IJTIMOIY XIZMATLAR SOHASIDA ISLOHOTLAR: XALQARO AMALIYOT VA O‗ZBEKISTONDA JORIY ETISH MEXANIZMLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-issT1-11Annotasiya
Mazkur maqolada ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish tizimini rivojlantirishning xorijiy tajribasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jahon amaliyotida shakllangan ijtimoiy xizmatlar modellari, xususan Skandinaviya mamlakatlarida qo‗llanilayotgan universal ijtimoiy xizmatlar tizimi institutsional tuzilishi, moliyalashtirish mexanizmlari va ijtimoiy samaradorlik nuqtai nazaridan o‗rganilgan. Tadqiqot jarayonida ijtimoiy xizmatlarni inson kapitaliga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya sifatida talqin qilishning nazariy va amaliy asoslari ochib berilgan. Olingan natijalar asosida xorijiy tajribaning O‗zbekiston sharoitiga moslashtirilgan holda qo‗llash imkoniyatlari baholanib, ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan.
