SOLIQ HISOBOTLARINI SHAKLLANTIRISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI XARIDINI ELEKTRON HUJJATLASHTIRISH ORQALI SOLIQ MA’MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp144-150

Annotasiya

Mazkur maqolada soliq hisobotlarini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridini elektron hujjatlashtirish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini shakllantirish vakolatini soliq organlariga o‘tkazish va mazkur majburiyatni soliq to‘lovchilar zimmasidan chiqarish zarurligi asoslab berilgan. Ushbu yondashuv soliq to‘lovchilarning ma’muriy yukini kamaytirish, hisobotlarni shakllantirishda inson omili ta’sirini cheklash, soliq organlari axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda soliq intizomini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilishda kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalar doirasidan kengaytirib, barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etish taklifi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif naqd pul aylanmalarining shaffofligini oshirish, xarid operatsiyalarini rasmiylashtirish, soliq bazasini aniqlashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

soliq ma’murchiligi soliq hisobotlari soliq organlari soliq to‘lovchilar mol mulk solig‘i yer solig‘i jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ijtimoiy soliq

Bibliografik manbalar

Bellon M., Dabla-Norris E., Khalid S., Lima F. (2022)Digitalization to Improve Tax Compliance: Evidence from VAT E-Invoicing in Peru. Journal of Public Economics,.

Bellon M., Dabla-Norris E., Khalid S., Paliza J.C., Chang J., Villena P. (2022)Digitalization and Tax Compliance Spillovers: Evidence from a VAT E-Invoicing Reform in Peru. IMF Working Paper,.

Naritomi J. (2019)Consumers as Tax Auditors.American Economic Review,.

OECD. (2023)Tax Administration: Comparative Information on OECD and Other Advanced and Emerging Economies. OECD Publishing,.

OECD. (2025)Tax Administration Digitalisation and Digital Transformation Initiatives. OECD Publishing..

Okunogbe O., Santoro F. (2023)Increasing Tax Collection in African Countries: The Role of Information Technology. Journal of African Economies,.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Sabirov , M. (2026). SOLIQ HISOBOTLARINI SHAKLLANTIRISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI XARIDINI ELEKTRON HUJJATLASHTIRISH ORQALI SOLIQ MA’MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(5), 144-150. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp144-150