• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
Zafarbek Abdullayev

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini joriy etishning huquqiy asoslari, metodologiyasi va dastlabki natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi reyting tizimining mazmun-mohiyatini, baholash mezonlaridagi o‘zgarishlarni va ularning soliq intizomi hamda biznes muhiti barqarorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Metodologik jihatdan deskriptiv va analitik tahlil, xalqaro tajriba bilan qiyosiy yondashuv, diagnostik baholash hamda raqamli monitoring usullari qo‘llanilgan. Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari, rasmiy statistik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar empirik baza sifatida foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqarorlik reytingi joriy etilgach, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisobotlarni kechiktirmasdan topshirish, elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanish, ish bilan bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligi sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Shuningdek, reyting mezonlarini 30 kunlik o‘rtacha ball asosida hisoblash, yangi rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi indikatorlarni joriy etish tizimning shaffofligi va selektiv fiskal boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirgani asoslab beriladi. Muallif reyting tizimini sohaviy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, shuningdek banklar, investorlar va davlat xaridlari amaliyotida faol qo‘llash bo‘yicha takliflar ilgari suradi.

11/28/2025
  • PDF
9-18 41 83
TEMIR YO'LLARDA YUK AYLANMASI HAJMINING OSHISHINING EKSPORTGA TA'SIRI
Mehri Voxidova

Maqsad: Ushbu tadqiqot eksport hajmi (Y) va temir yo'llarda yuk aylanmasi (X) o'rtasidagi murakkab bog'liqlikni juft chiziqli regressiya modeli orqali o'rganishga qaratilgan. Maqsad temir yo'l yuk aylanmasining mamlakat eksport hajmiga miqdoriy ta'sirini aniqlash va siyosatchilar va transport va savdo sohalaridagi manfaatdor tomonlar uchun tushunchalarni taqdim etishdir. Dizayn/metodologiya/yondashuv: 2000 yildan 2022 yilgacha bo'lgan tarixiy ma'lumotlardan foydalangan holda miqdoriy tadqiqot loyihasi qo'llaniladi. Tanlangan metodologiya eng kichik kvadratlar usuli yordamida juft chiziqli regressiya modelini baholashni o'z ichiga oladi. Statistik ahamiyatlilik determinatsiya koeffitsienti, Fisherning F testi va heteroskedastiklikni tekshirish orqali tekshiriladi. Elastiklik tahlili, darajali korrelyatsiya va qoldiqlarni grafik baholash munosabatlarni har tomonlama tushunish imkonini beradi. Natijalar: Tadqiqot eksport hajmi va temir yo'l yuk aylanmasi o'rtasida kuchli va statistik jihatdan muhim ijobiy korrelyatsiyani (r = 0,92) aniqladi. Bir nechta testlar orqali tasdiqlangan regressiya modeli eksport hajmidagi o'zgaruvchanlikning 84,72% ni tushuntiradi. Iqtisodiy talqin shuni ko'rsatadiki, temir yo'l yuk aylanmasining bir birlik o'sishi eksport hajmining o'rtacha 1627720,728 donaga sezilarli o'sishiga olib keladi. Heteroskedastikaning yo'qligi modelning mustahkamligini kuchaytiradi.

03/30/2024
  • PDF (English)
157-166 119 119
BUGUNGI GLOBALLASHUV SHAROITIDA INNOVATSION MARKETINGNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Saparbek Urunbayev

Ushbu maqolada innovatsion marketing tushunchasi, uning an’anaviy marketingdan farqlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Innovatsion marketingning zamonaviy texnologiyalarga tayanganligi, O‘zbekistonda innovatsion marketingning rivojlanishi uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, biznes vakillari orasida yangiliklarga intiluvchanlikni oshirish, tegishli infratuzilmani yaratish va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy yangilab turish zarurligi alohida ta’kidlangan. Maqolada soha bo‘yicha adabiyotlar tahlili, amaliy tadqiqot natijalari va metodologiya ko‘rsatilgan.

11/28/2025
  • PDF
227-232 21 23
O‘ZBEKISTONDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHGA ERISHISHDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI QO‘LLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILASHTIRISH
Hayotjon Nasrulloev

Ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida sun’iy intellekt (SI) tizimlarini qo‘llash metodologiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi SI texnologiyalarining milliy iqtisodiyot tarmoqlariga integratsiyalashuvining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdir. Maqolada mavjud xorijiy va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, SIni joriy etishdagi institutsional, texnik va kadrlar muammolari aniqlandi. Asosiy natija sifatida SI asosidagi qaror qabul qilish tizimlarini iqtisodiy rejalashtirishga tatbiq etishning takomillashtirilgan metodologiyasi taklif etilgan. Ushbu metodologiya SI xavfsizligi, shaffofligi va iqtisodiy samaradorligi tamoyillariga asoslangan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda va SI texnologiyalaridan foydalanishda amaliy ahamiyatga ega.

10/31/2025
  • PDF
161-169 48 26
O‘ZBEKISTONDA SAMARASIZ JAMG‘ARMALARNI ANIQLASH METODOLOGIYASI
Jaxongir Imamnazarov

Mazkur maqolada O‘zbekiston aholisining “ishlamayotgan” jamg‘armalarini, ya’ni investitsiya sifatida rasmiy iqtisodiyotga jalb etilmagan pul ko‘rinishidagi va pul ko‘rinishida bo‘lmagan sarmoya va zaxiralari ko‘lami va qiymatini aniqlash va tahlil qilish metodologiyasi taklif etiladi. Metodologiya iqtisodiyotning o‘ziga xos jihatlarini, xususan, AQSh dollarining ichki bozorga bo‘lgan yuqori darajadagi ta’sirini, xufyona iqtisodiyotning yuqori ulushini, investitsiya kompaniyalarining past rivojlanish darajasini inobatga olgan. Ushbu tadqiqotda ko‘p bosqichli yondashuv, xususan makroiqtisodiy balans usullari uy xo‘jaliklari bo‘yicha mikroma’lumotlar, naqd pulga bo‘lgan talabning xulq-atvor asosidagi modellari va manbalarni integratsiya qilish uchun bayes strukturali modulini uyg‘unlashtiruvchi ko‘p bosqichli yondashuv taklif etilgan. Ma’lumot manbalari, validatsiya jarayonlari, hududlar bo‘yicha bo‘lish va taqsimlash va joriy etish algoritmi tavsiflangan.

10/31/2025
  • PDF
112-122 35 23
MAHALLA DARAJASIDA KAMBAG‘ALLIK DARAJASINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Viqorjon Bahriddinov

Ushbu maqolada kambag‘allik darajasini baholashning mavjud metodologiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, ularning afzalliklari va cheklovlari o‘rganilgan. Tahlillar natijasida ma’lum bo‘ldiki, amaldagi yondashuvlar mahalla darajasida ma’lumot yig‘ishning murakkabligi, norasmiy daromadlarni aniqlashdagi qiyinchiliklar hamda rasmiy statistik raqamlarga haddan tashqari tayanish kabi kamchiliklarga egaligi bois, muallif tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni uyg‘unlashtirgan, empirik dalillarga asoslangan mukammallashtirilgan yangi metodologiya taklif etilgan.

10/31/2025
  • PDF
31-40 47 41
INNOVATSION IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA MINTAQALAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ISTIQBOLDAGI SENARIYLARI
Alibek Rajabov

Mazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kelajakdagi senariylarini ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish qismida zamonaviy tendensiyalar (raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, yashil texnologiyalar va iqlim oʻzgarishi) belgilangan boʻlib, adabiyotlar sharhi soʻnggi 5 yildagi nufuzli jurnallardagi bir qancha ilmy tadqiqot ishlariga asoslangan, RIS (mintaqaviy innovatsion tizimlar) evolyutsiyasi, empirik modellar va siyosiy tavsiyalarni qamrab oladi. Metodologiya sistematik adabiyotlar tahliliga (SLR) va senariy rejalashtirishga asoslangan. Natijalar uchta senariyni koʻrsatadi: optimistik (raqamli integratsiya orqali 2–5% oʻsish), pessimistik (tengsizlik va stagnatsiya) va aralash (transformatsion moslashish). Xulosada RISni mustahkamlash va yashil innovatsiyalarga sarmoya kiritish taklif etilgan.

09/29/2025
  • PDF
200-205 48 25
MINTAQALAR IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI BAHOLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Temur Egamov

Ushbu maqola mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni baholashdagi zamonaviy yondashuvlarni ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish bo‘limida global iqtisodiyotdagi mintaqaviy tafovutlarning muhimligi, raqamlashtirish, barqarorlik va chidamlilik tendensiyalari ta’kidlangan. Adabiyotlar sharhida so‘nggi yillar ichidagi nufuzli xalqaro jurnallardagi 15 tadan ortiq maqolaga asoslanib, fazoviy modellashtirish, raqamli tahlil, chidamlilik va institutsional omillar guruhlari muhokama qilingan. Metodologiya mixed-methods dizayniga asoslangan bo‘lib, adabiyotlar sintezi va sistematik tahlilni o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari fazoviy avtokorrelatsiya, ekologik sezgirlik va institutsional indikatorlar orqali tafovutlarning dinamikasini ochib beradi, rivojlanayotgan mamlakatlarda  divergensiya jarayonlarini ko‘rsatadi. Xulosada yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari baholanib, joyga asoslangan siyosatlar, yashil investitsiyalar va raqamli integratsiya tavsiya etilgan. Natijalar mintaqaviy tafovutlarni kamaytirishda ilmiy va amaliy qiymatga ega.

08/29/2025
  • PDF
34-41 58 41
TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI
Muazzamxon Shaislamova , Munisa Shayzoqova

Ushbu maqolada O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash metodologiyasi ko‘rib chiqilgan. Metodologiyada hisobga olingan asosiy ko‘rsatkichlar innovatsion faollik darajasi, innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy va ijtimoiy natijalardir. Metodologiya innovatsion faoliyat samaradorligini baholash va yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi

04/30/2025
  • PDF
202-209 64 44
RAQAMLASHTIRISHNING TURIZM TA’LIMIGA TA’SIRI: RAQAMLI DAVR UCHUN MEHNAT KUCHLARI KOMPETENSIYALARINI OSHIRISH
Mehruza Vafokulova, Ruxshona Rofeeva, Bekzodjon Oblaqulov

Ushbu tadqiqotning maqsadi raqamlashtirishning turizm ta’limiga ta’sirini va uning raqamli davr uchun ishchi kuchi kompetentsiyalarini qanday yaxshilashini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda miqdoriy metodologiya qo‘llanilgan bo‘lib, 62 nafar respondentlar – talabalar, o‘qituvchilar va turizm sohasidagi mutaxassislar orasida onlayn so‘rovnoma orqali ma’lumotlar yig‘ildi. Tadqiqotda respondentlar raqamli ko‘nikmalar va sohada ta’lim moslashuvlari haqida fikr bildirdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamlashtirish turizm ta’limini sezilarli darajada o‘zgartirgan bo‘lib, respondentlar raqamli vositalar, sun’iy intellekt va shaxsiylashtirilgan xizmatlarning ahamiyatini ta’kidladilar.


Ushbu tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, u turizm sohasida zarur bo‘lgan yangi raqamli kompetentsiyalarni o‘rganadi va ta’lim muassasalarining raqamli talablar o‘zgarishiga qanday moslashishini tushunishga hissa qo‘shadi. Tadqiqot zamonaviy sanoatda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun uzluksiz ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli savodxonlik va ilg‘or texnologiyalarni turizm ta’limiga integratsiya qilish zaruratini ta’kidlaydi.

11/29/2024
  • PDF (English)
349-357 92 48
QISHLOQ XO‘JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN DORIVOR O‘SIMLIKLARNI SOTISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Maftuna Ermatova

Maqolada qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan dorivor oʻsimliklar zamonaviy tibbiyot va farmatsevtikada muhim oʻrin tutadi. Biroq, ularning bozordagi samaradorligini sotish mexanizmlarini takomillashtirish orqali sezilarli darajada oshirish mumkin. Dorivor o'simliklarni sotish samaradorligini oshirish metodologiyasi bir qator asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi. Maqolada bu kabi masalalar ilmiy va amaliy tomonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan

05/31/2024
  • PDF
75-80 100 70
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer