• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
YASHIL IPOTEKA OBLIGATSIYALARINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Olim Astanakulov , Muxabbatxon Berdaliyeva

Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.

12/29/2025
  • PDF
35-46 32 46
TIJORAT BANKLARIDA YASHIL MOLIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION MAHSULOTLAR YARATISH
Ulugʻbek Mahmudov

Ushbu maqolada tijorat banklarida yashil moliya mahsulotlarini rivojlantirish va innovatsion mahsulotlar yaratish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar, ESG investitsiyalari va yashil obligatsiyalar banklar faoliyatida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, banklarda ekologik risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, yosh xodimlar va innovatsion g‘oyalarni jalb qilish ham muhim strategik yo‘nalishlar sifatida aniqlangan.

11/28/2025
  • PDF
136-141 44 22
ESG MA’LUMOTLARINI OSHKOR ETISHNING RIVOJLANAYOTGAN IQTISODIYOTLARDA BANK RENTABELLIGI VA BOZOR QIYMATIGA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA
Mashkhurbek Jalalov

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston misolida Markaziy Osiyoda tez sur’atlar bilan moliyaviy va barqarorlik islohotlarini amalga oshirayotgan, ammo ilmiy jihatdan hali yetarlicha o‘rganilmagan rivojlanayotgan iqtisodiyot sifatida atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) ma’lumotlarini oshkor etishning bank rentabelligi hamda bozor qiymatiga ta’sirini o‘rganadi. 2015–2024 yillar oralig‘ida faoliyat yuritgan 22 ta tijorat bankining panel ma’lumotlari asosida yillik va barqarorlik hisobotlarining tizimli kontent tahlili orqali maxsus tuzilgan ESG oshkor etish indeksi shakllantirildi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Markaziy bankining ochiq ma’lumotlaridan olindi. Bank rentabelligi ko‘rsatkichi sifatida sof foyda marjasi (Net Profit Margin), bozor qiymatini baholash uchun esa Tobin Q koeffitsienti va bozor kapitallashuvi ishlatildi. Endogenlik va kuzatilmaydigan farqlarni hisobga olish maqsadida fiksirlangan ta’sirlar (FE), tasodifiy ta’sirlar (RE) hamda tizimli umumlashtirilgan momentlar usuli (System GMM) modellari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajadagi ESG ma’lumotlarini oshkor etish bank rentabelligi bilan ijobiy bog‘liq. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, ushbu bog‘liqlik asosan “boshqaruv” (G) komponenti tomonidan shakllanadi, “atrof-muhit” (E) va “ijtimoiy” (S) omillarning esa statistik jihatdan sezilarli ta’siri aniqlanmadi. Bu holat o‘tish davridagi iqtisodiyotlarda ESG o‘lchovlarining kontekstga xos ahamiyatini ta’kidlaydi. Natijalarning ishonchliligi kechiktirilgan modellardan, mulkchilik shakliga qarab sub-namuna tahlillaridan hamda muqobil ESG ko‘rsatkichlaridan foydalangan mustahkamlovchi testlar orqali tasdiqlandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning amaldagi institutsional muhitida korporativ boshqaruv islohotlari faol olib borilayotgan va “yashil moliya” infratuzilmasi endigina shakllanayotgan bir sharoitda  kuzatuv kengashi faoliyati, risklarni boshqarish va korrupsiyaga qarshi mexanizmlar bo‘yicha oshkoralik operatsion samaradorlikni hamda manfaatdor tomonlar ishonchini oshiradi, bu esa sof foyda marjasining o‘sishiga olib keladi. Mazkur tadqiqot Markaziy Osiyoda ESG va moliya o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlarni boyitadi hamda ESG komponentlarining moliyaviy ahamiyatiga oid umumiy yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga turtki beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, islohotlarning dastlabki bosqichidagi iqtisodiyotlarda “boshqaruv” komponenti eng muhim moliyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ustun hisoblanadi. Ushbu xulosalar tartibga soluvchilar, bank menejerlari va xalqaro investorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega: ishonchli boshqaruvga oid ma’lumotlarni oshkor etishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash moliyaviy natijalarni yaxshilash va bozor legitimligini mustahkamlashning samarali strategik yo‘lidir. O‘zbekistonning “Yashil iqtisodiyot rivojlanishi bo‘yicha milliy strategiyasi”ni amalga oshirish jarayonida ushbu tadqiqot bank sektorida ESG integratsiyasini bosqichma-bosqich va institutsional xususiyatlarni inobatga olgan holda yo‘lga qo‘yish uchun empirik asos yaratadi.

12/29/2025
  • PDF (English)
128-146 28 14
БАРҚАРОР ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШДА ЯШИЛ ИҚТИСОДИЁТНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ
Дилафруз Худойбердиева

Ушбу мақолада бугунги глобаллашув жараёнларида дунё аҳолисига хавф солаётган хатарлар, ишлаб чиқариш жараёнлари тобора ривожланаётган бир пайтда яшил иқтисодиётнинг ўрни ва аҳамияти, яшил иқтисодиёт соҳасининг иқтисодиётга тадбиқ этилиши, халқаро тажрибада яшил иқтисодиётни молиялаштириш ва ундан самарали фойдаланиш мақсадида бўйича амалга оширилаётган чора-тадбирлар таҳлил қилинади.

12/29/2025
  • PDF
387-392 29 20
YASHIL SUKUK EMISSIYASI: MALAYZIYADAN MISOLLAR
Uktam Jiyanov, Maftuna Norboyeva

Yashil sukuk bu ekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan.

11/29/2024
  • PDF
160-164 87 43
XALQARO AMALIYOTDA BANK MAHSULOTLARINI JORIY ETISH TAJRIBALARI TAHLILI
Abbos Xujamuratov

Ushbu maqolada xalqaro amaliyotda bank mahsulotlarini joriy etish tajribalari tahlil qilinadi. AQSH, Kanada, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va Xitoy bank tizimlari misolida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va “yashil moliya”ning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston bank tizimi uchun ilg‘or tajribalarni moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

10/31/2025
  • PDF
232-238 39 33
OʻZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI JORIY ETISH ZARURATI: TAHLIL VA ISTIQBOLLAR
Gulmira Axmadjonova

Ushbu maqolada mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyotni” joriy etish natijalari, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy, sogʻliqni saqlash, aholi farovonligi koʻrsatkichlarining tahlili, mavzuga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlarning sharhi, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari oʻrganilgan

08/30/2024
  • PDF
9-17 148 103
IQTISODIY TIZIMDA LOGISTIK KORPORATIV TUZILMALAR MOLIYASINI NAZARIY ASOSLARINING METODOLOGIK YONDASHUVI
Samariddin Maxmudov

Ushbu maqolada iqtisodiy tizimda logistik korporativ tuzilmalarda moliyaviy jarayonlarninig nazariy asoslarini oʻrganishga metodologik yondashuvni oʻrganilgan. Logistik jarayonlar tashqi savdo balansida strategik korporativ tuzilmalarga tobora koʻproq integratsiyalashganligi sababli, moliyaviy mexanizmlar ushbu industriyaninig barqarorligini, investitsion faoliyatini va operatsion samaradorlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda moliyaviy nazariyani — kapital tuzilishi, risklarni boshqarish va qiymatni maksimallashtirishda logistika industriyasining muhim elementlarining ahamiyati baholangan. Korporativ moliya, taʼminot zanjiri nazariyasi va mikroiqtisodiy darajadagi dinamika haqida tushuncha berilgan.

07/31/2025
  • PDF
93-100 60 52
O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORINI ESG TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Shirin Tursunхodjayeva

Mazkur maqolada O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati va uning rivojlanishida yuzaga kelayotgan asosiy institutsional muammolar tahlil qilindi. Xususan, investor ishonchining pastligi, kapital qiymatining nisbatan yuqoriligi, korporativ boshqaruv sifati va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarining yetishmasligi kabi omillar ilmiy jihatdan ko‘rib chiqildi. Ushbu muammolarni bartaraf etishda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini moliya tizimiga integratsiya qilishning iqtisodiy asoslari va mexanizmlari yoritiladi. Xalqaro empirik tadqiqotlar natijalari asosida ESG omillarining risklarni kamaytirish, axborot shaffofligini oshirish hamda kapitalga kirish imkoniyatlarini yaxshilashga ta’siri umumlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ESG tamoyillarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari va institutsional mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.

02/27/2026
  • PDF
213-220 7 5
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer