Jild 1 № 1 (2026): “JAHON VA MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” mavzusidagi 1-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mate

Jild 1 № 1 (2026): “JAHON VA MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” mavzusidagi 1-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mate
Nashr qilingan: 06/24/2026

To'liq son

Maqolalar

GLOBAL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OʻZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Muzaffar KAMILOV

Maqolada global transformatsiya sharoitida jahon turizm industrisining 
rivojlanish tendensiyalari va ularning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri ilmiy jihatdan tahlil 
qilingan. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida milliy turizmni, xususan, ziyorat turizmini 
diversifikatsiya qilish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish masalalari tadqiq etilgan. 
Sohaga “Smart Tourism” konsepsiyasi, 3D modelllashtirish va VR/AR kabi raqamli 
innovatsiyalarni hamda ekologik barqarorlik tamoyillarini joriy etish zarurati asoslab berilgan. 
Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi misolida raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashning strategik ahamiyati ochib berilgan. 

5-9 33 10
“ЎЗБЕКИСТОН – 2030” СТРАТЕГИЯСИ ВА ЎЗБЕКИСТОНДА ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИМКОНИЯТЛАРИ
Нурислом ТУХЛИЕВ

Мазкур тезисда “Ўзбекистон – 2030” стратегияси доирасида туризм 
соҳасини ривожлантиришнинг устувор йўналишлари таҳлил қилинган. Туризмнинг иқтисодий ўсишдаги аҳамияти, ЯИМ динамикаси ва 2025–2030 йилларга мўлжалланган асосий мақсадли кўрсаткичлар ёритилган. 

9-13 40 9
JAHON VA MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Abdulaziz AKKULOV

Mazkur maqolada jahon iqtisodiyotida turizm sohasining ahamiyati, uning 
iqtisodiy o‘sish va bandlikdagi o‘rni ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston va Birlashgan 
Arab Amirliklari misolida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, 
raqamlashtirish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan 
davlat siyosati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda turizm sohasiga oid normativ-huquqiy 
hujjatlarning mazmun-mohiyati tahlil etilgan hamda xalqaro tajribani milliy turizm tizimiga 
moslashtirish orqali turizmning raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari asoslab berilgan. 


 

14-17 34 9
ESCAPING THE SCREEN: THE EMERGENCE OF DIGITAL SILENCE TOURISM AMONG CONTEMPORARY TRAVELERS
Summera KHALID

The rapid expansion of digital technology has transformed tourism experiences by 
enhancing accessibility, communication, and travel convenience. However, constant digital 
engagement has also created psychological challenges that limit relaxation, mindfulness, and 
emotional recovery during travel. This study explores the emerging concept of Digital Silence 
Tourism, a form of tourism that encourages intentional disconnection from smartphones, social 
media, and continuous online communication. The article examines Digital Silence Tourism 
through psychological, biological, geographical, and economic perspectives, highlighting how 
excessive connectivity contributes to cognitive overload, attention fragmentation, and reduced 
experiential authenticity. Particular attention is given to concepts such as the cognitive tax of 
connectivity, sensory re-awakening, and the evolving “Inverted Luxury” model in which silence, 
privacy, and intentional unreachability are increasingly valued as tourism assets. The study further 
analyzes the growing market demand for digital detox experiences and discusses how tourism 
destinations are incorporating silent infrastructure, off-grid environments, and wellness-oriented 
designs into their offerings. Findings suggest that Digital Silence Tourism represents more than a 
temporary wellness trend; it reflects a broader transformation in tourist behavior and 
contemporary luxury consumption. The paper concludes that intentional digital disconnection may 
contribute to improved emotional well-being, deeper destination engagement, and more meaningful 
travel experiences while presenting new opportunities for tourism planning and hospitality 
innovation.

18-25 35 15
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YASHIL TURIZM VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING BARQAROR TURIZMNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI
Barno MAMMETOVA

Maqolada O‘zbekiston sharoitida yashil turizm va ekologik madaniyatni 
rivojlantirishning barqaror turizmni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Yashil turizmning 
nazariy asoslari, ekologik madaniyatning turizm rivojiga ta’siri hamda xalqaro tajriba asosida 
O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish istiqbollari yoritilgan. Shuningdek, yashil turizmni 
rivojlantirishning institutsional mexanizmlari va amaliy takliflari ishlab chiqilgan.

25-30 30 12
TURIZM SOHASIDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHNING STRATEGIK ASPEKTLARI
Sirojiddin XALILOV

Ushbu tezis turizm sohasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning 
strategik aspektlarini umumlashtirishga bag‘ishlangan. Ishda milliy turizm tarmog‘ini 
diversifikatsiyalash strategiyasining tarkibiy tuzilishiga oid konseptual yondashuv asoslangan. Shu 
bilan birga, O‘zbekiston milliy turizm tarmog‘i raqobat ustunliklarini rivojlantirish yuzasidan 
takliflar ham ishlab chiqilgan. 

30-33 40 10
CULINARY TOURISM IN UZBEKISTAN: A DESCRIPTIVE STUDY OF NATIONAL CUISINE AS A CULTURAL AND ECONOMIC ASSET
Muhammad EID BALBAA

Culinary tourism is one of the fastest-growing segments of global tourism, driven 
by rising demand for authentic cultural and gastronomic experiences. Globally, the culinary 
tourism market was valued at approximately USD 1.24 trillion in 2025 and is projected to exceed 
USD 4.25 trillion by 2034, reflecting the rapid growth of experiential travel. Uzbekistan, located on 
the ancient Silk Road, has a rich culinary heritage shaped by intercultural exchange, traditional 
lifestyles, and regional diversity. This study examines Uzbek national cuisine as both a cultural 
heritage asset and an economic resource for tourism development. Based on descriptive qualitative 
analysis of secondary data, the paper explores the cultural value, economic contribution, 
opportunities, and challenges of culinary tourism in Uzbekistan. The findings show that traditional 
dishes such as plov, somsa, shashlik, lagman, and non attract international tourists while 
supporting local businesses, employment, and regional development. Tourism growth in Uzbekistan 
has accelerated, with international arrivals increasing from 6.6 million in 2023 to about 8 million 
in 2024, while tourism revenues exceeded USD 3.5 billion. The study concludes that culinary 
tourism can strengthen Uzbekistan’s global tourism competitiveness through integrated marketing, 
digital promotion, culinary festivals, and sustainable tourism policies. 

34-40 33 8
NEW FACTORS, OPPORTUNITIES, AND TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE GLOBAL TOURISM MARKET
Freshta QAUMY

Ushbu maqolada 2026-yilga kelib global turizm industriyasida yuz berayotgan 
asosiy transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. Unda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, 
iste’molchilar xulq-atvorining o‘zgarishi va tajribaga yo‘naltirilgan (taassurotlar) turizmning jadal 
rivojlanishi bosh harakatlantiruvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, 
tadqiqotda barqarorlik, innovatsion turizm, giper-personallashtirish va “bleisure” (ishbilarmonlik 
va hordiq sayohatlarining uyg‘unlashuvi) trendining turizm sanoatiga ta’siri ilmiy nuqtayi 
nazardan ko‘rib chiqiladi. Natijada, zamonaviy turizm texnologik taraqqiyot va inson 
ehtiyojlarining integratsiyalashuvi orqali rivojlanib borayotgani asoslab berilgan. 

40-45 42 10
TURIZM XIZMATLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
O‘ktam JIYANOV

Mazkur maqolada turizm xizmatlari samaradorligini baholashning zamonaviy 
yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda turizm xizmatlarining iqtisodiy, servis, raqamli, 
innovatsion va institutsional jihatlarini kompleks baholashga qaratilgan Turizm xizmatlari 
samaradorligi indeksi (Tourism Service Efficiency Index – TSEI) hamda turist tomonidan 
yaratilayotgan iqtisodiy qiymatni aniqlovchi Iqtisodiy Turistik Qiymat (Economic Tourist Value – 
ETV) modellari taklif etilgan. Shuningdek, “Smart Tourism Uzbekistan” platformasi asosida 
mazkur modellarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari asoslab berilgan. 

46-57 36 9
O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATI VA ISTIQBOLLARI
Kamoliddin JAHONGIROV

Mazkur maqolada ta’lim turizmining jahon turizm tizimidagi o‘rni, uning 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati hamda rivojlanish tendensiyalari ilmiy asosda tahlil 
qilingan. Ta’lim turizmining inson kapitalini shakllantirish, “soft power”ni kuchaytirish va 
barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalish sifatidagi roli yoritilgan. 
Shuningdek, global bozor dinamikasi hamda O‘zbekistonda xorijiy talabalar oqimi bo‘yicha 
statistik ma’lumotlar asosida tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqotda mavjud muammolar aniqlanib, 
ularni bartaraf etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab 
chiqilgan. 

57-64 30 7
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY JIHATLARI
Gulnora GULYAMOVA

Maqolada turizm sektorini raqamlashtirishning asosiy yoʻnalishlari tahlil 
etilgan. Raqamlashtirishda asosiy tendensiyalar "Smart Tourism" (aqlli turizm) tushunchasi va 
uning evolyutsiyasi tahlil etilgan, Turizm 4.0 konsepsiyasi yoki Industriya 4.0 texnologiyalarining 
turizm sohasiga kirib kelishiniing nazariy asoslari oʻrganilgan, raqamli ekotizimlar va ularning 
turistik yoʻnalishlar (destinatsiyalar) raqobatbardoshligiga taʼsiri masalalari koʻrib chiqilgan. 
Ushbu masalalar boʻyicha olimlar fikrlari tahlil etilgan. Oʻzbekistonda turizmni raqamlashtirish 
jarayoniga baho berilgan.

65-70 29 6
TURIZM XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING RAQAMLI INDIKATORLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
O‘ktam JIYANOV

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm xizmatlar bozori 
samaradorligini baholashning raqamli indikatorlar tizimini shakllantirish masalalari tadqiq 
etilgan. Tadqiqotda turizm sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida 
an’anaviy statistik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda raqamli indikatorlardan foydalanish zarurligi 
asoslab berilgan. Shuningdek, turizm xizmatlari bozori samaradorligini baholashda raqamli 
infratuzilma, onlayn bronlash, raqamli marketing, mijozlar qoniqishi va innovatsion boshqaruv 
indikatorlarining ahamiyati yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonda turizm xizmatlari bozori 
samaradorligini integral raqamli indeks asosida baholash istiqbollari ham ko‘rsatib berilgan.

70-74 32 13
TURIZMNING IQTISODIY O‘SISHGA MULTIPLIKATIV TA’SIRI
Moxigul PULATOVA

Mazkur maqolada turizmning iqtisodiy o‘sishga multiplikativ ta’siri nazariy va 
amaliy jihatdan tahlil qilingan. Turizm sohasining rivojlanishi mehmonxona, transport, savdo, 
umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida iqtisodiy faollikni kuchaytirib, yangi ish 
o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi yoritilgan. Shuningdek, 
turizm orqali shakllanuvchi multiplikativ samaraning milliy iqtisodiyot va hududiy rivojlanishga 
ta’siri baholangan.

74-79 22 9
TIBBIY TURIZMDA MINTAQAVIY SALOHIYAT TUSHUNCHASI VA UNING ROLI
Barkamol ERNAZAROV

Mazkur maqolada tibbiy turizmni rivojlantirishda mintaqaviy salohiyatning 
nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Muallif mintaqaviy salohiyatni tibbiy, infratuzilmaviy, 
institutsional, bozor va innovatsion komponentlardan iborat tizim sifatida talqin etadi. Tadqiqotda 
ushbu omillarning tibbiy turizm xizmatlarini shakllantirish va eksport qilishdagi roli asoslab 
berilgan. Shuningdek, hududlararo raqobat sharoitida salohiyatni kompleks baholash va samarali 
boshqarish zarurligi yoritilib, integratsiya va sinergiyaga asoslangan konseptual model taklif 
etiladi. 

79-88 30 8
MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING O‘RNI
Dilmurod MAMASOBIROV

Ushbu maqolada turizm sohasining mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni 
ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Turizmning yalpi ichki mahsulotga ta’siri, 
bandlikni oshirishdagi roli hamda investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati ochib berilgan. 
Shuningdek, Fransiya va Misr davlatlari misolida turizmni rivojlantirish tajribasi o‘rganilib, 
ularning iqtisodiy samaradorligi va mavjud risklari solishtirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 
turizm iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi muhim omil bo‘lib, uni barqaror rivojlantirish zarurligi 
asoslab berilgan. 

89-91 37 7
TURIZM IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHIDA DAVLAT SIYOSATINING O‘RNI
Saidakbarxon A’ZAMOV

Turizm iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi davlat siyosatining maqsadli 
yo‘naltirilganligi, institutsional muhitning barqarorligi hamda tartibga solish mexanizmlarining 
samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Ilmiy manbalarda davlatning turizm sohasidagi roli strategik 
rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va ekologik hamda 
ijtimoiy muvozanatni ta’minlash orqali namoyon bo‘ladi.

92-96 33 8
QISHLOQ JOYLARIDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI JADAL RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI VA IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Gulzina HOMIDOVA, Golib MUSTAFOYEV

Mazkur tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasining insoniyat evolyutsiyasidagi 
o‘rni, uning diniy manbalar va klassik iqtisodiy ta’limotlar bilan bog‘liq nazariy asoslari 
yoritilgan. Qur’oni Karim, Hadisu Sharif va buyuk allomalar – Al-Buxoriy, Farobiy, Yassaviy, 
Rumiy, Rabg‘uziy, Bobur, Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida xizmatning inson kamoloti 
bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlangan. Xizmat ko‘rsatish sohasi jamiyat taraqqiyotining muhim 
tarkibiy qismi sifatida ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va turmush madaniyatini shakllantirishda 
alohida ahamiyat kasb etgani ko‘rsatib berilgan. Empirik ma’lumotlar asosida shahar va qishloq 
joylarida xizmat ko‘rsatish ulushi o‘rtasidagi tafovut tahlil qilinib, qishloq aholisi xizmatlardan 
foydalanishda sezilarli darajada ortda qolayotgani aniqlangan. Ayniqsa, qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida belgilangan. 

96-101 28 8
MINTAQADA INNOVATSIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR
Gavhar JURAYEVA

Ushbu maqolada mintaqaviy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning nazariy 
va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mintaqalarda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning 
institutsional, moliyaviy va infratuzilmaviy mexanizmlari tahlil qilingan. O‘zbekiston mintaqalari 
misolida innovatsion salohiyatni baholash metodologiyasi ishlab chiqilgan va innovatsion 
klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy innovatsiya 
siyosatini shakllantirishda davlat organlari va biznes subyektlari uchun amaliy ahamiyat kasb 
etishi mumkin. 

101-104 40 11
BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHIDA TASHKILIY-IQTISODIY BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mahliyo TOLIPOVA

Ushbu maqolada barqaror turizmni rivojlantirish uchun tashkiliy va iqtisodiy 
boshqaruv mexanizmini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda iqtisodiy nazariyada 
“mexanizm” tushunchasiga turli yondashuvlar (klassik, Keyns va institutsional) tahlil qilinadi va 
turizm sohasi uchun mos keladigan kompleks yondashuv asoslanadi. Turizmdagi tashkiliy va 
iqtisodiy mexanizmning huquqiy, infratuzilmaviy, moliyaviy, axborot va kadrlar jihatlari tizimli 
ravishda o‘rganiladi. Barqaror turizmni ta’minlash uchun boshqaruvni muvofiqlashtirish, iqtisodiy 
rag‘batlantirish, raqamli transformatsiya va atrof-muhitni nazorat qilish mexanizmlarini 
takomillashtirish zarurati ham asoslanadi. Tadqiqot natijalari turizm sohasining barqaror va 
raqobatbardosh rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

104-108 37 8
TURIZM XIZMATLARI SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH VA HUDUDIY RAQOBATBARDOSHLIKNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI: UZAIRWAYS TAJRIBASI ASOSIDA
Nargiza TURSUNOVA, Sherzod XALILOV

Mazkur tezisda UzAirways faoliyati misolida aviatsiya xizmatlari sifati va 
turizm raqobatbardoshligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 
marshrutlar kengayishi, flot yangilanishi va raqamlashtirish turizm rivojiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatgan. Shu bilan birga, IFRS S1 va IFRS S2 asosidagi barqarorlik hisobotlarining 
yetishmasligi axborot shaffofligini cheklashi aniqlangan. 

109-112 33 8
O‘ZBEKISTON TURIZM BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA XALQARO SAYYOHLAR OQIMIGA IQTISODIY O‘SISHNING TA’SIRI
Olim ASTANAKULOV

Ushbu maqolada turistik infratuzilmaning asosiy tarkibiy unsurlari, ularning 
rivojlanish tendensiyalari va iqtisodiy omillar bilan o‘zaro ta’siri tizimli ravishda tahlil qilindi. 
Tadqiqotda 2016-2024-yillar davomida mehmonxona xo‘jaligi quvvatining oshishi, transport-logistika 
imkoniyatlarining kengayishi, investitsion oqimlarning faollashuvi, hududiy turizm klasterlarining 
shakllanishi va xizmatlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy o‘rganildi. 

113-119 24 7
EKOTURIZMNING SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Zokir SODIKOV

Ushbu maqolada ekoturizmning sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga 
joriy etishdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Global turizm sanoatining ekologik ta’sirlari, 
xususan, 3S (Dengiz-Qum-Quyosh) turizmining resurslarni haddan tashqari sarflash muammolari 
ko‘rib chiqiladi. Ekoturizm barqarorlik, resurslar aylanishi, chiqindilarni kamaytirish va mahalliy 
jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali sirkulyar modelga o‘tishga hissa qo‘shishi ko‘rsatilgan. 
Maqolada ekoturizm yashil iqtisodiyotning muhim vositasi sifatida baholanadi. 

119-123 28 9
JAHON TURIZM BOZORI RIVOJLANISHIDA YANGI OMILLAR, IMKONIYATLAR VA TENDENSIYALAR
Nazira AZIZOVA

2020-2021-yillardagi pandemiya inqirozi xalqaro turizm bozorida 
o‘zgarishlarga olib keldi, bu yerda turistik dam olishning yangi tendensiyalari va yo‘nalishlari paydo 
bo‘ldi. 2024-yilda xalqaro turizmning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga geosiyosiy 
xatarlar va sanksiya cheklovlarining kuchayishi bilan kechadigan o‘zgaruvchan jahon tartibi 
sharoitlari kiradi. Ilmiy maqolaning maqsadi aniqlangan beqarorlik va omonotsizlik davrida xalqaro 
turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va yo‘nalishlarini tahlil qilishdan iborat. 

123-127 31 12
ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВЫХ ПЛАТФОРМ НА РАЗВИТИЕ МИРОВОГО ТУРИСТИЧЕСКОГО РЫНКА: СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ И ТРАНСФОРМАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ
Малика НУРУЛЛАЕВА

В тезисе анализируется влияние цифровых платформ на 
трансформацию мирового туристического рынка. На основе данных ООН по туризму (UN 
Tourism), Statista, World Economic Forum и рецензируемых научных публикаций 
рассматриваются ключевые тенденции цифровизации отрасли: рост онлайн-бронирования, 
применение искусственного интеллекта, Big Data и технологий иммерсивного туризма. 
Особое внимание уделяется экономическим показателям и прогнозам развития глобального 
онлайн-туристического рынка.

127-130 39 9
TURIZM KLASTERLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ISTE’MOL TOVARLARI BOZORINING BARQAROR O‘SISHINI TA’MINLASH
Ashirali ABDIRASHIDOV

Mazkur tezisda turizm klasterlarini rivojlantirishning iste’mol tovarlari bozori 
barqaror o‘sishini ta’minlashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Turizm, savdo, xizmat ko‘rsatish va 
mahalliy ishlab chiqarish subyektlari o‘rtasidagi integratsiya iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni 
kengaytirishi, bozor infratuzilmasini takomillashtirishi hamda hududlarning iqtisodiy faolligini 
oshirishi asoslab berilgan. Shuningdek, turizm klasterlari negizida mahalliy mahsulotlar 
raqobatbardoshligini kuchaytirish va bozor barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqilgan. 

130-135 34 10
ЖАҲОН ТУРИЗМ БОЗОРИ АҲОЛИ САМАРАЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ СИФАТИДА
Гуландом УМАРОВА, Шахло МАКСУДОВА

Ушбу мақолада жаҳон туризм индустриясининг ривожланиш 
динамикаси, соҳанинг ижтимоий-иқтисодий кўрсаткичларга таъсири ва бандлик 
бозоридаги ўрни таҳлил қилинган. Туризмнинг мультипликатив самараси, кадрлар тайёрлаш 
тизимига қўйиладиган замонавий талаблар ҳамда соҳанинг инқирозларга чидамлилик 
хусусияти статистик маълумотлар асосида ёритиб берилган. 

135-138 37 8
XALQARO TURIZM BOZORIDA EKOTIZIM XIZMATLARINI BOSHQARISH: EKOLOGIK BARQARORLIK VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
Fayyoza XALIMOVA

В данной статье анализируются научно-методологические основы 
управления услугами экотуризма на международном туристическом рынке. В исследовании 
рассматриваются понятийные границы концепции экотуризма, динамика рынка, а также 
негативное влияние феномена «молчания зелёного туризма». В статье концептуально 
обоснованы три ключевых элемента экотуризма: финансовая интеграция, сотрудничество 
с местными сообществами и углублённое экологическое образование. На основе 
эмпирических данных проанализирована роль цифровых технологий, включая IoT, 
искусственный интеллект, блокчейн и виртуальную реальность (VR), в обеспечении 
устойчивости экотуризма. Также разработаны практические рекомендации по внедрению 
национальной системы сертификации устойчивого развития в Узбекистане.

138-141 34 12
ВОЗМОЖНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ КОНТРАКТОВ ИСЛАМСКОГО БАНКИНГА В ФИНАНСИРОВАНИ ТУРИСТИЧЕСКИХ ПРОЕКТОВ В СТРАНАХ ЦЕНТРАЛЬНОАЗИАТСКОГО СРЕДНЕАЗИАТСКОГО РЕГИОНА: ПРАКТИКА И ПЕРСПЕКТИВЫ
Нурилло ЮЛДАШЕВ

Moliyaviy tizimlarning global transformatsiyasi va an’anaviy bankingga 
axloqiy muqobillar qidirilayotgan bir sharoitda, islomiy moliya tizimi ayniqsa musulmon aholi 
istiqomat qiladigan mamlakatlarda va ulardan tashqarida barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish  etmoqda. Mazkur maqola sayyohlik infratuzilmasini moliyalashtirish va rivojlantirishda islom 
bankingi shartnomalari (murabaha, ijara, musharaka, sukuk)ni qo‘llash salohiyatini tahlil qilishga 
bag‘ishlangan. Turizm sektorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, MDH 
mamlakatlari, xususan, Rossiya va Markaziy Osiyoda ushbu vositalarni joriy etishning huquqiy, 
iqtisodiy va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan sheriklik va qarzga asoslangan 
islomiy vositalar orqali investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha aniq yechimlar taklif etilgan, 
shuningdek, ularni amaliyotga tatbiq etishdagi to‘siqlar va istiqbollar aniqlangan. 

141-145 26 6
TURIZM SOHASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: MOBIL ILOVALAR, BIG DATA VA AQLLI TIZIMLARNING XIZMAT SIFATIGA TA’SIRI
Munavvar XUSNIDDINOVA

Ushbu maqolada turizm sohasida raqamli transformatsiyaning asosiy 
yo‘nalishlari bo‘lgan mobil ilovalar, big data tahlili va aqlli tizimlar turistik xizmatlar sifatiga 
ko‘rsatayotgan ta’siri o‘rganilgan. Jahon turizm bozorida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, 
ularga investitsiya kiritish va ulardan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Xalqaro ilmiy 
tadqiqotlar asosida O‘zbekiston turizm sohasi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 

145-149 29 7
O‘ZBEKISTONDA TURIZM RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
Moxigul PULATOVA

 Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm raqobatbardoshligini oshirishning 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Turizm infratuzilmasini 
takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va turistik 
mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali mamlakatning xalqaro turistik bozordagi raqobat 
mavqeini mustahkamlash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, turizm raqobatbardoshligining 
investitsiyalar jalb etish, eksport tushumlarini ko‘paytirish, bandlikni ta’minlash va iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirishdagi o‘rni asoslangan. 

149-153 30 8
TURIZM BIZNESIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH
Dilnoza XOSHIMOVA, Gulnora GULYAMOVA

Maqolada turizmni rivojlantirishda ijtimoiy medianing ahamiyati masalalari 
koʻrib chiqilgan. Ijtimoiy media, yaʼni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar uchun oʻzaro muloqot, 
axborot almashish, kontent yaratib bir zumda kerakli auditoriyaga tarqatish imkonini keng taqdim etuvchi vosita ekanligi qayd etilgan. Ijtimoiy medianing turizm rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillari tahlil etilgan. 

153-156 31 8
TURIZM FAOLIYATINING MAZMUNI, NAZARIY ASOSLARI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Аzimbek BOZORBOYEV, Bаxodir ESONBOYEV

Ushbu mаqolа zаmonаviy dunyodа turizm fаoliyаtining mаzmuni hаmdа uning 
nаzаriy vа konseptuаl jihаtlаrini tаhlil qilаdi. Turizm iqtisodiy o‘sish, bаndlik vа mаdаniy 
аlmаshinuvgа sezilаrli hissа qo‘shаdigаn tez rivojlаnаyotgаn sohа sifаtidа qаrаlаdi. Tаdqiqot 
turizmning ko‘p qirrаli xususiyаtini, jumlаdаn uning iqtisodiy, ijtimoiy vа rekreаtsion funksiyаlаrini yoritаdi. Shuningdek, mаqolаdа dаvlаtning turizm infrаtuzilmаsini rivojlаntirish, huquqiy аsoslаrni tаkomillаshtirish vа bаrqаror rivojlаnishni qo‘llаb-quvvаtlаshdаgi roli ta’kidlаnаdi. Bundаn tаshqаri, turizmning trаnsport, mehmonxonа xo‘jаligi vа sаvdo kаbi turdosh sohаlаrgа ta’siri hаm tаhlil qilinаdi. 

157-160 32 9
O‘ZBEKISTONDA TURIZM XIZMATLARI EKSPORTINI KENGAYTIRISH ASOSIDA TO‘LOV BALANSINI YAXSHILASH MEXANIZMLARI
Farhod XOLMAMATOV, Munisa SHAMANSUROVA

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm xizmatlari eksportini kengaytirish 
orqali to‘lov balansini yaxshilash mexanizmlari tadqiq etilgan. Xalqaro turizm xizmatlari mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy valyuta tushumlarini jalb etishning muhim manbai sifatida tahlil qilinib, uning joriy operatsiyalar hisobi va xizmatlar balansiga ta’siri baholangan. Shuningdek, respublikada turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik xizmatlar sifatini oshirish, raqamli platformalarni joriy etish, viza va transport xizmatlarini liberallashtirish hamda investitsion jozibadorlikni kuchaytirish orqali turizm eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida turizm xizmatlari eksportini diversifikatsiya qilish, turistik oqimlarni ko‘paytirish va milliy iqtisodiyotda valyuta tushumlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada turizm sohasining mamlakat to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdagi strategik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. 

161-167 26 6
TURIZM INDUSTRIYASIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNI RAQAMLASHTIRISH: KONTSEPTUAL YONDASHUV VA ISTIQBOLLAR
Olim ASTANAKULOV, Muslimaxon SOXIBOVA

 Ushbu maqolada turizm korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali 
kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlarni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish va mehnat 
samaradorligiga erishishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, sohada inson kapitalini raqamli transformatsiya qilishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Raqamli platformalar va sun’iy intellekt elementlarining HRM tizimidagi roli kontseptual jihatdan asoslab berilgan. 

167-170 32 6
O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA “AQLLI MAHALLA” VA “AQLLI QISHLOQ” KONSEPSIYALARINI JORIY ETISHNING AHAMIYATI
Golib MUSTAFOYEV, Gulzina HOMIDOVA

Maqolada qishloq hududlarini “Aqlli qishloq” va “Aqlli mahalla” tizimiga 
aylantirish masalalari tahlil qilinadi. Xorijiy olimlar (Parveen Kumar, Van Gevelt va Holmes)ning 
qarashlari asosida tadbirkorlik omili, xizmat ko‘rsatish sohasining ustuvorligi va zamonaviy 
texnologiyalarning integratsiyasi muhimligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston sharoitida “Aqlli qishloq” 
platformasini yaratishda xizmat ko‘rsatishning 18 turi (sartaroshxona, dorixona, ta’lim markazlari, avtomobil ta’mirlash, internet zallari va boshqalar) asos qilib olinishi taklif etiladi. Prezidentning 2021-yildagi PQ-5113-son qarori doirasida mahalla kesimida xizmatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar respublikaning ayrim hududlarida (ijtimoiy infratuzilma, aloqa, tadbirkorlik va geografik omillar asosida tanlangan) yagona “Aqlli qishloq” platformasini tatbiq etish mumkinligini asoslaydilar. Platforma orqali xizmatlarni onlayn topish, elektron buyurtma berish, ustoz-shogird tizimini joriy etish kabi mexanizmlar taklif qilinadi. Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli “Aqlli qishloq” tizimi uchun kommunikatsiya, infratuzilma va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan yagona raqamli platforma zarur deb hisoblanadi.

170-174 30 4
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT VA MADANIY TURIZM RIVOJLANISHINING HUDUDIY ISTE’MOL TOVARLARI BOZORIGA TA’SIRI
Ashirali ABDIRASHIDOV

Maqolada O‘zbekistonda ziyorat va madaniy turizmning rivojlanishi hududiy 
iste’mol tovarlari bozoriga ta’siri tahlil qilingan. Turistlar oqimining ortishi mahalliy mahsulotlar, 
milliy hunarmandchilik buyumlari, suvenirlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirib, savdo va 
tadbirkorlik faolligining kengayishiga xizmat qilishi asoslangan. 

179-184 37 9
O‘ZBEKISTON ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Farida BUXAROVA

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda innovatsion 
texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-metodologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Mobil 
ilovalar, sun’iy intellekt, virtual reallik, blockchain va Big Data kabi zamonaviy raqamli 
texnologiyalarning ziyorat turizm sohasi samaradorligiga ta’siri statistik ma’lumotlar va hujjatli 
tahlillar asosida o‘rganilgan. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ziyorat turizmi va 
raqamlashtirishga doir nutqlari, hamda mavjud qonuniy-me’yoriy hujjatlar kontekstida sohaning rivojlanish istiqbollari belgilangan. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, raqamli transformatsiya 
ziyorat turizmida turist oqimini 2019-2024-yillar oralig‘ida 1,6 barobarga oshirishga xissa 
qo‘shgan. 

184-190 36 6
MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA TURIZM SANOATINING ROLI
Q.A. MUSAXANOV

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini 
rivojlantirishda turizm sanoatining o‘rni va ahamiyati kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro normalar va yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari umumlashtirilib, turizm sohasining iqtisodiy o‘sish, hududiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikka qo‘shadigan hissasi asoslab beriladi. 
Maqolada turizm sanoatining milliy iqtisodiyotdagi ustuvor tarmoq sifatidagi roli, uning 
multiplikativ ta’siri hamda xizmatlar bozori, bandlik va investitsion faollikka ko‘rsatadigan ijobiy 
ta’siri yoritilgan. Shuningdek, turizm va milliy iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
ta’minlashda davlat siyosatining muvozanatli va tizimli yondashuvi muhim omil sifatida ko‘rib 
chiqiladi. 

190-193 32 7
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNING SO‘NGGI YILLARDAGI DINAMIKASI VA UNING TAHLILI
Shohruh MARDONOV, Komila HIKMATOVA

Ushbu maqolada asosan 2020-2025-yillar mobaynida turizm sohasida 
erishilgan yutuq va kamchiliklarimiz, turizm sektorining rivojalanishi va dinamikasi, Covid-19 
pandemiyasining turizmga ta’siri, kiruvchi turizm va turizmda xizmat ko‘rsatishning bir necha 
tarmoqlari tahlil qilinadi.

193-197 32 7
O‘ZBEKISTONDA TURIZM RIVOJLANTISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Shonazar ERMAMATOV

Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm industriyasining 2010-2024-yillardagi 
rivojlanish tendensiyalari va bosqichlari tahlil qilingan. Muallif sohaning institusional islohotlari, 
viza rejimining liberallashtirilishi va infratuzilmani modernizatsiya qilishning turizm daromadlari 
hamda turistlar oqimiga ta’sirini o‘rgangan. Maqolada turizm sektorining milliy iqtisodiyotdagi 
roli, sohani diversifikatsiya qilish va barqaror turizm tamoyillarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 

197-203 33 11
O‘ZBEKISTONDA TURIZM FAOLIYATINI RIVOJLANISH OMILLARI
Sarvarbek MIRZAYEV

Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm faoliyatini rivojlantirishning asosiy 
omillari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida turizm infratuzilmasining rivojlanishi, 
tarixiy-madaniy merosdan samarali foydalanish, vizasiz rejimning joriy etilishi hamda xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish kabi muhim yo‘nalishlar o‘rganildi. Statistik ma’lumotlar asosida 2021
2025-yillarda turistlar oqimi va turizm daromadlarining sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Shu 
bilan birga, hududiy nomutanosiblik, xizmatlar sifati va malakali kadrlar yetishmasligi kabi 
muammolar mavjudligi qayd etildi. Tadqiqot natijalari turizmni yanada rivojlantirish uchun 
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va hududiy 
salohiyatdan samarali foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. 

203-206 44 11
RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA O‘ZBEKISTON TURIZM XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Elchin RO‘ZIQULOV

Raqamli platformalardan foydalanish turizm xizmatlari samaradorligini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda O‘zbekistonda turizm sohasida raqamli texnologiyalar va onlayn platformalarni joriy etish orqali xizmatlar sifati, turistlar uchun qulaylik hamda soha raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritilgan. 

206-209 23 8
MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINING USTUVOR YO‘NALISHLARI VA BOZOR TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR
Muxammadamin MAMANOV, Azizaxon ABDUPATTOXOVA

Mazkur maqola O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada madaniy-tarixiy turizm, ekoturizm va 
agroturizm, ziyorat turizmi, sanoat, geologik va ilmiy kabi yangi turizm turlari, tibbiy va ta’lim turizmi, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, raqamlashtirish va 
marketing masalalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, sohadagi asosiy muammolar – hududlar o‘rtasidagi nomutanosiblik, raqamli to‘lov tizimlarining yetarlicha rivojlanmaganligi, malakali kadrlar yetishmasligi va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Maqola “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va so‘nggi yillardagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda, turizm sohasining iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi. 

209-218 42 8
O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUVI SHAROITIDA MILLIY TURIZM BOZORIDA TARKIBIY O‘ZGARISHLAR TAHLILI
Malika TOSHPULATOVA

Ushbu tezisda O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon savdo tizimiga, xususan, 
Jahon savdo tashkiloti (JST) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) kabi ko‘p tomonlama va 
mintaqaviy integratsiya tuzilmalariga qo‘shilishi sharoitida milliy turizm bozorida yuz berayotgan tarkibiy transformatsiyalar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan integratsiya jarayonlarining xizmatlar eksporti tarkibiga makroiqtisodiy ta’siri, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va raqobat muhitini liberallashtirish masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. 

218-223 40 10
O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA TURIZMNING TA’SIR DOIRASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Gulnoz ABDUMANNOBOVA

Ushbu maqolada mamlakatda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarida 
turizmni rivojlantirish va unga ta’sir qiluvchi omillar hamda yo‘nalishlar o‘rganilgan. 

223-226 33 9
O‘ZBEKISTON ZIYORAT TURIZMI BOZORINING TARKIBIY TUZILISHI VA HUDUDLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING “SMART” MODELI
Muslimaxon SOXIBOVA

Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm industriyasining strategik yo‘nalishi 
hisoblangan ziyorat turizmini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va “Smart” boshqaruv 
tizimlarini joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sohadagi statistik 
ko‘rsatkichlarning o‘sish dinamikasi va o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari asosida 
mavjud 
infratuzilmaviy 
hamda ijtimoiy-ekologik muammolar aniqlangan. Maqolada 
ziyoratgohlarda yuklamani kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish va boshqaruv 
samaradorligini ta’minlashga qaratilgan “Smart model”ning to‘rtta ustuni (Big Data, E
Participation, Smart Utility, Digital Marketplace) kontseptual jihatdan asoslab berilgan. 
Shuningdek, xalqaro tajriba sintezi asosida ziyorat turizmini raqamli ekotizimga aylantirish 
bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

227-231 24 9
O‘ZBEKISTONDA TURIZM BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Nozima TOIROVA

Maqolada O‘zbekiston turizm bozorining rivojlanish tendensiyalari, uning 
tarkibiy xususiyatlari hamda zamonaviy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 
turizm bozorining umumiy hajmi, xizmatlar savdo kanallarining o‘zgarishi va turistlarning o‘rtacha 
kunlik xarajatlari dinamikasi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlab olindi. Tahlillar shuni 
ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda turizm bozori pandemiyadan keyingi davrda tiklanish bosqichidan 
barqaror o‘sish bosqichiga o‘tgan. Ayniqsa, turizm xizmatlarining onlayn kanallar orqali sotilishi 
ulushining ortib borishi hamda turistlarning kunlik xarajatlari ko‘payishi ushbu bozorning raqamli 
va iqtisodiy jihatdan chuqurlashib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, madaniy meros, 
tarixiy shaharlar, davlat siyosati va xizmatlar infratuzilmasi bozorning tarkibiy tayanch omillari 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston turizm bozorini yanada rivojlantirish 
uchun raqamli transformatsiya, xizmat sifati, hududiy diversifikatsiya va barqaror turizm 
tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqilgan. 

231-237 34 10
O‘ZBEKISTONDA TURISTIK RESURSLAR RIVOJLANISHINING TENDENSIYALARI
Shohruh MARDONOV, Shaxrizoda JO‘RAYEVA

 Ushbu maqolada 2020–2025-yillar oralig‘ida O‘zbekistonga tashrif buyurgan 
turistik safarlar va turistik resurslar bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda korrelatsiya va 
regressiya kabi statistik usullar yordamida turistik resurslar rivojlanishining turistlar oqimiga 
ta’siri o‘rganilgan. Tahlil natijalari asosida turistlar sonini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar 
berilgan. 

238-241 32 9
O‘ZBEKISTONDA SMART TURIZMNING HOZIRGI HOLATI
Shamengul DARMENBAYEVA, Samadjon MAMUROV

 Ushbu maqola O‘zbekistondagi smart texnologiyalarini joriy etish, amalga tadbiq 
etishi va O‘zbekistonda turizm sohasida smart texnologiyalarining hozirgi holati yoritilib beriladi. 
“Smart Tourism” konsepsiyasining afzalliklari va sohadagi so‘nggi statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi.

241-243 35 9
HUDUDIY TURIZM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
Samadjon MAMUROV

Mazkur maqolada hududiy turizm samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy 
tajribalardan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda turizm xizmatlar 
bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, xususan 2021–2025-yillardagi dinamikasi 
asosida O‘zbekiston turizm sohasining o‘sish xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar, jumladan Ispaniya tajribasi bilan komparativ tahlil amalga oshirilib, turizm samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar aniqlangan. Tadqiqot jarayonida SWOT va TOWS tahlil usullari qo‘llanilib, hududiy turizmni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab 
chiqilgan. Natijada turizm samaradorligini oshirishda raqamlashtirish, infratuzilmani 
rivojlantirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish muhim 
omillar ekanligi asoslab berilgan.

243-250 31 7
“FOOD TOURISM” КОНСЕПЦИЯСИНИНГ ГЛОБАЛ ЭВОЛЮЦИЯСИ ВА МИНТАҚАВИЙ АДАПТАЦИЯ МАСАЛАЛАРИ
Чари ХУСАНОВ

Мазкур тезисда гастроном туризм консепциясининг глобал миқёсда 
эволюцион ривожланиши таҳлил этилади. Тадқиқотда юқори натижаларга эришган 
давлатлар – Перу, Таиланд ва Япония – тажрибасини қиёсий ўрганиш асосида минтақавий 
адаптациянинг асосий шарт ва омиллари аниқланади. Ўзбекистон учун миллий гастроном 
туризм стратегиясини ишлаб чиқишга доир амалий таклифлар баён этилади. 

250-254 38 9
XITOYDA TURIZM TARMOG‘INING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Bibisora SADIBEKOVA

Ushbu maqola XXR turizm tarmog‘ining zamonaviy holati va uning 
rivojlanishi tendensiyasiga bag‘ishlanib, unda koronovirus pandemiyasidan keying davrida yuzaga kelgan muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, Xitoyning ichki va tashqi turizm bozorini 
zamonaviy holari, uning mamlakat YaIMtidagi ulushi, XXR ning O‘zbekiston bilan mazkur 
sohadagi hamkorlik istiqbollari hamda sohaning asosiy rivojlanish tendensiyalari ochib berilgan. 

254-257 31 5
TURIZMNI RАQАMLАSHTIRISHNING XОRIJ TАJRIBАSI VА UNDАN О‘ZBEKISTОNDА FОYDАLАNISH IMKОNIYАTLАRI
Shahlo MAKSUDOVA, Kamoliddin JAHONGIROV

Ushbu maqolada turizm sohasini raqamlashtirishning xorijiy tajribasi, 
xususan, Singapur misolida o‘rganilib, uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil 
qilingan. Tadqiqot davomida smart turizm tizimi, raqamli marketing, Big Data texnologiyalari, 
onlayn xizmatlar va davlat-xususiy sektor hamkorligining turizm rivojidagi ahamiyati yoritilgan. 
O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular 
qatoriga smart turizm tizimini joriy etish, malakali kadrlar tayyorlash, Big Datadan foydalanish, 
hamkorlikni kengaytirish hamda raqamli marketingni kuchaytirish kiradi. Mazkur takliflar turizm 
sohasining raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

258-261 33 9
SURXONDARYO VILOYATINING ZIYORAT TURIZM SALOHIYATI VA UNDAN FOYDALANISH YO‘NALISHLARI
Maftuna ASHUROVA

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining ziyorat turizmi salohiyati, 
hududdagi muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar tahlil qilingan. Xususan, Hakim At-Termiziy 
majmuasi va Sulton Saodat majmuasi kabi maskanlarning diniy va madaniy ahamiyati yoritilgan. 
Maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘nalishlari hamda hudud imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. 

261-264 39 0
MILLIY TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA MONITORING VA BAHOLASH INDIKATORLARINING ROLI
Baxodir ESONBOYEV

Maqolada milliy turizm industriyasini rivojlantirish jarayonida monitoring va 
baholash indikatorlarining nazariy asoslari, xalqaro standartlar turlari, roli hamda O‘zbekiston 
Respublikasidagi amaliy holati chuqur va keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Turizmning iqtisodiy, 
ijtimoiy va ekologik ta’sirlarini o‘lchash uchun tavsiya etilgan indikatorlar tizimi batafsil ko‘rib 
chiqilib, monitoring doimiy kuzatuv va ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, baholash esa 
natijalarni ilmiy tahlil qilish, samaradorlikni baholash va strategik qarorlar qabul qilishni 
ta’minlashini ko‘rsatadi. O‘zbekiston turizmining 2025-yildagi rekord o‘sishi, Milliy statistika 
qo‘mitasi, UN Tourism va WTTC ma’lumotlari asosida statistik jadvallar, dinamik tahlillar va 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan boyitilgan. Mavjud yutuqlar bilan birga kamchiliklar chuqur 
baholanadi. Xalqaro tajribaga asoslanib, milliy turizm monitoring markazini tashkil etish, yagona 
raqamli platforma yaratish, big data va AI dan foydalanish, mintaqaviy observatoriyalarni 
rivojlantirish bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

264-270 38 9
INSON KAPITALI VA “YUMSHOQ KUCH” OMILI ORQALI TURISTIK JOZIBADORLIKNI OSHIRISH: QIYOSIY TAHLIL
Saydullo YULDASHEV, Nilufar BATIROVA

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda Dog‘istonda kuzatilayotgan turizmning 
keskin o‘sish sur’atlari, buning omillari hamda Xabib Nurmagomedov va jamoasining shaxsiy 
brendi orqali Dog‘istonda sport, ekologik hamda ziyorat turizmining rivojiga qo‘shayotgan o‘rni 
haqida to‘xtalib o‘tiladi. O‘zbekiston va Dog‘iston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy o‘xshashliklar, 
turistik resursalar tahlil qilinib, Dog‘iston tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha takliflar 
beriladi. 

270-276 37 11
MILLIY IQTISODIYOTDA SIRKULYAR MEXANIZMLARNI JORIY ETISHDA RAQAMLASHTIRISHNING ROLI
Zokir SODIKOV, Diyorbek BURXONOV

Maqolada milliy iqtisodiyotda sirkulyar iqtisodiyot mexanizmlarini joriy 
etishda raqamlashtirishning strategik roli, uning iqtisodiy, ekologik va institutsional ahamiyati 
jahon tajribasi asosida chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt, IoT, 
blockchain va katta ma’lumotlar kabi raqamli texnologiyalar resurslardan samarali foydalanishni 
ta’minlash, chiqindilarni minimallashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim 
vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, raqamlashtirishning salbiy jihatlari (raqamli tengsizlik, 
kiberxavfsizlik, energiya sarfi ortishi) ham ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada milliy iqtisodiyoti 
uchun amaliy tavsiyalarni taklif etadi. 

277-281 28 9
KO‘P TOMONLAMA SAVDO TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUV SHAROITIDA MILLIY VA MAHALLIY TURIZMNI KLASTERLASHTIRISHNING XALQARO TAJRIBASI
Malika TOSHPULATOVA, Abdurrohman ABDUROUPOV

Ushbu tezisda milliy turizm industriyasini modernizatsiya qilishda rivojlangan 
mamlakatlar tajribasini tizimli tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda jahon turizm 
bozoridagi yetakchi davlatlarning institutsional boshqaruv modellari, davlat-xususiy sheriklik 
mexanizmlari va hududiy turizm brendingini shakllantirish bo‘yicha tajribalarini O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga tatbiq etish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan.

281-286 39 9
YAPONIYA TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Kamoliddin JAHONGIROV, Azimbek XOLMATOV

Mazkur maqolada qishloq turizmining zamonaviy turizm industriyasidagi 
o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda xalqaro tajriba asosida rivojlanish istiqbollari 
tahlil qilingan. Tadqiqotda UN Tourism va Jahon banki ma’lumotlari asosida global qishloq 
turizmi tendensiyalari yoritilib, Yaponiya “Green Tourism” va “Satoyama” modellari innovatsion 
yondashuv sifatida o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari, mavjud statistik ko‘rsatkichlar hamda institutsional muammolar ilmiy jihatdan 
baholangan. Maqolada qishloq turizmini barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, 
infratuzilma modernizatsiyasi va mahalliy hamjamiyat ishtirokining ahamiyati asoslab berilgan. 

287-291 33 17
ЎЗБЕКИСТОНДА “ЦИРКУЛЯР ИҚТИСОДИЁТ” ТАМОЙИЛЛАРИ АСОСИДА ТУРИСТИК ЗОНАЛАРНИ БОШҚАРИШ
Олим АСТАНАКУЛОВ

Мазкур мақолада глобал туризм ривожланиши жараёнида юзага 
келаётган экологик муаммолар ва уларни бартараф этишда циркуляр иқтисодиёт 
тамойилларининг аҳамияти илмий жиҳатдан таҳлил қилинади. 3Р модели асосида 
ресурслардан самарали фойдаланиш, чиқиндиларни камайтириш ва қайта ишлаш 
имкониятлари кўриб чиқилади. Ўзбекистон туризм соҳасидаги мавжуд ҳолат, 
инфратузилма ва экологик бошқарув муаммолари баҳоланиб, барқарор туризмни 
ривожлантириш бўйича амалий таклифлар ишлаб чиқилади.

292-299 31 11
TURIZM INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI HUDUDLARNING IQTISODIY RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH
Chori XUSANOV

Turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish hududlarning iqtisodiy 
raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, 
xizmatlar sifatini yaxshilash va investitsiyalarni jalb etish orqali hududlarning iqtisodiy salohiyati 
hamda turistik jozibadorligi ortadi. 

299-302 32 8
O‘ZBEKISTONNING CHEKKA HUDUDLARIDA MICE TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Shohruh MARDONOV, Madina ANVAROVA

Ushbu maqolada O‘zbekistonning chekka hududlarida MICE turizmini 
rivojlantirishning strategik imkoniyatlari tahlil qilinadi. MICE turizmi global miqyosda iqtisodiy 
o‘sishning muhim omillaridan biri hisoblanmoqda. O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, 
geografik joylashuvi hamda mehmondo‘stligi bilan ushbu faoliyatning faol ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega. Maqolada chekka hududlarning tabiiy – geografik ustunliklari tahlil qilinib, 
ularni xalqaro biznes tadbirlar uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaviy va raqamli modellar taklif 
etiladi. Shuningdek, MICE turizmini rivojlantirish orqali hududlarda mavsumiylik muammosini 
bartaraf etish va mahalliy aholini bandligini ta’minlashning ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligi 
asoslab beriladi. 

302-306 45 12
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI
Gulnoza AXMADJONOVA

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida 
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosati va turizmning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. 
Unda mamlakatdagi boy tarixiy-madaniy meros, muqaddas qadamjolar hamda islom sivilizatsiyasi 
taraqqiyotiga hissa qoʻshgan allomalar merosi ziyorat turizmining asosiy omili sifatida tahlil 
qilingan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa hududlardagi mashhur ziyoratgohlarning turistik salohiyati haqida maʼlumot berilgan. Maqolada COVID-19 
pandemiyasidan keyingi davrda turizm sohasini tiklash, infratuzilmani rivojlantirish va xorijiy 
sayyohlarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham yoritilgan. Ziyorat 
turizmini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti, xalq farovonligi va Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlaydi. 

306-310 35 8
ТУРИСТИЧЕСКИЙ ПРОРЫВ УЗБЕКИСТАНА-2026: ОТ МАСШТАБНЫХ ЦИФР К УСТОЙЧИВОМУ РАЗВИТИЮ РЕГИОНОВ И ЭКСКЛАВОВ
Азизбек ХАМИДОВ, Алина САЛИХОВА

Tezisda 2026-yilda Oʻzbekiston turizm sohasining rekord darajada oʻsish 
drayverlari tahlil qilingan: yilning dastlabki ikki oyida sayyohlar oqimining 33 foizga ortishi, 12 
million xorijiy sayyohni qabul qilish rejalari va 2030-yilga borib bu koʻrsatkichni 20 millionga 
yetkazish boʻyicha strategik maqsad yoritilgan. Turizmni barqaror rivojlantirish olis va 
transchegaraviy hududlarni mutanosib ravishda rivojlantirishsiz mumkin emasligi asoslab 
berilgan. Soʻx va Shohimardon eksklavlari misolida asosiy infratuzilmaviy muammolar (energiya 
qaramligi 90 foizgacha, yoʻllarning yemirilish darajasi 60 foizdan yuqori, tezkor internet va toza 
ichimlik suvi tanqisligi) aniqlangan hamda ularni davlat dasturlari va 135,5 million dollarlik 
investitsiya portfeli orqali hal etish yoʻllari koʻrsatilgan. Mazkur portfelga kichik GESlar qurilishi, 
yoʻllarni modernizatsiya qilish va 150 ta mehmon uyini tashkil etish kiritilgan boʻlib, buning 
natijasida 3200 ta yangi ish oʻrni yaratilishi prognoz qilinmoqda. Transchegaraviy hamkorlikning (Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston) roliga, davlat-xususniy sheriklik modelini joriy etishga hamda eksklavlarda barqaror turizm asosi sifatida “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

310-313 35 11
THE NATURE OF ISLAMIC ACCOUNTING AND ITS ROLE TODAY
Nilufar BATIROVA

The article explores the nature of Islamic accounting and highlights its 
significance in the contemporary financial sector. It examines this concept by first addressing the 
fundamental question of what constitutes traditional accounting. A comparative analysis is 
conducted between the functions of conventional and Islamic accounting systems. Particular 
emphasis is placed on key financial statements, namely the balance sheet and the income statement. The study also clarifies the principles for reporting the assets of unrestricted account holders and the revenues associated with them. Additionally, several definitions of Islamic accounting are reviewed and discussed. The article concludes by underscoring the key functional differences between Islamic and conventional accounting

313-322 38 11
“UMRA PLYUS” DASTURI DOIRASIDA DAVLAT SUBSIDIYALARINING O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI
Bekzod MURODULLAYEV

 Mazkur maqolada “Umra plyus” dasturi doirasida davlat subsidiyalarining 
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Dastur orqali Malayziya va 
Indoneziyadan keluvchi sayyohlarni jalb etish, ularning mamlakatda qolish muddatini uzaytirish 
hamda turizm xizmatlari eksportini kengaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, 
O‘zbekistonning islomiy merosi, ziyorat marshrutlari va halol turizm infratuzilmasini rivojlantirish 
istiqbollari asoslab berilgan. 

322-327 35 10
SUSTAINABLE TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN: CHALLENGES AND OPPORTUNITIES
U.B. Yunusova, H.S. Quvondiqova

Tourism has become a key sector for Uzbekistan's economic diversification, 
boosting employment and foreign exchange through rapid tourist growth. However, this 
development has led to increased waste, resource consumption, and over-tourism risks in UNESCO cities, straining the environment and infrastructure. The study analyzes statistics, policy documents, and institutional practices, identifying gaps in digitalization and regional imbalances. Initiatives like ecotourism zones, visa liberalization, and international partnerships offer potential for a sustainable model transition. An integrated governance framework–combining environmental regulation, innovation, and community involvement–ensures long-term tourism competitiveness. 

327-330 40 11
TOURISM INDUSTRY DEVELOPMENT PROSPECTS IN UZBEKISTAN
U.B. Yunusova

Tourism is one of the priority sectors of economic development in Uzbekistan and 
plays an important role in increasing employment, regional income, and international 
attractiveness. The country has considerable tourism potential due to its rich historical heritage, 
famous Silk Road cities, diverse landscapes, and favorable geographical location in Central Asia. 
In recent years, government reforms such as visa liberalization, infrastructure modernization, hotel expansion, and international promotion campaigns have significantly supported tourism growth. Therefore, effective tourism management strategies are necessary to improve competitiveness and ensure balanced long-term growth. This study examines the development prospects of the tourism industry in Uzbekistan based on recent trends, academic literature, and strategic priorities. Special attention is given to infrastructure improvement, digital transformation, community participation, regional diversification, and sustainable destination management. The research concludes that Uzbekistan has strong potential to become a leading tourism destination in Central Asia. 

331-335 35 9
TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA SUKUKNI FISKAL INSTRUMENT SIFATIDA QO‘LLASH
Sirojiddin ABROROV

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda sukuk instrumentlarini joriy etishning 
huquqiy va institutsional asoslari hamda ularning turizm infratuzilmasini moliyalashtirishdagi 
ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida yashil turizm, transport-logistika 
va ziyorat turizmini rivojlantirishda sukukning investitsion imkoniyatlari, fiskal afzalliklari va 
amaliy qoʻllash mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. 

336-339 30 7
ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ИНФРАСТРУКТУРЫ MICE-ТУРИЗМА НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Фариза НАРЗУЛЛАЕВА

Статья посвящена анализу проблем и перспектив развития 
инфраструктуры MICE-туризма (Meetings, Incentives, Conferences, Exhibitions) в Республике 
Узбекистан с акцентом на внедрение современных цифровых технологий. Выявлены 
ключевые барьеры: неравномерное развитие цифровой инфраструктуры, недостаток 
специализированных объектов, кадровый дефицит и низкий уровень цифровизации бизнес
процессов. Предложены перспективные решения, включая создание Национальной MICE
платформы, развитие региональных цифровых хабов и внедрение технологий 
искусственного интеллекта, VR/AR и блокчейна. Обосновано, что цифровизация способна 
существенно повысить конкурентоспособность страны на рынке делового туризма. 

339-341 43 10
TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT DASTURLARI VA INVESTITSIYA SIYOSATINING O‘RNI
Saidakbarxon A’ZAMOV

O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirishda davlat dasturlari va 
investitsiya siyosati markaziy rol o‘ynab, soha o‘sishini ta’minlashda muhim institutsional-iqtisodiy mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada empirik ma’lumotlar va nazariy tahlil asosida 
davlat dasturlari, investitsiya oqimlari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda turizm  infratuzilmasining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’siri baholanadi. Shuningdek, 2020–2025-yillar 
kesimidagi investitsiya hajmi, turistlar oqimi va davlat dasturlari bo‘yicha KPI natijalari asosida 
sohaning rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. 

341-347 38 10
NAMANGAN VILOYATI CHUST TUMANINING ETNOTURIZM VA HUNARMANDCHILIK SALOHIYATI ASOSIDA XALQARO TURISTIK OQIMLARNI JALB ETISH ISTIQBOLLARI
Sevinch RAXIMOVA, Shaxnoza KAMBAROVA

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida turizm sohasining jadal 
rivojlanishi va uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Xususan, 
Namangan viloyatining Chust tumani misolida hududning turistik salohiyati, tarixiy-madaniy 
merosi, hunarmandchilik an’analari hamda zamonaviy festivallar orqali xorijiy sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Chust do‘ppisi va Chust pichog‘i kabi milliy brendlarning 
xalqaro miqyosda e’tirof etilishi, Namangan gullar festivali va boshqa madaniy tadbirlarning 
hududiy turizm rivojiga qo‘shayotgan hissasi asoslab berilgan. 

347-352 41 8
SURXONDARYO VILOYATIDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Muhlisa TOSHTEMIROVA, Tolib OTABOYEV

 Ushbu maqolada Surxondayo viloyatining yashil iqtisodiyotdagi o‘rni va 
salohiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari yashil turizm, suv 
resurslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida yoritib berilgan. 

352-356 24 8
O‘ZBEKISTONDА TURISTIK FАOLIYАT SАMАRАDORLIGINI OSHIRISHDА MOBIL MАRKETINGNI RIVOJLАNTIRISH ISTIQBOLLАRI VА USTUVOR YO‘NАLISHLАRI
Irodа OTAXONOVА, Ravshan ABDULLAYEV

Mаzkur mаqolаdа O‘zbekistondа turistik fаoliyаt sаmаrаdorligini oshirishdа 
mobil mаrketingning o‘rni, аhаmiyаti vа rivojlаntirish istiqbollаri tаhlil qilinаdi. Xususаn, rаqаmli 
texnologiyаlаr vа mobil qurilmаlаr orqаli sаyyohlаrgа xizmаt ko‘rsаtishning zаmonаviy usullаri, 
ulаrning аfzаlliklаri hаmdа аmаliy qo‘llаnilishi yoritilgаn. Shuningdek, mobil mаrketingni 
rivojlаntirishning ustuvor yo‘nаlishlаri, jumlаdаn mobil ilovаlаr, geolokаtsiyа xizmаtlаri, ijtimoiy 
tаrmoqlаr orqаli tаrg‘ibot vа rаqаmli to‘lov tizimlаrining аhаmiyаti ochib berilаdi. Mаqolаdа 
sohаgа oid mаvjud muаmmolаr vа ulаrni bаrtаrаf etish bo‘yichа tаkliflаr hаm ilgаri surilgаn. 
Nаtijаdа mobil mаrketingdаn sаmаrаli foydаlаnish orqаli mаmlаkаt turizm sаlohiyаtini oshirish 
imkoniyаtlаri аsoslаb berilаdi.

356-363 31 6
O‘ZBEKISTONDA TURISTIK KORXONALARNING INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI
Maxammadjon ORIFJONOV, Sirojiddin ABROROV

Maqolada O‘zbekiston turizm bozorining turistik korxonalar innovatsion 
faolligini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kiruvchi turist 
safarlari, turistik firmalar faoliyati, xizmatlar eksportida travel (turizm) ulushi, joylashtirish 
quvvatlari va innovatsion muhit ko‘rsatkichlari bir tizimda ko‘rib chiqildi. Natijada raqamli 
platformalashuv, sun’iy intellektga tayangan shaxsiylashtirish, klasterlashuv, smart va yashil 
infratuzilma, innovatsion moliyalashtirish hamda kadrlar kompetensiyasini yangilash turistik 
korxonalar uchun ustuvor strategik yo‘nalishlar ekani asoslandi. 

363-368 34 8
О‘ZBEKISTОNDA AGRОTURIZM: BARQARОR TURIZM TURI SIFATIDA
Abduvali ISADJАNOV, Sarvinоz DJUMАBАYEVА

Ushbu tezisda, О‘zbekistоnda agrоturizmning barqarоr turizm turi sifatida 
rivоjlanish imkоniyatlari tahlil qilinadi. Asоsiy qism davоmida agrоturizm tushunchasi, ushbu 
turizmning rivоjlanish tendensiyalari, muammоlari va istiqbоllari kо‘rib chiqilib, uni barqarоr 
rivоjlantirish yо‘llari batafsil yоritilgan. Agrоturizm qishlоq xо‘jaligi va turizmni integratsiya 
qiluvchi sоha bо‘lib, qishlоq hududlarining iqtisоdiy rivоjlanishini ta’minlash, fermerlar 
darоmadini diversifikatsiya qilish hamda milliy madaniyatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tezis О‘zbekistоnda ekоturizmni yanada rivоjlantirishga dоir takliflar va xulоsalarni о‘z ichiga qamrab оladi. 

368-372 39 8
INDONEZIYADA ZAKOT INSTITUTINING KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISHDAGI ROLI: 2010-2020-YILLAR EKONOMETRIK TAHLILI
Zokir SODIKOV, Dilnoza RAXMATULLAYEVA

Mazkur maqolada Indoneziyada 2010-2020-yillar davomida zakot 
tushumlarining kambag‘allik darajasiga ta’siri ekonometrik usullar yordamida tahlil qilindi. 
Tadqiqotda korrelyatsion tahlil, oddiy eng kichik kvadratlar (OLS), geteroskedastiklikka tuzatilgan 
regressiya hamda ikki bosqichli eng kichik kvadratlar (TSLS) modellari qo‘llanildi. Olingan 
natijalar zakot tushumlari bilan kambag‘allik darajasi o‘rtasida kuchli manfiy bog‘liqlik 
mavjudligini ko‘rsatdi. Empirik baholashlarga ko‘ra, zakot hajmining ortishi kambag‘allik 
darajasining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari zakot institutining 
ijtimoiy himoya mexanizmi sifatidagi muhim rolini tasdiqlaydi. 

372-380 39 7
TA’LIM SOHASIDAGI INNOVATSION LOYIHALARDA RISKLARNI ANIQLASHNING KOGNITIV MODELI
Shohruh UBAYDULLAYEV, Sherzod AXMADJONOV

Mazkur tezis ta’lim sohasidagi innovatsion loyihalarda risklarni erta aniqlash 
va ustuvorlashtirish uchun kognitiv modelni asoslaydi. Yondashuv loyiha konteksti, manfaatdor 
tomonlar kutilmalari va noaniqlik manbalarini “kognitiv xarita” ko‘rinishida bog‘lab, risk 
signalini mezonlar orqali baholashni taklif etadi. Metod sifatida kontseptual modellashtirish, 
ekspert baholash va indikatorlar tizimi qo‘llanadi. Ilmiy yangilik risklarni semantik-kognitiv 
belgilar asosida integrallashgan baholash mexanizmidadir. 

380-383 33 7
O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDAGI KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI
Zuhra SAYIDOVA, Salim DUSANOV

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasidagi kichik biznes subyektlarini 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining iqtisodiy mazmuni va amaliy ahamiyati 
tahlil qilingan. Mamlakatda turizm industriyasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda 
yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznesning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, sohaga 
ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar, soliq yengilliklari va investitsion rag‘batlantirish 
choralarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri ilmiy jihatdan baholangan. Maqolada turizm 
yo‘nalishidagi kichik biznesni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

383-387 31 11
ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Gulrux CHINPO‘LATOVA, Gulrux CHINPO‘LATOVA, Nilufar BATIROVA

Mazkur tezisda ziyorat turizmini rivojlantirishda sun’iy intellekt 
texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari hamda ularning turizm xizmatlari 
samaradorligiga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda chatbotlar, virtual gidlar, turistlar oqimini 
prognozlash tizimlari va raqamli marketing vositalarining turistik xizmatlar sifatini oshirish, 
xarajatlarni kamaytirish hamda turizm subyektlarining raqobatbardoshligini kuchaytirishdagi 
ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ziyorat turizmini raqamlashtirishning 
istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. 

387-393 30 9
ELEKTRON ISHTIROK INDEKSI (EPI)NI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI VA UNDA O‘ZBEKISTONTAJRIBASI
Feruza AKBAROVA, O‘ktam JIYANOV

Mazkur maqolada Elektron ishtirok indeksi (E-Participation Index – EPI) ning 
mazmuni, baholash mexanizmi va uning elektron hukumat tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. 
Shuningdek, O‘zbekistonning 2016-2024-yillar oralig‘idagi EPI ko‘rsatkichlari dinamikasi 
o‘rganilib, undagi o‘zgarishlar sabablari izohlangan, rivojlantirish borasida amalga oshirilgan 
davlat dasturlari hamda mavjud muammolar o‘rganib chiqilgan. 

393-397 38 11
TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANISHDA GENERATIV SUN’IY INTELEKTNING AHAMIYATI
Farangiz JAMOLOVA, Shoxzod MUROTOV

Mazkur maqolada turizm xizmatlari sohasini rivojlantirishda generativ sun’iy 
intellekt texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilinadi. Generativ sun’iy intellekt asosidagi tizimlar 
turistlarga shaxsiylashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, virtual gidlar yaratish, avtomatlashtirilgan 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda marketing strategiyalarini takomillashtirishda muhim vosita 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, sun’iy intellektning turizm industriyasida xizmat sifati, 
samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni yoritilgan. 

398-404 33 7
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Aziza ABDUFATTOXOVA, Muhammadamin MAMANOV

Maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan madaniy-tarixiy, ziyorat, ekoturizm, agroturizm, tibbiy, ta’lim va yangi turizm turlari tahlil qilinadi. Shuningdek, infratuzilma, investitsiya, raqamlashtirish, marketing hamda sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimlari yoritiladi. 

404-408 34 10
О‘ZBEKISTONDA AN’ANAVIY VA ZIYORAT TURIZM INDUSTRIYASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Anvar XUDOYAROV

В статье анализируются тенденции развития традиционного и 
паломнического туризма в Узбекистане в 2020-2025 гг. Рассмотрены этапы кризиса, 
восстановления и ускоренного роста туристической отрасли, а также динамика 
туристического потока и экспорта туристических услуг. Особое внимание уделено 
развитию инфраструктуры, расширению безвизового режима и внедрению новых видов 
туризма (паломнический, экологический, MICE). Также раскрыта культурно-духовная 
значимость паломнического туризма, его интеграция с информационными технологиями и 
перспективы дальнейшего стратегического развития отрасли. 

175-179 34 8