MILLIY TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISHDA MONITORING VA BAHOLASH INDIKATORLARINING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-iss1-pp264-270Annotasiya
Maqolada milliy turizm industriyasini rivojlantirish jarayonida monitoring va
baholash indikatorlarining nazariy asoslari, xalqaro standartlar turlari, roli hamda O‘zbekiston
Respublikasidagi amaliy holati chuqur va keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Turizmning iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik ta’sirlarini o‘lchash uchun tavsiya etilgan indikatorlar tizimi batafsil ko‘rib
chiqilib, monitoring doimiy kuzatuv va ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, baholash esa
natijalarni ilmiy tahlil qilish, samaradorlikni baholash va strategik qarorlar qabul qilishni
ta’minlashini ko‘rsatadi. O‘zbekiston turizmining 2025-yildagi rekord o‘sishi, Milliy statistika
qo‘mitasi, UN Tourism va WTTC ma’lumotlari asosida statistik jadvallar, dinamik tahlillar va
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan boyitilgan. Mavjud yutuqlar bilan birga kamchiliklar chuqur
baholanadi. Xalqaro tajribaga asoslanib, milliy turizm monitoring markazini tashkil etish, yagona
raqamli platforma yaratish, big data va AI dan foydalanish, mintaqaviy observatoriyalarni
rivojlantirish bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Bibliografik manbalar
1. UNTourism. International Network of Sustainable Tourism Observatories (INSTO) [Elektron resurs]. – Madrid, 2024. – Kirish rejimi: https://www.unwto.org (murojaat sanasi: 22.04.2026).
2. UNTourism. Guidebook on Indicators of Sustainable Development for Tourism Destinations. – Madrid: UNWTO, 2004. – 507 p.
3. Global Sustainable Tourism Council. GSTC Destination Criteria [Elektron resurs]. – 2023. – Kirish rejimi: https://www.gstcouncil.org (murojaat sanasi: 22.04.2026).
