.
Ushbu maqolada islomiy moliyasi insturmentlari va loyihalarni islom moliyasi orqali moliyalashtirish hamda uning an’anaviy moliyalashtirish tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilingan hamda turli ilmiy ishlar o’rganib chiqilgan va tahlil qilingan. Ilmiy ishlarni o’rganish va tahlil qilish jarayonida xalqaro tajribalar o‘rganilib, loyihalarni islom insturmentlari orqali moliyalashtirishni yanada takomillashtirish yo’llari keltirib o’tilgan. Bunda ScienceDirect, Google Scholar va Researchgate doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarndan mavzuga doir 54 ta maqola o’rganib qiligan hamda ulardan 24 tasi ushbu maqolada o’z aksini topgan.