Мазкур мақолада тўловга қобилиятсизлик(банкротлик) тушунчаси ва унинг мазмуни, турли илмий нашрларда тушунчага берилган таърифлар, тўловга қобилиятсизликни таҳлил этиш методикаси, мавзунинг долзарблиги келтирилган. Ўзбекистон Республикасининг “Банкротлик тўғрисида”ги Қонуни бекор қилиниб, Ўзбекистон Республикасининг “Тўловга қобилиятсизлик тўғрисида”ги қонуни қабул қилинганлиги, унинг аҳамияти талқин қилинган. Ушбу Қонун 2020 йилга мўлжалланган Давлат дастурининг 155-бандига мувофиқ ишлаб чиқилган. Мақолада тўловга қобилиятсизлик(банкротлик)ни башоратлашнинг хориж моделлари ва уларда қўлланиладиган кўрсаткичлар талқин қилинган. Тадқиқотлар натижасида тўловга қобилиятсизлик(банкротлик)ни олдини олиш бўйича муаллиф ёндошуви шакллантирилган ҳамда тавсиялар ишлаб чиқилган.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid qonunlar, qarorlar va prezident farmonlari haqida soʻz yuritilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tadbirkorlikka oid qonunchilik va huquqiy bazani rivojlantirish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznesga xizmat koʻrsatadigan bozor infratuzilmasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Ushbu tadqiqot O'zbekistonga xorijiydan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimiga Inson taraqqiyoti indeksi, ayollar, biznes va qonun indekslari, shuningdek, biznesni osonlashtirish indeksi va import darajasi bilan bog'liqlikni o'rganishni o’z ichiga qamrab oladi. OLS regresiyasi, korrelyatsiya tahlili, kointegratsiya testlari va boshqa iqtisodiy-analitik usullardan foydalanib, 2005-2019 yillar davridagi vaqt seriyasi ma'lumotlar asosida ushbu tahlil, ko'rsatkichlarning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimiga ta'sirini aniqlaydi. Tahlil natijalari inson taraqqiyoti indeksi, ayollar indeksi, biznes va qonun indeksi va import darajasi o'zgarishlari O'zbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimiga ijobiy bog'liqlikni ko'rsatdi. Bu inson rivojlanishi, jinsning tengligi, biznes muhitining qulaylashishi va import siyosatining yaxshilanishida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyatini ko'rsatdi.
Мазкур мақолада миллий иқтисодиёт шароитида самарали солиқ маъмуриятчилигининг аҳамияти таҳлил қилинган. Солиқ маъмуриятчилигининг назарий асослари, унинг вазифалари ва асосий функциялари ҳақида батафсил маълумот берилган. Солиқ тизимининг эволюцияси, замонавий тенденциялар, жумладан, рақамлаштириш ва глобаллашув жараёнлари доирасида солиқ маъмуриятчилигини такомиллаштириш йўналишлари ўрганилган. Шунингдек, мақолада халқаро тажрибалар асосида миллий солиқ тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган. Солиқ органлари ва солиқ тўловчилар ўртасида ишончни мустаҳкамлаш ва қонунчиликка риоя этишни ошириш учун инновацион ёндашувлар ҳамда стратегик чора-тадбирлар муҳокама қилинган
Ushbu maqolada mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari hamda uning bosqichlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizda baholash sohasi rivojlana boshladi va shu bilan birga uning huquqiy asoslari ham yangilanishlar kiritlib, takomillashtirildi. Xususan baholash faoliyatiga oid qonunlar ikki guruhga umumiy va xususiy qonunlarga bo’lib o’rganiladi. Baholash faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjati “Baholash to’g’risidagi” qonuni, bu faoliyatni rivojlantirish bo’yicha “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 1 iyundagi PQ-3764 qarori hamda yanada takomillashtirish bo’yicha 2019 yil 1 iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4381 qarorlariga ham qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va ularda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni qo‘llash qoidalari ko‘rib chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi ochib beriladi.
Ushbu maqolada, monopoliyaning kelib chiqishi, unga berilgan turli ta’riflar, monopoliyalarni tartibga solish va unda davlatning rolini oshirish, monopoliyaga qarshi boshqaruvning mazmun-mohiyati, nazariy asoslari, zarurati hamda mamlakatimizda raqobat muhitini rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning asosiy maqsadlari – korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor foydalanish va xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021-yil 22-aprelda OʻRQ-684-sonli qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ularning elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot 2022-2024-yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.
Мақолада Ички назорат ва аудитни ташкил этишни қонуний тартибга солишнинг халқаро тажрибаси назарий хиҳатдан ёритилган бўлиб, унда дунё бўйлаб ички назорат ва аудитни ташкил этишнинг меъёрий-ҳуқуқий таъминотини ривожлантириш босқичлари, Сарбейнес-оксли қонунининг ички назоратни ташкил этиш бўйича қоидалари, жумладан: корпоратив жавобгарлик, аудиторларнинг мустақиллиги ва манфаатлар тўқнашуви, молиявий ҳисоботларнинг шаффофлиги, ташкилотлар ва давлат даражасида тартибга солувчи органларни яратиш каби масалалар тадқиқ қилинган. Мақолада шунингдек, Буюк Британияда ички назорат тизимини ўрнатиш ва сақлаш учун жавобгарлик янада кенгроқ кўриб чиқилиши ва директорлар кенгаши фаолиятига қўйиладиган талаблар ёритилган. Бундан ташқари, Европа Иттифоқи мамлакатларида ички назорат ва аудитни тартибга солиш соҳасидаги асосий ҳужжатлар тадқиқ қилинган. Хорижий мамлакатлардан фарқли ўлароқ, миллий қонунчилигимизда ички назорат ва аудитни ташкил этиш учун мавжуд норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар танқиқдий таҳлил қилинган
Ушбу мақолада, қарз қуллиги, банкротлик қонунининг илк бор қабул қилиниши, давлатларнинг дефолт ҳолатига келиб қолиши, тўловга қобилиятсизлик уни келиб чиқиши, тўловга қобилиятсизликни амалга ошириш элементлари, солиқ қарзини ундиришда даъво қилиш муддатини ўзгартириш зарурлиги, сунъий қарз ва ундирилиши умидсиз бўлган солиқ қарзини ҳисобдан чиқариш ҳамда хориж тажрибасини ўрганиб уни механизмини такомиллаштириш масалалари.
Maqola zamonaviy huquq va iqtisodiyotning eng dolzarb va jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan raqamli aktivlar va kriptovalyutalar bozorini huquqiy tartibga solishni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ish turli mamlakatlarda raqamli aktivlarni tartibga solishning asosiy yondashuvlarini o'rganadi, mavjud huquqiy normalarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qiladi va ularni takomillashtirish bo'yicha takliflar beradi. Tahlillar asosida raqamli aktivlar va kriptovalyutalar bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlash, potentsial risklarni minimallashtirish mumkin bo‘lgan samarali huquqiy bazani shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi