• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
OʻZBEKISTONDA KOʻCHMAS MULKNI OMMAVIY BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISHNING STRATEGIK VA USLUBIY JIHATLARI
Ulugʻbek Toʻlakov

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etishning nazariy, uslubiy va institutsional jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyot sharoitida anʼanaviy kadastr baholash usullarining cheklanganligini asoslab beradi hamda xalqaro tajribaga mos, shaffof va avtomatlashtirilgan ommaviy baholash tizimini joriy etish zaruratini ochib beradi. Ishda individual va ommaviy baholash yondashuvlarining qiyosiy tavsifi berilib, ularning soliq bazasini shakllantirishdagi o‘rni va funksional farqlari yoritilgan. Ommaviy baholash jarayonida GIS-texnologiyalar, matematik-statistik modellar, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) va multiplikativ baholash modellaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy baza, institutsional tuzilma hamda baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘chmas mulk solig‘ini adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda hisoblash, byudjet daromadlarini barqarorlashtirish hamda ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.

01/30/2026
  • PDF
223-228 85 45
HUDUDLARDA RAG‘BATLANTIRUVCHI SOLIQ IMTIYOZLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Baxriddin Abdurahmonov

Maqolada hududlarda rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholashning mavjud metodikalari tahlil qilinib, ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholash budjet daromadlaridagi yo‘qotishlar bilan davlat va soliq to‘lovchilar uchun yuzaga keladigan iqtisodiy foydalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga, shuningdek imtiyozni uzaytirish, tuzatish yoki bekor qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilganligi asoslab berilgan. Soliq imtiyozlari samaradorligini baholash byudjet, iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshirilishi hamda baholash jarayoni bosqichma-bosqich olib borilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integral koeffitsiyentga asoslangan va asosiy samaradorlik mezonlarini qamrab oluvchi baholash metodikasi taklif etilib, u mahalliy darajada soliq imtiyozlarining budjet, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini kompleks baholash hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.

01/30/2026
  • PDF
9-20 77 100
O‘ZBEKISTON MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING TURISTIK POTENSIALINI KOMPLEKS BAHOLASH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Elena Golisheva

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mamlakatning xalqaro imijini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini hisobga olgan holda, moddiy madaniy meros obyektlaridan turizm sohasida samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq hozirgi kunda bunday obyektlar, xususan, arxeologik yodgorliklarning turistik oborotga jalb etilganlik darajasi juda pastligicha qolmoqda. Bu tizimli muammolar, jumladan, infratuzilmaning yo‘qligi, reestrlarning buzilgan yoki eskirgan ma’lumotlari, obyektlarning past darajadagi mashhurligi va ularning turistik salohiyatini baholashning kompleks metodologiyasi yo‘qligidan dalolat beradi. Ushbu tadqiqot Farg‘ona va Andijon viloyatlari kabi yuqori madaniy salohiyatga ega, ammo turizm infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan hududlar kontekstida alohida dolzarblik kasb etadi. Moddiy madaniy meros obyektlarining turistik jozibadorligini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish mintaqaviy turistik marshrutlarni shakllantirishga ilmiy asoslangan yondashuvni, shuningdek, madaniy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilishning samarali strategiyalarini taklif qilish imkonini beradi.

07/31/2025
  • PDF (Russian)
49-61 143 153
JISMONIY SHAXSLARGA BANK XIZMATLARI SAMARADORLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH
Ilxomjon Ibroximov

Ushbu maqolada jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari samaradorligini kompleks baholashning nazariy-uslubiy asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqotda bank xizmatlari samaradorligini aniqlashda an’anaviy moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda mijozlar qoniqishi, raqamli xizmatlar sifati, operatsion tezkorlik, risklarni boshqarish darajasi hamda xizmatlarning institutsional barqarorligi kabi ko‘p omilli indikatorlar tizimi taklif etilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida chakana bank xizmatlarining samaradorligini baholash uchun integratsiyalashgan ko‘rsatkichlar modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklarda mijozga yo‘naltirilgan strategiyani takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

03/31/2026
  • PDF
105-112 44 41
TURIZM TURLARINI DIVERSIFIKATSIYALASHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARI SAMARADORLIGINI EMPIRIK BAHOLASH
Dilfuza Saidova

Mazkur ilmiy maqolada turizm turlarini diversifikatsiyalashda boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda turizm tarkibiy tuzilmasining o‘zgarish dinamikasi 2020-2024 yillar ma’lumotlari asosida o‘rganilib, diversifikatsiya darajasini baholash uchun Gerfindal–Xirshman indeksi (TDI) va Shennon entropiya indeksi (EDI) qo‘llanildi. Shuningdek, turizm daromadlari bilan infratuzilma investitsiyalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va raqamli marketing xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsiya va regressiya tahlili asosida baholandi. Empirik natijalar turizm diversifikatsiyasi darajasi bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Diversifikatsiya indeksi oshishi daromadlar o‘sishini tezlashtirishi aniqlandi. Boshqaruv intensivligi va samaradorlik koeffitsientlari resurslardan foydalanish samarasi yillar davomida oshganini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari turizm sohasida kompleks boshqaruv yondashuvi va institutsional muvofiqlashuv barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashini ilmiy asoslab berildi.

04/30/2026
  • PDF
204-214 25 27
KORXONALAR BARQAROR RIVOJLANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRATSIYALASHGAN METODOLOGIYASINING TASHKILIY MEXANIZMI
Gulchehra Allayeva

Ushbu maqola O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sanoati korxonalariga misol tariqasida barqaror rivojlanish samaradorligini baholashning integratsiyalashgan metodologiyasining tashkiliy mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-psixologik usullardan iborat boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Mualliflar korxonalarning barqarorligini ko‘p sonli ko‘rsatkichlarga asoslangan holda va korxona faoliyatining turli jihatlari hisobga olingan holda tahlil qilishga kompleks yondashuvni taklif etilgan.

12/31/2023
  • PDF (Russian)
131-139 194 98
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
Komiljon Karimov

Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlar o‘rganiladi. Xususan, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish, monitoring va hisobot berishning zamonaviy usullari orqali tahlil qilinib, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi  moliyaviy risklar bilan bog‘liq muammolarga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda ushbu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir.

01/30/2026
  • PDF
103-112 91 57
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INNOVATSION MOLIYAVIY MENEJMENTNI TASHKIL ETISH MEXANIZMI
Zilola Shamansurova

Hozirda jahon miqyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi oʻzgaruvchan muhitga tez moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uygʻunlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kompleks baholashning keng koʻrsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.

02/27/2025
  • PDF
148-155 109 55
XALQARO STANDARTLARGA KOʻRA MILLIY BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI: IFRS, CAS YOKI AAOIFI
Baxtiyor Qlichev

Mazkur maqolada milliy buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yoʻnalishlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Xususan, IFRS, CAS va AAOIFI standartlarining nazariy asoslari, qoʻllanilish xususiyatlari va ularning milliy hisob tizimiga taʼsiri qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro standartlarni joriy etishga oid ilmiy qarashlar iqtisodiy, institutsional va geoiqtisodiy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston buxgalteriya tizimining hozirgi holati xalqaro modellar bilan solishtirilib, uning gibrid xususiyatga egaligi asoslab berilgan. Maqolada xalqaro standartlarga oʻtish jarayonini bir yoʻnalishli islohot sifatida emas, balki iqtisodiy, strategik va ijtimoiy omillarni qamrab olgan kompleks transformatsiya sifatida baholash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan. Shu asosda milliy hisob tizimini takomillashtirish boʻyicha konseptual yondashuvlar, jumladan, asosiy savdo hamkorlariga moslashish, mintaqaviy integratsiya va islom moliyasi tamoyillarini hisobga olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

04/30/2026
  • PDF
179-191 119 74
DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Xoljigit Iskanov

Mazkur maqolada davlat tibbiyot tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobining nazariy jihatlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda raqamli infratuzilma sharoitida foydalanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlar, elektron tibbiy reestrlar, tibbiy axborot tizimlari, litsenziyalar, klinik protokollar, tibbiy maʼlumotlar bazalari va intellektual resurslar, tibbiyot muassasalarining xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda asosiy omilga aylanganini koʻrsatdi. Maqolada nomoddiy aktivlarni baholashning integral indikatorli modeli (IAI) ishlab chiqilib, besh indikator: axborot tizimlari qiymati, klinik litsenziyalar, maʼlumotlar bazasi qiymati, elektron xizmatlar samaradorligi va intellektual salohiyatga asoslangan baholash metodologiyasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlarni hisobga olishda faqat moddiy moliyaviy koʻrsatkichlar bilan cheklanish amaliy jihatdan yetarli emasligini, ijtimoiy foyda va xizmat samaradorligini hisobga oluvchi kompleks yondashuv talab etilishini asosladi. Maqola natijalari davlat tibbiyot tashkilotlarida moliyalashtirish samaradorligini oshirish, hisob siyosatini takomillashtirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual resurslarni strategik boshqarish uchun amaliy ahamiyatga ega.

11/28/2025
  • PDF
70-77 119 54
QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASHTIRISHDA BYUDJET, SUG‘URTA VA BANK MEXANIZMLARINI INTEGRATSIYALASH ORQALI MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH
Rustam Imomov

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini integratsiyalash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida davlat byudjeti subsidiyalari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va tijorat banklari kreditlashining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan sinergetik samarani baholashdir. Metodologik asos sifatida ilmiy-adabiy manbalar tahlili, korrelatsion va regressiya tahlili, sug‘urta hisoblash modeli, kredit xavfi tahlili hamda fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksini baholash usullaridan foydalanildi. IMF, FAO, Jahon banki, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari davlat agrar xarajatlari ulushi oshishi qishloq xo‘jaligi o‘sishining o‘zgaruvchanligini kamaytirishini, sug‘urta qamrovi kengayishi agrar kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashini, sug‘urtalangan kreditlarda defolt ehtimoli sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksining pastligi O‘zbekistonda agrar kapital ta’minotini kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi. Mualliflar byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini kompleks integratsiyalash agrar sektor moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi ekanini asoslaydi va agrar siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.

11/28/2025
  • PDF
62-69 112 60
MINTAQA AGROSANOATIDA HUDUDLARARO SUBKLASTERLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Olimjon Abdullayev

Maqolada mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqarishni tizimlashtirishning eng maqbul yechimlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar tadqiqi keltirilgan.

11/29/2024
  • PDF
21-26 101 71
RESPUBLIKA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI EKONOMETRIK TAHLIL QILISH
Abdulla Almuradov , Aziza Asrorova

Ushbu maqolada respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda ekonometrik yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida 2000–2024 yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida investitsiyalar hajmi, bandlik darajasi hamda eksport hajmining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) ta’siri chuqur tahlil qilindi. Tahlil metodologiyasi sifatida korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlash, ko‘p omilli regressiya modeli tuzish, parametrlarning statistik ahamiyatliligini baholash (t-statistika), modelning umumiy mosligini aniqlash (F-statistika), shuningdek, qoldiqlarni tekshirish uchun Durbin–Watson mezonidan foydalanildi. Ekonometrik hisob-kitoblar va modelni qurish ishlari zamonaviy statistik dasturiy muhit  R Studio dasturi yordamida amalga oshirildi. Olingan natijalar investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, ya’ni investitsiya hajmining ortishi YAIMning o‘sishiga olib kelishini tasdiqladi. Shuningdek, model natijalari asosida investitsiyalarning samaradorligini oshirish, ularni iqtisodiyot tarmoqlari kesimida optimal taqsimlash va investitsion siyosatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

04/30/2026
  • PDF
43-51 24 23
ENERGETIKA TARMOG‘IDA “YASHIL ENERGETIKA”DAN FOYDALANISHNI SWOT TAHLILI ORQALI BAHOLASH
Mash’al Saidov

Mazkur ilmiy maqolada energetika tarmog‘ida “yashil energetika”dan foydalanish imkoniyatlari SWOT tahlil usuli asosida kompleks baholangan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining iqtisodiy, ekologik va institutsional jihatlari tahlil qilinib, sohaning kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar hamda ehtimoliy tahdidlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yashil energetikaning energetika tarmog‘ini diversifikatsiya qilish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

03/31/2026
  • PDF
208-218 41 32
1 - 14 from 14

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer