• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
RAQAMLASHTIRISHNING TURIZM TA’LIMIGA TA’SIRI: RAQAMLI DAVR UCHUN MEHNAT KUCHLARI KOMPETENSIYALARINI OSHIRISH
Mehruza Vafokulova, Ruxshona Rofeeva, Bekzodjon Oblaqulov

Ushbu tadqiqotning maqsadi raqamlashtirishning turizm ta’limiga ta’sirini va uning raqamli davr uchun ishchi kuchi kompetentsiyalarini qanday yaxshilashini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda miqdoriy metodologiya qo‘llanilgan bo‘lib, 62 nafar respondentlar – talabalar, o‘qituvchilar va turizm sohasidagi mutaxassislar orasida onlayn so‘rovnoma orqali ma’lumotlar yig‘ildi. Tadqiqotda respondentlar raqamli ko‘nikmalar va sohada ta’lim moslashuvlari haqida fikr bildirdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamlashtirish turizm ta’limini sezilarli darajada o‘zgartirgan bo‘lib, respondentlar raqamli vositalar, sun’iy intellekt va shaxsiylashtirilgan xizmatlarning ahamiyatini ta’kidladilar.


Ushbu tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, u turizm sohasida zarur bo‘lgan yangi raqamli kompetentsiyalarni o‘rganadi va ta’lim muassasalarining raqamli talablar o‘zgarishiga qanday moslashishini tushunishga hissa qo‘shadi. Tadqiqot zamonaviy sanoatda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun uzluksiz ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli savodxonlik va ilg‘or texnologiyalarni turizm ta’limiga integratsiya qilish zaruratini ta’kidlaydi.

11/29/2024
  • PDF (English)
349-357 92 48
OʻZBEKISTONDA OLIY TAʼLIMNING RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA XALQARO INTEGRATSIYASI
Gulnora Karabaeva

Maqolada Oʻzbekistonda oliy taʼlimning raqamli texnologiyalari, xalqaro hamkorlik va innovatsion rivojlanish sohasidagi davlat siyosatini tahlil qiladi. Unda oliy taʼlim muassasalarini modernizatsiya qilish jarayonlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xorijiy universitetlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, taʼlim sifatini oshirish va tanqidiy fikrlash hamda uzluksiz oʻqishga qodir mutaxassislarni tayyorlash masalalari koʻrib chiqiladi. 2030-yilgacha Oliy taʼlimni rivojlantirish Davlat Konseptsiyasining roli, taʼlim dasturlarini optimizatsiyalash natijalari va xorijiy talabalar soni dinamikasi taʼkidlanadi. Tadqiqot oliy taʼlim tizimini global taʼlim maydoniga integratsiya qilish va mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun kompleks innovatsion transformatsiya zarurligini ko‘rsatadi.

12/29/2025
  • PDF (Russian)
162-169 14 6
MINTAQA SANOATINI RAQAMLI XIZMATLAR BOZORIDA TIJORATLASHTIRISHNING “AQLLI ELEKTRON” PLATFORMASINI TASHKIL QILISH MEXANIZMI
Murodjon Norov

Ushbu maqolada mintaqa sanoatida raqamli xizmatlar bozorini tijoratlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Aqlli elektron” platformasini joriy etish mexanizmlari tadqiq qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida ushbu platforma hududdagi korxonalarni zamonaviy IT yechimlar asosida bozorga integratsiya qilish, raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda platformani tashkil etishda ilg‘or xorijiy tajriba, milliy qonunchilik bazasi, asosiy biznes jarayonlarini optimallashtirish, asoslangan xavflarni aniqlash hamda samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada “Aqlli elektron” platformasi yordamida hududiy ishlab chiqarish tizimlarini raqamli iqtisodiyot sharoitiga moslashtirish, qo‘shilgan qiymatlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

10/31/2025
  • PDF
170-176 31 26
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT KORXONALARINI “YASHIL IQTISODIYOT” TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASIGA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI RAQAMLI INTEGRATSIYALASH MEXANIZMI
Rimma Yunusova

Maqola O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimiga raqamli texnologiyalarni yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida integratsiyalash mexanizmlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ishda sanoat sektorining raqamli transformatsiyasining hozirgi holati tahlil qilinib, raqamli va yashil texnologiyalarni bir vaqtning o‘zida joriy etishning sinergetik ta’sirlari aniqlangan. Tadqiqot 2019-2024-yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlarning kompleks tahlili, ekspert baholari va xalqaro tajribalarga asoslangan. Raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy xavfsizlikning asosiy tarkibiy qismlari belgilandi: kiberxavfsizlik, texnologik suverenitet, operatsion barqarorlik va ekologik mas’uliyat.

09/29/2025
  • PDF (Russian)
337-346 54 56
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH (AO «OLMALIQ TOG‘-METALLURGIYA KOMBINATI» MISOLIDA)
Kamila Zagidullina

Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati ularning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ misolida aqlli texnologiyalarni joriy etish evolyutsiyasi va ularning ishlab chiqarish jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kombinat ishlab chiqarish operatsiyalarini optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan raqamli еchimlarni faol integratsiya qilmoqda. Ushbu innovatsiyalarning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi, shuningdek, raqamlashtirish kontekstida kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

05/30/2025
  • PDF (Russian)
254-262 73 39
MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI O‘RGATISH: GLOBAL TAJRIBALARNI O‘ZBEKISTON MAKTABLARIGA MOSLASHTIRISH
Dildora Muradova

Ushbu maqola global moliyaviy savodxonlik amaliyotlarini O‘zbekiston maktab tizimiga integratsiya qilishni o‘rganadi, yoshlarda iqtisodiy kompetentlikni oshirish zaruratini ta’kidlaydi. Maqolada OECD tamoyillari va PISA kabi tadqiqotlardan olingan fikrlarga asoslanib, AQSh, Chexiya va Latviya kabi mamlakatlarda o‘quv dasturlarini integratsiya qilish va interaktiv usullar orqali o‘quvchilar natijalarini yaxshilashdagi muvaffaqiyatli strategiyalar yoritiladi. Asosiy yondashuvlar moliyaviy ta’limni fanlararo mavzu sifatida kiritish va amaliy o‘qitish uchun raqamli vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot ushbu strategiyalarni O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga moslashtirishdagi muammolarni aniqlab, o‘quvchilarni ongli qaror qabul qilish va moliyaviy mustaqillikka tayyorlash uchun takliflar beradi.

11/29/2024
  • PDF
191-197 71 34
INNOVATSION IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA MINTAQALAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ISTIQBOLDAGI SENARIYLARI
Alibek Rajabov

Mazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kelajakdagi senariylarini ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish qismida zamonaviy tendensiyalar (raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, yashil texnologiyalar va iqlim oʻzgarishi) belgilangan boʻlib, adabiyotlar sharhi soʻnggi 5 yildagi nufuzli jurnallardagi bir qancha ilmy tadqiqot ishlariga asoslangan, RIS (mintaqaviy innovatsion tizimlar) evolyutsiyasi, empirik modellar va siyosiy tavsiyalarni qamrab oladi. Metodologiya sistematik adabiyotlar tahliliga (SLR) va senariy rejalashtirishga asoslangan. Natijalar uchta senariyni koʻrsatadi: optimistik (raqamli integratsiya orqali 2–5% oʻsish), pessimistik (tengsizlik va stagnatsiya) va aralash (transformatsion moslashish). Xulosada RISni mustahkamlash va yashil innovatsiyalarga sarmoya kiritish taklif etilgan.

09/29/2025
  • PDF
200-205 48 25
RAQAMLASHTIRISH QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ASOSI SIFATIDA
Sarsengaliy Bayjanov

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish O‘zbekistonda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan agrar sioyasatning asosini tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan maqolada qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish orqali soha samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilingan

05/31/2024
  • PDF
40-52 188 118
TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNING MOHIYATI, MAZMUNI VA SHAKLLARI
Ma’ruf Gafurov

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy pedagogik jarayonda tutgan o‘rni va ta’lim sifatiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Innovatsion faoliyat o‘qituvchining pedagogik jarayonga yangi g‘oya, ilg‘or texnologiya va metodlarni joriy etishi orqali ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks jarayon sifatida yoritiladi. Tadqiqot davomida ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar, modulli ta’lim, loyihaviy yondashuv, STEAM-integratsiya kabi innovatsion shakllarning afzalliklari, amaliy samarasi va o‘quvchilar rivojlanishiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion faoliyatning tashkil etilishiga ta’sir qiluvchi tashkiliy-metodik omillar, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi, ta’lim muassasasining texnik bazasi va boshqaruv mexanizmlarining roli tahlil qilinadi. Maqola natijalari innovatsion yondashuvlarni samarali joriy etish ta’lim jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarni kreativ fikrlashga undash va zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

12/29/2025
  • PDF (English)
84-90 10 6
MINTAQALAR IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI BAHOLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Temur Egamov

Ushbu maqola mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni baholashdagi zamonaviy yondashuvlarni ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish bo‘limida global iqtisodiyotdagi mintaqaviy tafovutlarning muhimligi, raqamlashtirish, barqarorlik va chidamlilik tendensiyalari ta’kidlangan. Adabiyotlar sharhida so‘nggi yillar ichidagi nufuzli xalqaro jurnallardagi 15 tadan ortiq maqolaga asoslanib, fazoviy modellashtirish, raqamli tahlil, chidamlilik va institutsional omillar guruhlari muhokama qilingan. Metodologiya mixed-methods dizayniga asoslangan bo‘lib, adabiyotlar sintezi va sistematik tahlilni o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari fazoviy avtokorrelatsiya, ekologik sezgirlik va institutsional indikatorlar orqali tafovutlarning dinamikasini ochib beradi, rivojlanayotgan mamlakatlarda  divergensiya jarayonlarini ko‘rsatadi. Xulosada yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari baholanib, joyga asoslangan siyosatlar, yashil investitsiyalar va raqamli integratsiya tavsiya etilgan. Natijalar mintaqaviy tafovutlarni kamaytirishda ilmiy va amaliy qiymatga ega.

08/29/2025
  • PDF
34-41 58 41
MARKAZIY OSIYO TALABALAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISH: YEVROPA ITTIFOQI TAJRIBASI VA IQTISODIY INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI
Nilufar Axrorova

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi talabalar mobiliteti va turizm oqimlarining rivojlanishi Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida kompleks tahlil qilindi. Tadqiqotda talabalar oqimining iqtisodiy ta’siri empirik tahlil asosida baholanib, “talaba-turist” sinergiyasining uzoq muddatli iqtisodiy samaradorligi aniqlab berildi. Mazkur natijalarga asoslanib, Markaziy Osiyo davlatlari uchun “Ipak yo‘li talabalar harakatchanligi dasturi (IYTHD)” nomli yangi integratsion model taklifi ilgari surildi. Model raqamli platforma, integratsion tarmoq va moliyaviy mexanizmlarni birlashtirib, talabalar mobiliteti uchun yagona hududiy ekotizimni shakllantirishga qaratilgan. Mazkur maqola Markaziy Osiyo davlatlarida talabalar turizmining iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish hamda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni bayon qiladi.

08/29/2025
  • PDF
12-24 67 0
REYTING TIZIMLAR TAHLILI VA OʻZIGA XOS JIHATLARI HAMDA SOHA ISTIQBOLIDA QOʻLLASH IMKONIYATLARI
Sherzod Azizov , Abdisamad Mamarajabov

Maqolada Respublikamizda turli yoʻnalishlarda joriy etilgan reyting tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, reyting tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari aniqlanib, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyati bojxona reytingini aniqlashda xususiyatlarni aks ettirish keltirilgan. Reyting tizimini joriy etishda inobatga olinishi lozim boʻlgan tamoyillarga ham toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, muhim tamoyillar sanab oʻtilgan. Bundan tashqari, reyting ballarini hisoblashda raqamli texnologiyalarni qoʻllash va boshqa tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish muhimligiga eʼtibor qaratilgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

04/30/2025
  • PDF
40-48 57 27
XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Dildora Muradova, Fazliddin Sindarov

Maqola moliyaviy savodxonlikning zamonaviy jamiyatda ahamiyatini va O‘zbekistonda uni rivojlantirish zarurligini tahlil qiladi. Moliyaviy bilimlarning shaxsiy va iqtisodiy farovonlikka ta’siri, xorijiy tajribalar, ayniqsa Daniya, Shvetsiya, Kanada va Yaponiya mamlakatlari misolida o‘rganiladi. Maktab ta’limiga moliyaviy savodxonlikni integratsiya qilish va innovatsion usullarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11/29/2024
  • PDF
713-722 79 48
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NEFT-GAZ SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO IQTISODIY JIHATLARI
Rimma Yunusova

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida neft va gaz qazib chiqarish sanoatining faoliyatini raqamlashtirish asoslari, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, raqamlashtirishning neft va gazni qazib chiqarish va qayta ishlashdagi ahamiyati, xavfsizlik muammolari, raqamlashtirishni joriy etgan xorijiy va mahalliy qazib chiqaruvchilar faoliyatining qiyosiy tahlili amalga oshirildi. Mavzu yuzasidan tegishli tartibda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.

11/29/2024
  • PDF (Russian)
506-514 53 25
MINTAQA TASHQI IQTISODIY ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Feruza Xayitova

Ushbu maqola mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning
zamonaviy tendensiyalari davlatlar va mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan strategiyalar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi hamda ushbu zamonaviy tendensiyalarning globalizatsiya va integratsiya, raqamli iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsiya va texnologik taraqqiyot kabi asosiy yo'nalishlari borasida so’z boradi. Ushbu tendensiyalar mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy omillar bo'lib, ular iqtisodiy o'sishni ta'minlash, savdo va investitsiya oqimlarini oshirish hamda barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Yurtimizda bu tendensiyalar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va xalqaro savdoda raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi

06/30/2024
  • PDF
263-269 132 46
IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YO’NALISHLARI
Alisher Ernazarov

Maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida biznes jarayonlarini avtomatlashtirishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Avtomatlashtirish korxonalarga operatsion samaradorlikni oshirish, xatolarni kamaytirish, vaqt va resurslarni tejash imkonini beruvchi ajralmas vosita sifatida taqdim etilgan. Avtomatlashtirishning afzalliklari, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va qiyinchiliklarga e'tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, avtomatlashtirishni kompaniyaning biznes jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun kompleks harakatlar rejasi taklif etiladi.

10/31/2023
  • PDF
22-25 1190 170
1 - 16 from 16

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer