O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI

O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss11-pp9-18

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini joriy etishning huquqiy asoslari, metodologiyasi va dastlabki natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi reyting tizimining mazmun-mohiyatini, baholash mezonlaridagi o‘zgarishlarni va ularning soliq intizomi hamda biznes muhiti barqarorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Metodologik jihatdan deskriptiv va analitik tahlil, xalqaro tajriba bilan qiyosiy yondashuv, diagnostik baholash hamda raqamli monitoring usullari qo‘llanilgan. Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari, rasmiy statistik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar empirik baza sifatida foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqarorlik reytingi joriy etilgach, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisobotlarni kechiktirmasdan topshirish, elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanish, ish bilan bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligi sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Shuningdek, reyting mezonlarini 30 kunlik o‘rtacha ball asosida hisoblash, yangi rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi indikatorlarni joriy etish tizimning shaffofligi va selektiv fiskal boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirgani asoslab beriladi. Muallif reyting tizimini sohaviy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, shuningdek banklar, investorlar va davlat xaridlari amaliyotida faol qo‘llash bo‘yicha takliflar ilgari suradi.

Kalit so‘zlar:

barqarorlik reytingi tadbirkorlik subyektlari soliq intizomi raqamli fiskal boshqaruv baholash mezonlari

Bibliografik manbalar

Abdullayev, Z. (2025). Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi tizimi tahlili. Innovations in Science and Technologies.

Nurmatov, Sh. (2024). Reyting tizimida indikatorlar va ularning vazn koeffitsientlari. TDIU ilmiy axborotnomasi, №4, pp. 18–26.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi axborot xizmati (n.d.). Rasmiy ma’lumotlar va qo‘mita yangiliklari.

Qaror (2024). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori, 23-yanvar 2024-yil.

Qaror (2024). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga oid 55-son qarori, 30-yanvar 2024-yil.

Qaror (2025). Vazirlar Mahkamasining 662-son qarori (55-son qaror ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlar). O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22-oktabr 2025-yil.

Yakshiboeva, M. (2024). Raqamli fiskal boshqaruvda barqarorlik indikatorlarining baholash metodikasi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6, pp. 35–42

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Abdullayev , Z. (2025). O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI: O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(11), 9-18. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss11-pp9-18