RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY TA’LIM PEDAGOGLARINING KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss4-pp79-86

Annotasiya

Bugungi kunda ta’limning raqamli ekotizimi shakllanib borayotgan sharoitda pedagoglarning kasbiy faoliyatini ishonchli va obyektiv baholashni ta’minlaydigan innovatsion diagnostika mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning multimodal diagnostik modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli va raqamli pedagogika yondashuvlari integratsiyasi asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari, elektron portfolio, ta’limni boshqarish tizimlari (LMS), videodarslar tahlili va raqamli faoliyat izlari asosida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kompleks monitoring qilish imkoniyatlari yoritildi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “MuhandislikWeb” axborot tizimi va “Muhandislar hisobi” moduli baholash jarayonini avtomatlashtirish, diagnostika natijalarining ishonchliligini oshirish hamda pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berildi. Tajriba-sinov natijalari taklif etilgan multimodal diagnostik modelning amaliy samaradorligini tasdiqlab, uning oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar faoliyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirishda samarali vosita bo‘lishini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar:

pedagog faoliyatining raqamli tahlili kasbiy rivojlanishni diagnostikalash ko‘p mezonli baholash ta’limni raqamlashtirish pedagogning innovatsion kompetensiyasi aqlli tahlil vositalari ta’lim ma’lumotlarini qayta ishlash elektron kasbiy faoliyat bazasi mualliflik axborot platformasi MuhandislikWeb kasbiy rivojlanish indikatorlari pedagogik monitoring ta’lim sifatini boshqarish oliy ta’lim raqamli transformatsiya

Bibliografik manbalar

Marie Huxtable, Jack Whitehead, (2025) University of Cumbria, UK. Identifying and Meeting the Professional Needs of Teachers with Living Educational Theory Research. Presented to the International Scientific Conference on ‘Identifying And Satisfying Teachers' Professional Needs – Contemporary Discourses. April 4-5.

Войтов И.В. (2011) Экономическая культура как фактор стабильности современного российского общества: социально-философский анализ. Диссертация, кандидат философских наук, Москва.

Лидак Л.В. (2024) Факторы личностно-профессион ального развития педагога в условиях цифровизации образовани, журнал "Психопедагогика в правоохранительных органах", том 29, N 1 (96), январь-март.

Пряничникова О.Н. (1999) “Повышение квалификации руководителей профессиональных образовательных учреждений в региональной системе дополнительного профессионального педагогического образования” автореферат дис. кандидата педагогических наук: 13.00.08.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Qosimov , J. (2026). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY TA’LIM PEDAGOGLARINING KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 3(4), 79-86. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss4-pp79-86