Ushbu maqolada universitetlarda chet tilini o'qitishda sun'iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish muammosi muhokama qilinadi. Ta'limda AIdan foydalanish bo'yicha ilmiy-metodik adabiyotlarga sharh berilgan. Biz chet tillarini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt xizmatlarini, shuningdek, o‘qituvchi yordamchisi sifatida xizmat qiluvchi sun’iy intellekt vositalarini ko‘rib chiqganmiz. Chatbotlarning lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ta'lim jarayonini tashkil etishda sun'iy intellektga asoslangan vazifalar yo'nalishlari keltirilgan. Tadqiqotda muallif AIdan foydalanish chet tili o‘qituvchisiga darslarga tayyorgarlik ko‘rish va uy vazifalarini tekshirishni osonlashtirib, oddiy vazifalarga sarflanadigan vaqtni qisqartirishi mumkin degan xulosaga kelgan. Talabalar turli ko'nikmalarni mashq qilish uchun AI vositalariga murojaat qilishlari mumkin. Biroq, sun'iy intellektga asoslangan o'qituvchilarni to'liq almashtirish mumkin emas, chunki AI o'quv kontekstida harakat qilish, talabalar bilan empatiya qilish, ularni shaxsiy rivojlanishga undash va tanqidiy fikrlashni rag'batlantirish qobiliyatiga ega emas. Chet tillarini o‘rgatishda sun’iy intellektdan foydalanish sohasidagi ishlar yangi AI vositalarini yaratishdan tashqari, tegishli vazifalar tizimini, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalarning sun’iy intellekt bilan o‘zaro hamkorligi algoritmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi kerak. .
Ushbu maqolada, O‘zbekistonda sun’iy intellekt istiqbollari haqida batafsil sharh va tahlillar berilgan. Sun'iy intellektning firmalar, kompaniyalar, shuningdek, tibbiyot, qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirishdagi ahamiyati raqamlashtirish jarayonida zarur bo'ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi demografik o‘zgarishlar tahlil qilinib, 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, 2030-yilga borib respublika aholisining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabi 19,2 foizga, sut mahsulotlariga bo‘lgan talab 16,3 foizga oshishi aniqlandi. Bu talabni qondirish maqsadida chorvachilik komplekslarini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish uchun robotlashtirilgan CR-1 va MR-S2 masofadan boshqariladigan raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Сунъий интеллектнинг яратилиши ва иқтисодиётнинг турли соҳаларига кенг кириб келиши юқори самарадор “ақлли” технологиялар орқали сифатли тизимлар йўлга қўйилишига сабаб бўлмоқда. Аммо, уларнинг кун сайин ривожланиб янада мукаммаллашиб бориши қандай оқибатларга олиб келиши маълум эмас. Мақолада халқаро консалтинг компаниялари маълумотлари асосида сунъий интеллектнинг ривожланиши ва кенг жорий этилиши молия бозорига таъсири ва унинг ривожланиб бориши натижасида истиқболи ўрганилган.
Soʻngi yillardagi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar natijasida davlat fuqarolik xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu oʻrinda, boshqaruv kadrlarining salohiyatini oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda istalgan vaqtda va joyda oʻzlari ustida mustaqil ishlashlari uchun virtual muhitni yaratish muhim sanaladi. Shularni inobatga olgan holda, ushbu maqolada raqamli texnologiyalar, jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim jarayonlaridagi imkoniyatlari boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, bunday zamonaviy texnologiyalarni boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini baholash, ularning salohiyatidan kelib chiqib individual yondashish va kompetensiyalarini doimiy rivojlantirib borish mexanizmi ishlab chiqilgan, shuningdek, uni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan
Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi. Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Maqola bank sektori faol ravishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish sharoitida uning transformatsiyasini tahlil etishga bag‘ishlangan. Unda bank faoliyatida SI qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlari operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, intellektual risk-menedjment, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni shaxsiylashtirish va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, SI an’anaviy bank biznes-modellari qanday o‘zgarayotganiga, banklarning raqobatbardoshligini oshirishiga va moliya bozorida yangi strategik ustunliklarni shakllantirishiga alohida e’tibor qaratilgan. Raqamli transformatsiya bilan bog‘liq chaqiriqlar va xatarlar kiberxavfsizlik, SI’dan foydalanishning etik jihatlari, shuningdek, tartibga soluvchi talablarga rioya etish masalalari tahlil qilingan. Xulosa o‘rnida aytilishicha, SI texnologiyalarining bank tizimiga integratsiyasi uning barqaror rivojlanishi va global raqobatbardoshligi uchun ajralmas shartga aylanmoqda.
Ushbu maqolada turizm menejmentida ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy usullari, xususan sun’iy intellekt va big data texnologiyalarining roli yoritiladi. Katta hajmdagi ma’lumotlar orqali sayyohlar ehtiyojlarini aniqlash, xizmatlarni shaxsiylashtirish va boshqaruv qarorlarini samarali qabul qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turizm sohasida innovatsion yondashuvlar, raqobatbardoshlikni oshirish hamda samaradorlikni kuchaytirishda intellektual texnologiyalarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
Maqolada Oʻzbekistonning tijorat banklarida risklarni boshqarish tizimini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil etiladi. 2022 – 2025 yillar boʻyicha tijorat banklarining aniq statistik maʼlumotlari keltiriladi. Bank faoliyati va amaliyotida uchraydigan kredit, bozor, operatsion, likvidlilik, reputatsion va komplaens risklarga taʼrif beriladi va Oʻzbekiston bozorida shu risklarni qisqartirish boʻyicha takliflar beriladi. Bu borada sunʼiy intellekt, mashinali oʻrganish texnologiyalarini joriy etish orqali xavflarni kamaytirish usullari, xalqaro standartlar, texnologik innovatsiyalar va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish uchun inson kapitalini rivojlantirishni oʻz ichiga olgan integratsiyalashgan yechimlar taklif etiladi.
Ushbu maqolada intellektual axborot texnologiyalar – informatikaning kelajagi porloq va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ilmiy va amaliy sohalardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan. Sun’iy intellektning bazaviy asoslari bilimlarga tayanishi, tabiiy tillarda muloqotni tashkil etish, matnni tushunish, mantiqiy xulosa chiqarish, yechimlarni asoslash va tushuntirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Maqola O‘zbekiston neft va gaz sanoatiga sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini integratsiyalash imkoniyatlari va muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Neft va gaz sohasida barqaror rivojlanish uchun global o‘zgarishlar va bosim muhitida sun’iy intellekt samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni minimallashtirish uchun kuchli vositadir. O‘zbekiston iqtisodiyotining ushbu muhim tarmog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning hozirgi holati va yondashuvlari tahlili keyingi tadqiqotlar va amaliy qo‘llash uchun muhim yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada internet texnologiyalarining turizm sanoatini rivojlantirish va boshqarishga ta’siri o‘rganiladi. Ushbu mavzuni yoritish uchun Janubiy Afrikada joylashgan Zimbabve Respublikasi misol sifatida tanlangan. Zimbabve 2000-yildan buyon rivojlanish jarayonida bo‘lib, bu jarayon beqaror iqtisodiyot va siyosiy vaziyat bilan to‘qnash kelish ehtimolini yuzaga keltirgan. Boy madaniy merosiga qaramay, mamlakat xalqaro reklama ta’siridan kelib chiqqan salbiy tajribalarni boshdan kechirgan bo‘lib, bunday axborotlarning tez tarqalishida onlayn platformalar muhim omil hisoblanadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tezkor rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deb hisoblanadi, biroq ushbu holat iqtisodiy rivojlanish bosqichida bo‘lgan turistik yo‘nalish obro‘siga zarar yetkazishi mumkinligini ham ko‘rsatadi. Tadqiqot turizm faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarning asosiy sabablarini o‘rganib, raqamli transformatsiya ta’siri ostida reklama, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va biznes samaradorligiga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, maqolada turizm korxonalari internet texnologiyalaridan foydalanishda duch keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali yutuqlarga erishish va raqobatchilar ustidan ustunlikka ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Asosiy mavzular qatoriga raqamli marketing vazifalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish, onlayn sayohat agentliklari (OTA)ning paydo bo‘lishi, katta ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish hamda turizm sanoatida Internet buyumlari (IoT) integratsiyasi kiradi. Yakunida, iqtisodiy rivojlanish jarayonida bo‘lgan mamlakatlarda AKTning turizmni targ‘ib qilishdagi ijobiy roli bilan birga potensial beqarorlik keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligi ham ko‘rsatib beriladi.
Мазкур мақолада рақамли банклар фаолиятида рақамли активлар савдоси билан боғлиқ рискларни таҳлил қилиш ва уларни бошқариш механизмлари ўрганилган. Тадқиқотда рақамли активлар рискларини бошқаришда замонавий инструментлар – рақамли эгзак (Digital Twin), прогнозли таҳлил, сунъий интеллект технологиялари ва RAROC модели таҳлил қилинган.
Ushbu maqolada xalqaro amaliyotda bank mahsulotlarini joriy etish tajribalari tahlil qilinadi. AQSH, Kanada, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va Xitoy bank tizimlari misolida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va “yashil moliya”ning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston bank tizimi uchun ilg‘or tajribalarni moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Мазкур мақолада давлат харидлари соҳасида рақамли технологияларни жорий этишнинг халқаро амалиёти таҳлил қилинади. АҚШ, Европа Иттифоқи, Жанубий Корея ва Сингапур каби давлатлар тажрибаси асосида электрон харид платформалари, автоматлаштирилган баҳолаш тизимлари, блокчейн ва сунъий интеллект технологияларини жорий этишнинг самарадорлиги ўрганилади. Шунингдек, очиқ маълумотлар, ижтимоий назорат, кичик бизнесни жалб этиш ва қонунчилик базасини такомиллаштириш орқали соҳада шаффофликни оширишга оид таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилади.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida axborotlashtirish sohasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning iqtisodiy tizimga integratsiyasi, mamlakatning iqtisodiy oʻsishi, samaradorlikning oshishi va raqobatbardoshlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Axborotlashtirish, ayniqsa, davlat boshqaruvi, biznes va taʼlim sohalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy jarayonlarni yanada soddalashtirish va tezlashtirish imkonini yaratadi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, onlayn xizmatlar, hamda maʼlumotlar bazalari va sunʼiy intellekt texnologiyalarining qoʻllanilishi orqali resurslarni samarali boshqarish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirishga erishilmoqda. Shuningdek, axborotlashtirishning rivojlanishi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda ham oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining iqtisodiyotga integratsiyalashuvi, raqamli transformatsiya jarayonlari va ular bilan bogʻliq iqtisodiy natijalarni oʻrganishni taqozo etadi. U, shuningdek, Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyotga oʻtish jarayonida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar va muammolarni tahlil etadi.
Maqolada bank sektorini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tinkoff Bank, WeBank va Monzo kabi banklarning muvaffaqiyatli o‘zgarishi misollari keltirilgan, ular mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blockchain texnologiyalari va CRM tizimlaridan foydalanish samaradorligini namoyish etadi. Kapitalbank ATBni raqamlashtirish kontekstida rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, mijozlar xizmatini takomillashtirish va axborot xavfsizligini mustahkamlash o‘rganildi. Tahlil asosida milliy xususiyatlar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.