AGROKLASTERLAR FAOLIYATINI MODELLASHTIRISHDA PANEL MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss3-pp115-123

Annotasiya

Agroklasterlarning samarali rivojlanishini ta’minlash va ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini baholashda econometrik modellashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada agroklasterlar faoliyatini tahlil qilish va optimallashtirishda panel ma’lumotlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Panel ma’lumotlar vaqt va hududiy omillarni hisobga olgani sababli, agroklasterlarning qisqa va uzoq muddatli dinamikasini o‘rganish imkonini beradi. Maqolada bir vaqtli tizimlashgan modellardan foydalanish, mazkur modellashtirish usuli yordamida endogenlik muammosini hal qilish hamda kointegratsiya usullarini qo‘llash kabi ekonometrik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari agroklaster tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va klasterlararo integratsiya jarayonlarini optimallashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

agroklaster ekonometrik model ikki bosqichli bir vaqtda tenglamalar tizimi endogen optimallashtirish fazoviy ma’lumotlar

Bibliografik manbalar

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni.

Juraev F.D.S. (2021). Problems Of Informatization Of Management Of Agricultural Industry And Modeling Of Agriconomic System In A Market Economy. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 49-54.

Mukhitdinov K.S. & Juraev F.D. (2021) Methods of Macroeconomic Modeling. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN, 2456-6470.

Porter, M. (1998). Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review. Available at:

Rakhimov A.N. & Jo‘raev F.D. (2022). A Systematic Approach To The Methodology Of Agricultural Development And The Strategy Of Econometric Modeling. resmilitaris, 12(4), 2164-2174.

Жўраев Ф.Д. (2021). Қишлоқ хўжалик маҳсулотлари ишлаб чиқаришни қисқа муддатли прогнозлаштириш. // Инновацион технологиялар, (2 (42)), 92-95.

Кузнецова Н.В, Н.А. (2016) “Кластерезация экономики зарубежный опыт развития и перспективы России “// Экономика науки.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Jo‘rayev , F. (2025). AGROKLASTERLAR FAOLIYATINI MODELLASHTIRISHDA PANEL MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH USULLARI. In Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss3-pp115-123