• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
VAQT VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH ASOSIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH
Asqarjon Xo’jamurodov, Furqat Esanboyev

Mazkur tadqiqot ishida investitsiya loyihalarini boshqarish jarayonida vaqt va samaradorlik omillari qanday baholanayotgani yoritib beriladi. Asosiy e'tibor loyihaning hayotiy sikli davomida samaradorlikni oshirish va loyihaning amalga oshirilish muddatlarini qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlariga qaratilgan. Bu mavzu hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lib, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda. Investitsiya loyihalari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ko‘pincha resurslarning cheklanganligi va vaqt omili bilan bog‘liq bo‘lib, samarali rejalashtirish va boshqaruv talab etiladi.
Tadqiqotda loyihalarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, loyihalarning vaqtni tejash imkoniyatlari va rentabelligini oshirish uchun samaradorlik mezonlari tahlil qilingan. Vaqtni boshqarishning loyiha iqtisodiyotiga ta'siri chuqur o‘rganilib, turli loyihalarni amalga oshirishda vaqtni qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan omillar, shu jumladan, moliyaviy resurslarning optimal taqsimoti, ish kuchi va texnologik infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Loyiha boshqaruvida vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va samarali foydalanishning investitsiya jarayoniga ta'siri amaliy misollar yordamida ko‘rsatilgan. Ishda nazariy asoslar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va xalqaro tajribaga asoslangan misollar keltirilgan.

09/30/2024
  • PDF
209-216 160 63
TURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING BOSQICHLARI
Makhliyo Umarova, Maftuna Urinova

Ushbu maqolada turizm industriyasining rivojlanishi eng qadimgi davrlardan boshlab, bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Shu maqsadda Mesopotamiya, Nil va Hind vodiylari, Xitoy, Qadimgi Yunoniston va Rim kabi qadimgi davrlarda dunyoning eng rivojlangan nuqtalari o'rganilgan. Bu mamlakatlarning har birida turizmning tarixiy holati o‘rganildi va qiyoslandi. Bundan tashqari, qadimgi davrlarda turizmning rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatgan omillar o‘rganildi. Turizm va jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shgan asosiy yangiliklar ham dolzarb mavzu sifatida ko‘rildi.

11/29/2024
  • PDF (English)
344-348 249 99
SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI BOSHQARISH MUAMMOLARI
Anvar Berdiyev

Ushbu maqolada, suv resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan. Jumladan, suv resurslarini vaqt va xududlar bo’yicha qayta tarqatish, yekologik barqarorlik talablarini hisobga olgan holda atrof muhit barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo’lgan talablarini optimal ravishda qondirish, talab yetilgan miqdor va sifat bilan zarur bo’lgan vaqtida yetkazish, suv resurslarini boshqarishni - suv resurslarining vaqt va makonda tabiiy tarqalishi hamda sifat ko’rsatkichlarini rejimini iste’molchilarning talablariga moslashtirish jarayoni bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

04/30/2024
  • PDF
42-52 249 135
MASOFAVIY TA’LIM RAQAMLI PLATFORMALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI XARAJATLAR, TALABALAR JALB QILINGANLIGI VA TA’LIM XIZMATLARI SIFATI KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA BAHOLASH MODELI
Rustam Yaxshiboyev

Masofaviy ta’limning raqamli platformalari so‘nggi o‘n yillikda jahon ta’lim xizmatlari bozorining muhim qismiga aylandi: 2024-yilda uning hajmi 369,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2034-yilga borib 731,8 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda. Maqolada masofaviy platformalarning iqtisodiy samaradorligini baholashning analitik modeli taklif qilingan bo‘lib, u uchta ko‘rsatkichlar guruhini hisobga oladi: xarajatlar (litsenziya, infratuzilma, kontent va qo‘llab-quvvatlash), talabalar jalb qilinganligi (foydalanuvchilar faolligi, platformada o‘tkazilgan vaqt, kurslarni tugatish ulushi) va ta’lim xizmatlari sifati (qoniqish, o‘zlashtirish, karyera samarasi). Coursera, edX, Udemy, LinkedIn Learning va Khan Academy ma’lumotlari asosida 2023–2024-yillar uchun qiyosiy iqtisodiy tahlil o‘tkazildi. Raqamli platformalarni joriy etish ta’lim muassasalarining operatsion xarajatlarini 20–35% ga qisqartirishga va ayni paytda ta’lim mavjudligini oshirishga imkon berishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasida ta’lim dasturlarining sifati va moliyaviy barqarorligini boshqarish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

05/25/2026
  • PDF (Russian)
244-252 52 18
VAKOLATLI IQTISODIY OPERATOR MAQOMINING MOLIYAVIY SAMARADORLIGI: BOJXONA TOʻLOVLARINI KECHIKTIRIB TOʻLASH IMTIYOZIDAN FOYDALANISH TAHLILI
Orifjon Shukurov

Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasida 2019-yildan joriy etilgan vakolatli iqtisodiy operator (VIO) institutining muhim moliyaviy imtiyozlaridan biri – bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash mexanizmidan foydalanish dinamikasini empirik jihatdan oʻrganadi. 2021-2025-yillar davomida  96 ta VIO maqomiga ega (faol) korxonaning bojxona yuk deklaratsiyalaridagi ma’lumotlari asosida oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatdiki, kechiktirib toʻlangan bojxona toʻlovlari summasi ulushi 2021-yildagi 9,95 foizdan 2023-yilga kelib 33,66 foizgacha oʻsdi, soʻngra 2025-yilda 24,51 foizda barqarorlashdi. Toifaviy kesimda yaqqol tafovut  aniqlandi: I toifali firmalar 9,9%, yuqori toifali firmalar (I va II, II, III toifalar) esa 28,9% ulushda kechiktirib toʻlash imtiyozidan foydalanmoqda. Tadqiqot VIO maqomining vaqt va yoʻlak samarasi bilan bir qatorda muhim moliyaviy kapital boshqaruvi vositasi ekanini empirik jihatdan asoslaydi hamda VIO institutining amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq takliflarni ilgari suradi.

05/25/2026
  • PDF
171-178 53 18
XITOY MADANIY KONTEKSTIDA KASBIY QIZIQISHLARNING YANGI NAZARIY QURILISHI: WBCI OLTI O‘LCHOVLI IERARXIK MODELI
Biao Wang

Kasbiy qiziqishlar nazariyasi uzoq vaqt davomida Hollandning RIASEC modeli hukmronligi ostida rivojlanib keldi. Uning soddaligi, izohlash qulayligi va amaliy foydasi hanuz muhim bo‘lsa-da, mazkur modelning keng toifalari zamonaviy kasbiy tuzilmalardagi va g‘arb bo‘lmagan madaniy muhitlardagi mayda farqlarni tobora kamroq qamrab olmoqda. Ushbu maqolada Xitoy madaniy muhiti va kasbiy ekologiyasini aks ettirish uchun olti birlamchi o‘lchov va o‘n ikki ikkilamchi omildan iborat WBCI olti o‘lchovli ierarxik modeli taklif etiladi. Model an’anaviy tasniflarda ko‘pincha siqib yuboriladigan funksional jihatdan muhim farqlarni, jumladan ta’sir ko‘rsatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi o‘zaro ta’sirni, texnik qurilish va me’yoriy ijroni, shuningdek biznesni kengaytirish va tranzaksion taqsimotni ajratib ko‘rsatadi. Mazkur maqola sof kontseptual xarakterga ega bo‘lib, WBCI javob beradigan nazariy bo‘shliqlarni, konstruktsiya chegaralarini, mavjud modellar bilan qiyosiy munosabatini va kelgusidagi verifikatsiya yo‘llarini tizimli ravishda bayon qiladi. WBCI kasbiy baholash, karyera maslahatlari, mutaxassislik tanlash va kasbiy moslashtirish uchun madaniy jihatdan chuqurroq singdirilgan, tuzilmasi aniqroq va amaliy jihatdan qulayroq nazariy asosni taqdim etadi.

04/30/2026
  • PDF (English)
298-306 58 44
B2B MA’LUMOTLAR MAHSULOTLARI UCHUN DINAMIK QIYMATGA ASOSLANGAN NARXLASH TIZIMI: IKKI TOMONLAMA OPTIMALLASHTIRISH MODELI
Bekzod Xaitov

Hozirgi kunda B2B maʼlumotlarini narxlash modellari asosan sotuvchi tomonidan boshqarilib kelmoqda va xaridorlarning oʻz nuqtai nazarlari eʼtiborsiz qoldirilmoqda. Bu anʼanaviy model, bozor samaradorligining pasayishiga va uzoq muddatda barcha manfaatdor tomonlar uchun moliyaviy natijalarning pasayishiga olib keladi. Ushbu tadqiqot qiymat dastaklari yaʼni, xaridorlar va sotuvchilar uchun funksiyalar, LightGBM mashina oʻrganishidan foydalangan holda dinamik algoritm va real vaqt rejimida narxlash uchun API kabi komponentlarni tahlil qiladi.

11/28/2025
  • PDF
258-268 125 77
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING OLIY TA’LIM BAHOLASH TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUVI
Abbos Aliqulov

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining oliy ta’limdagi baholash tizimlariga ilmiy asosda integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. An’anaviy baholashdagi subyektivlik, statiklik va inson omiliga kuchli bog‘liqlik kabi cheklovlar ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt yordamida baholashni avtomatlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, aniqlikni oshirish va talaba faoliyatini real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, baholash tizimiga sun’iy intellekt vositalarini joriy etish zarurati, ilg‘or xorijiy tajribalar va algoritmlar asosida baholovchi modellar yaratish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

06/30/2025
  • PDF
25-32 145 64
SAVDO KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Komil Urazov , Xudoyberdi Po‘latov

Ushbu maqolada savdo korxonalarida yangicha zomonaviy buxgalteriya hisobining hozirgi yangi savdo tushnchalari, hamda uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, savdo korxonalarining yanada rivojlanishida zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llagan holda vaqt va mehnat unumdorligiga erishish, shuningdek savdo korxonalarining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish yoritib berilgan.

05/30/2025
  • PDF
211-221 309 143
AGROKLASTERLAR FAOLIYATINI MODELLASHTIRISHDA PANEL MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Farrux Jo‘rayev

Agroklasterlarning samarali rivojlanishini ta’minlash va ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini baholashda econometrik modellashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada agroklasterlar faoliyatini tahlil qilish va optimallashtirishda panel ma’lumotlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Panel ma’lumotlar vaqt va hududiy omillarni hisobga olgani sababli, agroklasterlarning qisqa va uzoq muddatli dinamikasini o‘rganish imkonini beradi. Maqolada bir vaqtli tizimlashgan modellardan foydalanish, mazkur modellashtirish usuli yordamida endogenlik muammosini hal qilish hamda kointegratsiya usullarini qo‘llash kabi ekonometrik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari agroklaster tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va klasterlararo integratsiya jarayonlarini optimallashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

03/28/2025
  • PDF
115-123 144 53
FINLANDIYA MOLIYAVIY SAVODXONLIK TA’LIM TIZIMINI BOSHQA MAMLAKATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Zilola Shamansurova

Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlar sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlandiya tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatlar pedagoglari e’tiboridagi o‘qitish tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida mujassam. Zero, o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu davlatdagi 15 yoshli o‘quvchilar PISA xalqaro baholash dasturida muntazam juda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda.Finlandiyaning muvaffaqiyati o‘qituvchilardir. Yuqori sifatli mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ularning maqomi va mustaqilligi ta’minlangan. Ta’lim siyosati maqsadli ravishda tenglikka yo‘naltirilgan. Shuni aytib o‘tish lozimki, Finlandiya joylashuvi va iqlimi uning iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Ushbu maqolamda, Finlandiyaning moliyaviy ta’lim tizimini boshqa mamlakatlarga taqbiq etishni maqsadga muvofiq deb bildim.

11/29/2024
  • PDF
289-296 111 69
MAMLAKATDA INVESTITSIYAVIY MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING O‘RNI
Foziljon Rustamov

Ushbu tadqiqot O'zbekistonga xorijiydan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar
oqimiga Inson taraqqiyoti indeksi, ayollar, biznes va qonun indekslari, shuningdek, biznesni osonlashtirish indeksi va import darajasi bilan bog'liqlikni o'rganishni o’z ichiga qamrab oladi. OLS regresiyasi, korrelyatsiya tahlili, kointegratsiya testlari va boshqa iqtisodiy-analitik usullardan foydalanib, 2005-2019 yillar davridagi vaqt seriyasi ma'lumotlar asosida ushbu tahlil,
ko'rsatkichlarning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimiga ta'sirini aniqlaydi. Tahlil natijalari inson taraqqiyoti indeksi, ayollar indeksi, biznes va qonun indeksi va import darajasi o'zgarishlari O'zbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimiga ijobiy bog'liqlikni ko'rsatdi. Bu inson rivojlanishi, jinsning tengligi, biznes muhitining qulaylashishi va import siyosatining yaxshilanishida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyatini ko'rsatdi.

06/30/2024
  • PDF
158-167 179 94
IQTISODIY O'SISHNING O'ZBEKISTONDA HAVO IFLOSLANISHIGA TA'SIRI: EMPIRIK TAHLIL
Afzalbek Raximov

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda jadal iqtisodiy rivojlanishga erishgan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va havoning ifloslanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi. 2000 yildan 2020 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi ma'lumotlardan foydalanib, biz iqtisodiy o'sishning havo ifloslanishiga ta'sirini o'rganish uchun ekonometrik usullardan foydalandik. Natijalarimiz shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy o'sish O'zbekistonda havoning ifloslanishiga ijobiy va sezilarli ta'sir ko'rsatadi, bu esa ekologik Kuznets egri chizig'i (EKCH) gipotezasi mavjudligini ko'rsatadi. Biroq, iqtisodiy o'sish va havo ifloslanishi o'rtasidagi bog'liqlik chiziqli emas va iqtisodiy o'sishning havo ifloslanishini kamaytirishga kirishadigan burilish nuqtasi hali O'zbekistonda aniq emas. Bizning xulosalarimiz O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va havo ifloslanishini kamaytirish uchun muhim siyosiy ahamiyatga ega.

11/30/2023
  • PDF
131-139 227 147
ITALIYADA IQTISODIY RIVOJLANISH VA TANLANGAN IQTISODIY KO'RSATKICHLAR O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
Xurshid Amirov, Azizbek Bafoyev, Bahodir Durdimurodov, Rukhiddin Zayniddinov

Bu yerda biz Italiyaning iqtisodiy rivojlanishini o'lchaymiz va unga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganamiz. Iqtisodiy o'sishga katta ta'sir ko'rsatishini o'rganish uchun biz bir nechta omillarni tanlaymiz. Biz aholi jon boshiga YaIMni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining o'lchovi sifatida olamiz. Ushbu tadqiqot o'zgaruvchilar va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM o'rtasidagi dinamik va uzoq muddatli munosabatlarni o'rganishga qaratilgan.

11/30/2023
  • PDF (English)
21-31 268 151
IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YO’NALISHLARI
Alisher Ernazarov

Maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida biznes jarayonlarini avtomatlashtirishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Avtomatlashtirish korxonalarga operatsion samaradorlikni oshirish, xatolarni kamaytirish, vaqt va resurslarni tejash imkonini beruvchi ajralmas vosita sifatida taqdim etilgan. Avtomatlashtirishning afzalliklari, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va qiyinchiliklarga e'tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, avtomatlashtirishni kompaniyaning biznes jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun kompleks harakatlar rejasi taklif etiladi.

10/31/2023
  • PDF
22-25 1258 192
1 - 15 from 15

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer