O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA “AQLLI MAHALLA” VA “AQLLI QISHLOQ” KONSEPSIYALARINI JORIY ETISHNING AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-iss1-pp170-174Annotasiya
Maqolada qishloq hududlarini “Aqlli qishloq” va “Aqlli mahalla” tizimiga
aylantirish masalalari tahlil qilinadi. Xorijiy olimlar (Parveen Kumar, Van Gevelt va Holmes)ning
qarashlari asosida tadbirkorlik omili, xizmat ko‘rsatish sohasining ustuvorligi va zamonaviy
texnologiyalarning integratsiyasi muhimligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston sharoitida “Aqlli qishloq”
platformasini yaratishda xizmat ko‘rsatishning 18 turi (sartaroshxona, dorixona, ta’lim markazlari, avtomobil ta’mirlash, internet zallari va boshqalar) asos qilib olinishi taklif etiladi. Prezidentning 2021-yildagi PQ-5113-son qarori doirasida mahalla kesimida xizmatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar respublikaning ayrim hududlarida (ijtimoiy infratuzilma, aloqa, tadbirkorlik va geografik omillar asosida tanlangan) yagona “Aqlli qishloq” platformasini tatbiq etish mumkinligini asoslaydilar. Platforma orqali xizmatlarni onlayn topish, elektron buyurtma berish, ustoz-shogird tizimini joriy etish kabi mexanizmlar taklif qilinadi. Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli “Aqlli qishloq” tizimi uchun kommunikatsiya, infratuzilma va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan yagona raqamli platforma zarur deb hisoblanadi.
Bibliografik manbalar
1. Parveen Kumar “Smart neighborhood to enhance social sustainability and inclusive planning in smart cities” “Sustainable build environment” National Conference 10 – 12April 2015. https://www.researchgate.net/publication/289509973_ smart_neigh borhood_to_enhance_social_sustainability_and_inclusive_planning_in_smart_cities_Cat
egory_Theme_1_Urban_Regeneration_and_Sustainability_or_Theme_4_Smart_City
2. Van Gevelt, Holmes J.A. “Vision for Smart Villages” [kirish yo‘li] https://e4sv.org/wp-content/uploads/2015/08/05-Brief.pdf
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 11 – maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora – tadbirlari” PQ – 5113 son Qarori.
