Maqolada ijtimoiy xizmatlarning inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni hamda ularning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlik xizmatlarining inson kapitali sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar rivojlanish bosqichlari tizimli ravishda yoritilib, ularning iqtisodiy ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy xizmatlar, inson kapitali, barqaror rivojlanish, ijtimoiy siyosat, iqtisodiy o‘sish, yashil va innovasion iqtisodiyot.