• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARIDA MIJOZGA YO‘NALTIRILGAN MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Shaxlo Ibragimova

Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilganligi ko‘rib chiqilgan. Xususan, mijozlar siyosatini ishlab chiqish hamda baholash imkonini beruvchi ierarxik yondashuv taklif etilgan. Tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uchun GAP tahlil usulini qo‘llash asosida yangilangan metodologiya keltirilgan. Marketing bo‘limi xodimlari uchun mijozlar bilan ishlash, tashkiliy va tahliliy vazifalar bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma taklif qilingan. Shuningdek, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan segmentatsiyaga asoslangan marketing siyosati hamda iste’molchilarning mikro va makro segmentlariga mos strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan.

03/31/2026
  • PDF
100-104 37 14
BANK XIZMATLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA KIBERXAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH MUAMMOLARI
Anvar Mengniyozov

Tadqiqot raqamli bank xizmatlarining jadal rivojlanishi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining kiberxavfsizligi va barqaror faoliyatini taʼminlash muammolarini oʻrganishga bagʻishlangan. Bank sektorining raqamlashtirilishi raqamli banklar va ekotizimlar kabi yangi mahsulot va servislarning paydo boʻlishiga olib kelib, milliy moliyaviy hamda kiberxavfsizlik masalalarining dolzarbligini oshirmoqda. Tadqiqotning maqsadi bank xizmatlarining raqamli transformatsiyasining asosiy yoʻnalishlarini kiberxavfsizlik kontekstida tavsiflashdan iborat. Maqolada bank xizmatlarining raqamli transformatsiyasi tushunchasiga doir yondashuvlar tizimlashtirilgan, jahon tajribasi asosida komparativ tahlil oʻtkazilgan, O‘zbekiston bank tizimidagi kiberxatarlar dinamikasi va ularning obyektlari tahlil qilingan hamda kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bank sektorini davlat tomonidan tartibga solish va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

02/27/2026
  • PDF
129-139 81 25
TIJORAT BANKLARIDA YASHIL MOLIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION MAHSULOTLAR YARATISH
Ulugʻbek Mahmudov

Ushbu maqolada tijorat banklarida yashil moliya mahsulotlarini rivojlantirish va innovatsion mahsulotlar yaratish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar, ESG investitsiyalari va yashil obligatsiyalar banklar faoliyatida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, banklarda ekologik risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, yosh xodimlar va innovatsion g‘oyalarni jalb qilish ham muhim strategik yo‘nalishlar sifatida aniqlangan.

11/28/2025
  • PDF
136-141 90 32
TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI STRATEGIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Kamola Sherbekova

Maqolada tijorat banklarining raqamli strategiyalarini rivojlantirish jarayonlari, ularning iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, mobil va onlayn platformalar, shuningdek sun’iy intellekt va big data tizimlarining bank xizmatlarini transformatsiya qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari banklar strategiyasini modernizatsiya qilish, xizmatlarni ommaviylashtirish, mijozlar ehtiyojlariga moslashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

03/31/2026
  • PDF
236-252 25 13
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
Zafarbek Abdullayev

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini joriy etishning huquqiy asoslari, metodologiyasi va dastlabki natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi reyting tizimining mazmun-mohiyatini, baholash mezonlaridagi o‘zgarishlarni va ularning soliq intizomi hamda biznes muhiti barqarorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Metodologik jihatdan deskriptiv va analitik tahlil, xalqaro tajriba bilan qiyosiy yondashuv, diagnostik baholash hamda raqamli monitoring usullari qo‘llanilgan. Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari, rasmiy statistik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar empirik baza sifatida foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqarorlik reytingi joriy etilgach, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisobotlarni kechiktirmasdan topshirish, elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanish, ish bilan bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligi sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Shuningdek, reyting mezonlarini 30 kunlik o‘rtacha ball asosida hisoblash, yangi rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi indikatorlarni joriy etish tizimning shaffofligi va selektiv fiskal boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirgani asoslab beriladi. Muallif reyting tizimini sohaviy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, shuningdek banklar, investorlar va davlat xaridlari amaliyotida faol qo‘llash bo‘yicha takliflar ilgari suradi.

11/28/2025
  • PDF
9-18 105 38
MOLIYA-KREDIT RAGʻBATLANTIRISH VOSITALARINING IQTISODIY-HUQUQIY MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
Nurali Mahmudov

Maqolada davlat, banklar va xalqaro moliya institutlari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida ragʻbatlantirish vositalarining  huquqiy va iqtisodiy xususiyatlarini oʻrganish  yuzasidan maʼlumotlar keltirilgan.

07/31/2025
  • PDF
87-92 101 72
BANKLARDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA BANK AKTIVLARI RENTABELLIGI AHAMIYATI
Gʻayrat Djalilov

Maqolada banklarda moliyaviy barqarorlikning vujudga kelishi va uning oʻziga xos xususiyatlari aniqlangan va baholangan. Ushbu kategoriyaga oid mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari oʻrganilgan va tizimlashtirilgan. Moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda kapital yetarliligi va likvidlikni ta’minlash koʻrsatkichlariga nisbatan olimlarning qarashlari oʻrganilgan. Tadqiqotlar asosida ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

07/31/2025
  • PDF
36-40 157 58
OʻZBEKISTONDA BANK MIJOZLARINING KREDITLARDAN FOYDALANISH TAHLILI
Maftuna Xayitova

Banklarning dastlabki sarmoyasi, kapitali darajasiga muhim masala sifatida eʼtibor qaratiladi chunki, 2008-yildan boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bank tizimining barqarorligini taʼminlashda ularning kapitallashuv darajasini oshirib borish eng muhim iqtisodiy masalalardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Tahlilimizda bankning kapitallashuv darajasi, uning kredit samaradorligiga taʼsiri va isteʼmolchi (mijozlarning) kreditdan samarali foydalanish koʻsatkichlari Oʻzbekiston banklari misolida tahlil qilingan va muammolarga muallif tomonidan yechim sifatida fikrlar ishlab chiqilgan. Bunda ATB “Agrobanki” va Buyuk Britaniyaning HSBC hоldings bаnkining kredit stаvkаlаri maʼlumotlaridan foydalanilgan.

06/30/2025
  • PDF
133-143 84 53
O‘ZBEKISTON DAVLAT KORXONALARINI XUSUSIYLASHTIRISH: IPO/SPO MEXANIZMLARI ORQALI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Kyun Sung Tae

Mazkur tadqiqot davlat korxonalarini (SOEs) boshlang‘ich ommaviy takliflar (IPO) va ikkilamchi ommaviy takliflar (SPO) orqali xususiylashtirish masalasini, ayniqsa, O‘zbekistonning rivojlanayotgan kapital bozori doirasida o‘rganadi. Koreya, Xitoy, Hindiston va Turkiya kabi davlatlarning tajribasiga tayanilgan holda, ushbu maqola davlat korxonalarining fond bozoriga chiqarilishi orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oshkoralikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, investorlar bazasining zaifligi, listing infratuzilmasining yetarli emasligi, hamda oshkoralik va korporativ boshqaruvdagi muammolar tahlil qilinadi. Hukumat tomonidan yirik SOE’larning IPO orqali xususiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy tashabbuslar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, institut sarmoyadorlarning kamligi, underwriterlar faoliyatining zaifligi va aholining fond bozori haqida yetarli bilimga ega emasligi kabi tizimli to‘siqlar mavjud. Tadqiqot bosqichma-bosqich IPO joriy etish, investitsion banklar salohiyatini oshirish, oshkoralik tizimini kuchaytirish va aholining aksiyalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. Ushbu xulosalar O‘zbekistonning davlatga asoslangan iqtisodiyotdan bozor mexanizmlariga asoslangan tizimga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

05/30/2025
  • PDF (English)
181-194 129 104
“YASHIL IPOTEKA” DASTURLARINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Kamola Kilicheva

Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil ipoteka” dasturlarining joriy etish istiqbollari va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba misolida yashil ipotekaning afzalliklari, imtiyozli foiz stavkalari, energiya samaradorlik sertifikatlari va banklar uchun qayta moliyalashtirish mexanizmlarining ahamiyati o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka dasturlari energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirib, uy-joy fondining modernizatsiyasiga, aholi xarajatlarining qisqarishiga va ekologik barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu dasturlarni joriy etish uchun institutsional baza, moliyaviy rag‘batlar va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.

11/28/2025
  • PDF
130-135 89 35
26 - 35 from 35 << < 1 2 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer