• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
IQTISODIY O'SISHNING O'ZBEKISTONDA HAVO IFLOSLANISHIGA TA'SIRI: EMPIRIK TAHLIL
Afzalbek Raximov

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda jadal iqtisodiy rivojlanishga erishgan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va havoning ifloslanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi. 2000 yildan 2020 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi ma'lumotlardan foydalanib, biz iqtisodiy o'sishning havo ifloslanishiga ta'sirini o'rganish uchun ekonometrik usullardan foydalandik. Natijalarimiz shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy o'sish O'zbekistonda havoning ifloslanishiga ijobiy va sezilarli ta'sir ko'rsatadi, bu esa ekologik Kuznets egri chizig'i (EKCH) gipotezasi mavjudligini ko'rsatadi. Biroq, iqtisodiy o'sish va havo ifloslanishi o'rtasidagi bog'liqlik chiziqli emas va iqtisodiy o'sishning havo ifloslanishini kamaytirishga kirishadigan burilish nuqtasi hali O'zbekistonda aniq emas. Bizning xulosalarimiz O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va havo ifloslanishini kamaytirish uchun muhim siyosiy ahamiyatga ega.

11/30/2023
  • PDF
131-139 144 114
SUV TANQISLIGINING IQTISODIYOTGA TAʼSIRINI MIQDORIY TAHLIL QILISH
Sarvar Mamasoliyev

Ushbu tadqiqotda Oʻrta Osiyo davlatlari suv tanqisligining iqtisodiy oʻsishga taʼsiri ekonometrik panel modellari orqali tahlil qilindi. Uzoq muddatli panel maʼlumotlarini tahlil qilish uchun biz  Pooled regression model, fixed effect model va random effect modellari orqali 1990-2023 yillar va 5 ta davlat yillik maʼlumotlarini modellashtirdik. Model qurib boʻlgach ularni turli statistik testlar orqali diagnostik testlar bilan tekshirdik. Yuqoridagi modellarni solishtirish natijasida panel maʼlumotlarimizga eng mos keladigan model bu Pooled regression model ekanligini aniqladik. Ushbu model koʻrsatkichlari asosida Oʻrta Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligining oshib borishi iqtisodiy oʻsishga salbiy taʼsir etayotganligi aniqlandi. Suv tanqisligining har bir birlikka oshishi yalpi ichki mahsulotni 0.0166 birlikka kamayishiga olib keladi. Natijalar yuqori suv tanqisligiga uchrayotgan davlatlar suv resurslarini boshqarishni ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, tanqislikni kamaytirish infratuzilmalarini yaratib, suvni tejash siyosatini amalga oshirishi kerakligini ko‘rsatdi.

02/27/2025
  • PDF
70-82 46 47
EKSPORT VA IMPORTNI IQTISODIY OʼSISHGA SOLIQLAR ORQALI IJOBIY TAʼSIRINI QOʼLLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Isojon Zoxidov

Maqolada mamlakatimizda eksport va importning iqtisodiy oʼsishga ijobiy taʼsirini qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish ahamiyati oʼsganligining sabablari hamda yangi jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Samarali tashqi iqtisodiy faoliyatga oid jahon amaliyoti va eksport va importni soliqlar orqali ragʼbatlantirish mexanizmining zamonaviy trendlari tajribalarini oʼzlashtirish asosida uning samarali vosita va usullarini qoʼllash xususiyatlari va vazifalari bayon etilgan. Oʼzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarida samarali eksportning iqtisodiy oʼsishga ijobiy taʼsirini qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishlari asoslab berilgan.

06/27/2023
  • PDF
78-85 158 85
ТУРИЗМ ИНФРАТУЗИЛМАСИ ВА УНИНГ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШДАГИ РОЛИ
Аҳмаджон Таниев

Ушбу мақолада туризм инфратузилмаси ва унинг иқтисодий ривожланишдаги роли таҳлил қилинади. Туризм соҳасидаги инфратузилма таркибий қисмлари, уларнинг иқтисодий аҳамияти ва ривожланиш стратегиялари кўриб чиқилган. Асосий эътибор транспорт, меҳмонхона инфратузилмаси, туристик агентликлар, ахборот-коммуникация технологиялари ва туристик ёрдамчи инфратузилмаларнинг аҳамиятига қаратилган. Ушбу соҳалардаги 2023 йилда Ўзбекистонда эришилган натижалар ва уларнинг иқтисодий таъсири таҳлил қилинган.

11/29/2024
  • PDF
597-605 71 36
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA JAHON IQTISODIYOTI VA MINTAQAVIY IQTISODIYOTLARNING RAQOBATBARDOSHLIGI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK
Feruza Xayitova

Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va mintaqaviy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik keltirilgan. Jahon bozorida iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, savdo va investitsiyalar oqimining kengayishi mintaqalar oldiga yangi imkoniyatlar bilan birga jiddiy raqobat muhitini ham yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili, olib borilayotgan keng ishlar koʻlami,  milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omillari bogʻligi va globallashuvning mintaqaviy raqobatbardoshlikka taʼsiri yoritib berilgan.

05/30/2025
  • PDF
228-235 59 35
GLOBALLASHUV JARAYONLARINING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Temur Ismatullayev

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari va uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri, shuningdek iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar atroflicha o‘rganilgan.

06/27/2023
  • PDF
43-52 1201 356
МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТНИНГ ХАРАЖАТЛАРНИ МАҚСАДЛИ САРФЛАНИШИДАГИ ТАЪСИРИ ХУСУСИДА
Нариманжан Содиқов

Ушбу мақолада молиявий назоратнинг харажатларни мақсадли сарфланишидаги таъсири ўрганилган. Профессионал таълим муассасаларида ўтказилган текширишлар ва уларда аниқланган ҳолатлар таҳлили ўрганилган, молиявий назоратнинг иқтисодий самарадорликка ҳисса қўшадиган таъсирлари таҳлил қилинган ва мақола якунида хулоса шакллантирилган.

10/31/2023
  • PDF
231-241 73 64
МУAММOЛИ КРЕДИТЛAРНИНГ ДAРAЖAСИГA ТAЪСИР ЭТAЁТГAН OМИЛЛAР
Ҳaётжoн Сaидoв

бу мaқoлaдa муaммoли кредитлaр дaрaжaсигa тaъсир қилувчи oмиллaр ўргaнилaди. Тaҳлилдa мaкрoиқтисoдий, мoлиявий, ижтимoий вa шaхсий oмиллaр кaби кўплaб фaктoрлaр муҳoкaмa қилинaди. Мaкрoиқтисoдий ҳoлaт, хусусaн инфляция, ишсизлик вa кредит стaвкaлaри, муaммoли кредитлaр дaрaжaсигa кaттa тaъсир кўрсaтaди. Шунингдек, мoлиявий институтлaрнинг кредит сиёсaтлaри вa мoлиявий сaвoдхoнликнинг пaстлиги ҳaм кредит сўрoвчилaрининг қaрзлaрини қaйтaриш қoбилиятигa сaлбий тaъсир кўрсaтиши мумкин. Ижтимoий oмиллaр, мaсaлaн, oдaмлaр ўзлaрининг мoлиявий ҳoлaтини aниқ бaҳoлaй oлмaсликлaри вa ёки иқтисoдий шoклaргa унчa тaйёр эмaсликлaри муaммoли кредитлaр дaрaжaсининг oшишигa сaбaб бўлaди. Шaхсий oмиллaр, жумлaдaн, қaрз oлгaн шaхснинг мoлиявий oқилoнa қaрoр қaбул қилиш қoбилияти, шaхсий бўлиб ўтгaн иқтисoдий тaжрибa ҳaм ёки унутилгaн мaжбуриятлaр билaн бoғлиқ муaммoлaр кaттa рoль ўйнaйди.

01/31/2025
  • PDF
387-393 84 34
INNOVATSION VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRI
Shaxlo Urozova

Ushbu maqolada innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng
xarakterli xususiyatlaridan biriga aylanib borayotganligi va bozor rivojlanishini tezlashtiruvchi omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy dunyoda innovatsiyalardan keng foydalanish orqali- tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga erishish mumkinligi haqida taklif va tavsiyalar berilgan.Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish korxonalar uchun ijobiy qadamdir. Innovatsion texnologiyalarni samarali axborotlashtirish makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini sezilarli darajada oshiradi, bu esa boshqaruv qarorlari sifati va darajasini, axborot jarayonlari va xizmatlari samaradorligini oshirishga olib keladi, bu esa o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, texnik, madaniy va hayotning boshqa ko’rsatkichlarini yaxshilaydi. Barcha jarayonlarda axborotlashtirishni joriy etish va
zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish YAIM o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Raqamli texnologiyalar dunyo iqtisodiyotini samaradorligini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Global tarmoq, raqamli qurilmalar iqtisodiy o‘sishning drayveri hisoblanadi. Shu sababdan ularning tarmoqlardagi ro‘li beqiyos ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bilan integrasiyasi bosqichlari va ahamiyati keltirib o‘tilgan.

06/30/2024
  • PDF
240-247 422 105
XORIJIY MAMLAKATLARDA TURISTIK QISHLOQLARNI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI
Dilorom Xudaynazarova

Maqolada so‘nggi o‘n yil davomida xorijiy mamlakatlarda turistik qishloqlarni rivojlantirish tajribasining kompleks sharhi taqdim etilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika va Okeaniyada amalga oshirilgan modellari va strategiyalari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, mamlakatlar va mintaqalar kesimida qiyosiy ma’lumotlar keltiriladi. Ayniqsa, iqtisodiy ta’sirlar, mahalliy aholining jalb etilishi va BMT Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO)ning Best Tourism Villages dasturi kabi xalqaro tashabbuslarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Indoneziya, Yaponiya, Fransiya va Meksika misolida qishloq turizmini barqaror rivojlantirishning muvaffaqiyatli amaliyotlari ko‘rsatilgan. Ishda asosiy xatarlar — autentiklikni yo‘qotish, ekologik yuklama, narxlarning oshishi va ijtimoiy transformatsiyalar aniqlanib, ularni minimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada turistik qishloqlar madaniy merosni asrab-avaylash, ish o‘rinlarini yaratish va mintaqaviy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiluvchi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim vositasi sifatida ta’kidlab o‘tilgan.

09/29/2025
  • PDF (Russian)
290-305 46 31
СОЛИҚЛАРНИНГ КОРХОНАЛАР МОЛИЯВИЙ-ХЎЖАЛИК ФАОЛИЯТИГА ТАЪСИРИ ВА УНИ САМАРАЛИ БОШҚАРИШ
Жаъфар Бабахонов

Мақолада Ўзбекистон Республикасида иқтисодиёт эркинлашуви ва модернизациясининг ҳозирги босқичида солиқларнинг корхоналар молиявий-хўжалик фаолиятига таъсири ва уни самарали бошқаришнинг янгича мазмуни ва аҳамияти, устувор вазифалари ҳамда ўзига хос хусусиятлари илмий асослаб берилган.

05/31/2023
  • PDF
105-110 88 35
FINLANDIYA MOLIYAVIY SAVODXONLIK TA’LIM TIZIMINI BOSHQA MAMLAKATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Zilola Shamansurova

Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlar sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlandiya tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatlar pedagoglari e’tiboridagi o‘qitish tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida mujassam. Zero, o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu davlatdagi 15 yoshli o‘quvchilar PISA xalqaro baholash dasturida muntazam juda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda.Finlandiyaning muvaffaqiyati o‘qituvchilardir. Yuqori sifatli mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ularning maqomi va mustaqilligi ta’minlangan. Ta’lim siyosati maqsadli ravishda tenglikka yo‘naltirilgan. Shuni aytib o‘tish lozimki, Finlandiya joylashuvi va iqlimi uning iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Ushbu maqolamda, Finlandiyaning moliyaviy ta’lim tizimini boshqa mamlakatlarga taqbiq etishni maqsadga muvofiq deb bildim.

11/29/2024
  • PDF
289-296 75 51
JISMONIY SHAXSLAR DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH USULLARI, SHAKLLARI VA ASOSIY TAMOYILLARI VA ULARNI SOLIQQA TORTISH TIZIMIDAGI AHAMIYATINI OSHIRISH MASALALARI
Manzura Bobomurotova

Mazkur maqolada jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish usullari, shakllari va asosiy tamoyillari keltirilgan. Soliqqa tortish usullari, shakllari va tamoyillari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, progressiv va proporsional soliqlarning adolatli taqsimotga ta’siri hamda investitsion daromadlarga nisbatan soliqlarning o‘rni muhokama qilingan. O‘zbekiston soliq tizimini takomillashtirishda soliqqa tortish usullari, shakllari va tamoyillarining istiqbollari asoslangan. Maqolada daromad solig‘i yig‘ish mexanizmlarining samaradorligi va adolatlilik darajasi iqtisodiy barqarorlik va byudjetga tushumlar nuqtai nazaridan tahlil etilgan.

09/29/2025
  • PDF
49-58 75 42
ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАРДА УРБАНИЗАЦИЯ СИЁСАТИНИНГ ГЛОБАЛ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ ВА ҚИЁСИЙ БАҲОСИ
Юлдуз Салимова

Мақолада урбанизация жараёнининг ривожланишида қуйидаги таниқли глобал тенденцияларнинг мавжудлиги исботланди: деярли барча мамлакатларда шаҳар аҳолисининг барқарор ўсиши; урбанизация жараёнининг босқичлари (саноатдан олдинги, саноат ва постиндустриал босқичлардан ўтиш); шаҳарлар сонининг ўсиши, дунёдаги мегаполислар; ривожланган ва ривожланаётган мамлакатларда урбанизация жараёнлари жараёнидаги фарқлар; урбанизация даражасининг мамлакатнинг иқтисодий ривожланиш даражасига боғлиқлиги. Урбанизациянинг хорижий амалиётини қиёсий таҳлил қилиш асосида урбанизациянинг мавжуд глобал моделлари ва қўлланиладиган воситалар (Беларусь, Гана, Қозоғистон, Корея Республикаси, Хитой, Польша, Россия, Танзания, Туркия, Япония) тизимлаштирилган. Эришилган самаралардан келиб чиққан ҳолда, ривожланаётган мамлакатларда, шу жумладан Ўзбекистон Республикасида комплекс минтақавий ривожланиш нуқтаи назаридан шаҳар сиёсатини кўриб чиқиш зарурлиги оқланади

04/30/2024
  • PDF (Russian)
503-517 125 51
OʻZBEKISTONDA BANK MIJOZLARINING KREDITLARDAN FOYDALANISH TAHLILI
Maftuna Xayitova

Banklarning dastlabki sarmoyasi, kapitali darajasiga muhim masala sifatida eʼtibor qaratiladi chunki, 2008-yildan boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bank tizimining barqarorligini taʼminlashda ularning kapitallashuv darajasini oshirib borish eng muhim iqtisodiy masalalardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Tahlilimizda bankning kapitallashuv darajasi, uning kredit samaradorligiga taʼsiri va isteʼmolchi (mijozlarning) kreditdan samarali foydalanish koʻsatkichlari Oʻzbekiston banklari misolida tahlil qilingan va muammolarga muallif tomonidan yechim sifatida fikrlar ishlab chiqilgan. Bunda ATB “Agrobanki” va Buyuk Britaniyaning HSBC hоldings bаnkining kredit stаvkаlаri maʼlumotlaridan foydalanilgan.

06/30/2025
  • PDF
133-143 39 31
ТУРИЗМ СОҲАСИДА ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ АҲАМИЯТИ
Дилшода Гафурова, Нилуфар Джумаева

Ушбу мақолада Ўзбекистонда туризм соҳаси ва йўл инфратузилмасининг ривожланиши ўртасидаги муносабатлар таҳлил қилинади. Шунингдек, мақолада йўл инфратузилмасини ривожлантириш борасида олиб борилаётган ислоҳотлар тадқиқ этилди. Йўл инфратузилмасини такомиллаштириш борасида таклиф ва тавсиялар берилди

04/30/2024
  • PDF
352-358 91 62
1 - 16 from 16

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer