• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДАГИ ҲУДУДИЙ НОМУТАНОСИБЛИКЛАРНИНГ ЧУҚУРЛАШУВИНИ КЎРСАТУВЧИ ОМИЛ СИФАТИДА ЯЛПИ ҲУДУДИЙ МАҲСУЛОТ ДИНАМИКАСИ
Гайрат Ташматов

Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация коэффициенти 42,9 фоиздан 70,7 фоизгача кўтарилиб, халқаро ташкилотлар белгилаган 50 фоизлик танқидий чегарадан ошиб кетди. Энг ривожланган ва энг кам ривожланган ҳудудлар ўртасидаги тафовут 3,0 баробардан 5,8 баробаргача кенгайди. Минтақавий қутбланиш жараёнларининг уч босқичли даври аниқланди: ривожланиш йўналишларининг мўътадил фарқланиши (2010-2016), ислоҳотлар даврида фаол қутбланишнинг бошланиши (2017-2020) ва номутаносибликларнинг кескин кучайиши (2021-2024). Ҳудудлар ижтимоий-иқтисодий ривожланиш даражаси бўйича уч гуруҳга ажратилиб, кластерлаштириш амалга оширилди: юқори ривожланган (Тошкент шаҳри ва Навоий вилояти), ўртача ривожланган (саккизта вилоят) ва паст ривожланган (тўртта ҳудуд). Таҳлиллар шуни кўрсатдики, ўрганилган давр мобайнида бирорта ҳам минтақанинг бир кластердан бошқасига ўтиш ҳолати кузатилмаган, бу эса минтақавий номутаносибликларнинг тизимли хусусиятга эга эканлигини англатади. Тадқиқот натижалари минтақавий сиёсатга бўлган ёндашувларни тубдан қайта кўриб чиқиш ва республиканинг ҳудудий ривожланиши учун кенг қамровли концепция ишлаб чиқиш зарурлигини кўрсатмоқда.

11/28/2025
  • PDF (Russian)
387-393 21 13
AHOLI DAROMADLARINING HUDUDIY TAFOVUTLARIGA TA’SIR ETUVCHI IQTISODIY OMILLARNING EMPIRIK TAHLILI
Shahnoza Abdunazarova

Mazkur maqolada aholi daromadlarining hududiy tafovutlariga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy omillar empirik jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, o‘rtacha ish haqi, bandlik darajasi, investitsiyalar hajmi hamda sog‘liq infratuzilmasi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, hududlarda daromadlar dinamikasiga eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida ish haqi darajasi va jalb etilgan investitsiyalar miqdori namoyon bo‘lmoqda. Bandlik darajasi va sog‘liq infratuzilmasi ko‘rsatkichlari esa bilvosita ta’sir ko‘rsatib, hududiy farovonlikning qo‘shimcha omillari sifatida baholanishi mumkin. Tadqiqot xulosalari aholi daromadlarining hududiy tafovutlarini yumshatishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

09/29/2025
  • PDF
18-25 56 26
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING MINTAQAVIY IQTISODIY TENDENSIYALARGA TA’SIRI
Alibek Rajabov

Mazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida raqamli transformatsiyaning mintaqaviy iqtisodiy tendensiyalarga taʼsirini oʻrganadi. Soʻnggi yillarda chop etilgan tadqiqotlarni sistematik adabiyot tahlili (SLR) orqali tahlil qilish asosida, raqamli texnologiyalar (masalan, sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar va IoT) iqtisodiy oʻsish, innovatsion salohiyat va mintaqaviy nomutanosibliklarga qanday taʼsir qilishi koʻrib chiqilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, raqamli transformatsiya mintaqaviy iqtisodiy oʻsish va innovatsiyani sezilarli darajada ragʻbatlantiradi, ijobiy toʻkilish effektlari (positive spillover effects) orqali, ammo rivojlanayotgan mintaqalarda ekologik muammolar va tengsizliklarni kuchaytiradi. Xulosada salbiy taʼsirlarni yumshatish va barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun integratsiyalashgan siyosatlarga ehtiyoj taʼkidlangan. Takliflar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yashil innovatsiyalarga investitsiya qilishni oʻz ichiga oladi.

08/29/2025
  • PDF
111-118 42 38
MINTAQAVIY INFRATUZILMANI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA ASOSIY MUAMMOLARI
Alfira Sayfulina

Ushbu maqolada mamlakatimizda mintaqaviy infratuzilmani innovatsion rivojlantirishning hozirgi holati va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Infratuzilmaning modernizatsiyasi va innovatsion yechimlarni joriy etish jarayoni hududlarning iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, tadqiqotda mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda moliyalashtirish yetishmovchiligi, eskirgan texnologiyalar, institutsional muammolar va hududiy nomutanosibliklar asosiy to‘siqlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, maqolada ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilinib, innovatsion infratuzilmani shakllantirishning samarali strategiyalari ilgari suriladi. Shuningdek, mazkur maqolada mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, uning barqaror innovatsion taraqqiyotga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari hududiy siyosatni shakllantirish va infratuzilmani rejalashtirish jarayonlarida amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.

03/28/2025
  • PDF (English)
193-201 135 45
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA ISHBILARMONLIK FAOLIYATI KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Nilufar Nabiyeva

Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va ishbilarmonlik faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tahlillar natijasida kichik kadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishdagi nomutanosiblik, eksport salohiyatining pasayishi, hududiy tafovutlar kabi muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqola kichik biznesni iqtisodiy siyosatning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirish zarurligini ilmiy asoslaydi.

10/31/2025
  • PDF
151-160 51 33
MINTAQALAR IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI BAHOLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Temur Egamov

Ushbu maqola mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni baholashdagi zamonaviy yondashuvlarni ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish bo‘limida global iqtisodiyotdagi mintaqaviy tafovutlarning muhimligi, raqamlashtirish, barqarorlik va chidamlilik tendensiyalari ta’kidlangan. Adabiyotlar sharhida so‘nggi yillar ichidagi nufuzli xalqaro jurnallardagi 15 tadan ortiq maqolaga asoslanib, fazoviy modellashtirish, raqamli tahlil, chidamlilik va institutsional omillar guruhlari muhokama qilingan. Metodologiya mixed-methods dizayniga asoslangan bo‘lib, adabiyotlar sintezi va sistematik tahlilni o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari fazoviy avtokorrelatsiya, ekologik sezgirlik va institutsional indikatorlar orqali tafovutlarning dinamikasini ochib beradi, rivojlanayotgan mamlakatlarda  divergensiya jarayonlarini ko‘rsatadi. Xulosada yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari baholanib, joyga asoslangan siyosatlar, yashil investitsiyalar va raqamli integratsiya tavsiya etilgan. Natijalar mintaqaviy tafovutlarni kamaytirishda ilmiy va amaliy qiymatga ega.

08/29/2025
  • PDF
34-41 58 41
ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯЛАРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШНИ ДАВЛАТ ТАРАФИДАН ТАРТИБГА СОЛИШ
Хуршидбек Хайдаров

Ушбу тадқиқот Ўзбекистондаги тўғридан-тўғри хорижий инвестицияларни давлат томонидан тартибга солишни ўрганиб, унинг минтақавий хусусиятларини ҳамда миллий ва маҳаллий сиёсат ўртасидаги ўзаро боғлиқликни таъкидлайди. Унда Тошкент, Навоий ва Фарғона водийси каби ҳудудларда тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар контсентрацияси Қорақалпоғистон ва Сурхондарё каби ҳудудлардаги кам инвестициялар билан қандай фарқ қилишини ўрганади. Мамлакат бўйлаб мувозанатли иқтисодий ривожланишга кўмаклашиш мақсадида сиёсатни мувофиқлаштириш ва инвестиция шароитларини яхшилаш бўйича тавсиялар берилган

10/31/2024
  • PDF
466-475 66 58
O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA MAMLAKATLARINING MEHMONXONA SANOATIDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA SUBSIDIYALAR: IQTISODIY SAMARADORLIK TAHLILI
Asilbek Tohirov

Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining mehmonxona sanoatini rivojlantirishda soliq imtiyozlari va subsidiya siyosatining iqtisodiy samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ikki mamlakat tajribasi asosida mehmonxona sektorini moliyaviy rag‘batlantirish usullari, ularning investitsiyaviy jozibadorlikka va hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi soliq yengilliklari va davlat subsidiyalari orqali turizm infratuzilmasini mustahkamlash, xususan, mehmonxona tarmog‘i rivojiga ko‘mak beruvchi iqtisodiy instrumentlarning samaradorligini aniqlashdir. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining amaliy natijalari ham empirik dalillar asosida baholanadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreyada qo‘llanilgan moliyaviy yondashuvlar samaradorligining nisbiy ustunliklari aniqlanadi, Soliq va subsidiya siyosatining hududlararo nomutanosiblikni kamaytirish va turizm salohiyatini oshirishdagi ta’siri baholanadi, O‘zbekiston uchun moslashtirilgan, xalqaro ilg‘or tajribaga asoslangan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot iqtisodchi olimlar, tahlilchilar, turizm sohasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchilar, investitsiya siyosatini shakllantiruvchi mutasaddilar, shuningdek magistratura darajasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot nafaqat mavjud iqtisodiy va institutsional muammolarni yoritadi, balki ularni hal qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ham ilgari suradi. Shuning uchun bu ish barqaror turizm siyosatini yaratish yo‘lida ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehmonxona sanoatida soliq imtiyozlari va subsidiyalarni qo‘llash amaliyoti birinchi marta tizimli qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur ishda soliq yengilliklarining investitsiya faolligi, hududiy rivojlanish va xizmat sifati kabi mezonlarga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, milliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy samaradorlikka yo‘naltirilgan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilib, davlat-xususiy sheriklik asosida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

09/29/2025
  • PDF
244-255 39 41
ҲУДУДЛАРГА ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯЛАРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШНИНГ УСЛУБИЙ ЁНДАШУВЛАРИ
Хуршидбек Хайдаров

Тадқиқотда тўғридан-тўғри хорижий инвестицияларнинг иқтисодий ўсиш, янги иш ўринлари яратиш ва технология тарқатишдаги ролини таъкидлаган ҳолда, уларнинг минтақавий номутаносибликларни бартараф этишдаги аҳамияти ёритилган.

12/13/2024
  • PDF
667-674 77 55
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer