• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
IMPORT OʻRNINI BOSISH KORXONA FAOLIYATINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
Amir Haydarov

Maqolada import oʻrnini bosishning korxona faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini oshirishdagi muhim omil sifatidagi roli koʻrib chiqilgan. Tashqi taʼminotga boʻlgan qaramlikni kamaytirishga qaratilgan asosiy yondashuvlar va strategiyalar tahlil qilingan hamda ichki texnologiyalar va mahsulotlarni samarali joriy etish uchun asosiy yoʻnalishlar aniqlangan. Davlatning import oʻrnini bosish jarayonlarini ragʻbatlantirishdagi roli, ichki ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot import oʻrnini bosishning global iqtisodiy muammolar sharoitida korxonalarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashdagi ahamiyatini ochib beradi.

05/08/2025
  • PDF (Russian)
902-910 173 90
SOLIQ TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA ERISHISHDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI QO‘LLASH METODOLOGIYASINING AHAMIYATI
Hayotjon Nasrulloev

Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash metodologiyasi zamonaviy raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, ularni boshqaruv, ishlab chiqarish, moliyaviy va soliq tizimlarida samarali joriy etish metodologik asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida SI tizimlarini tatbiq etishning afzalliklari va muammolari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv yondashuvlari barqaror iqtisodiy o‘sish va samaradorlikni oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi

12/20/2025
  • PDF
625-634 69 43
UY-JOY QURILISH BOZORI NARXLARIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA MUAMMOLAR
Bahrom Odinayev

Maqola uy-joy qurilish bozori narxlariga ta’sir qiluvchi omillar va muammolarni o‘rganadi. Uy-joy sektori va uy-joy qurilishi boʻyicha turli dasturlarning  iqtisodiy  oʻsish va taraqqiyotga qoʻshayotgan hissasi hamda aholining ijtimoiy farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar bugungi kunda  amalda kuzatilyapti. Bu maqolada ham shu boradagi ishlar qurilish materiallari, qurilish buyumlari, bezatish materiallari, iqtisodiy omillar, demografik omillar va  boshqa  omillar  xulosalari va takliflari   haqida  tushuncha beriladi.

08/04/2025
  • PDF
239-245 119 60
MINTAQADA AHOLI TURMUSH DARAJASI VA IQTISODIY O‘SISH O‘RTASIDAGI CHIZIQLI BO‘LMAGAN BOG‘LIQLIKLARNI ANFIS MODELI ORQALI BAHOLASH
Qulmaxammat Astanayev

Ushbu maqolada 2010–2024 yillarda Qashqadaryo viloyatida aholi turmush darajasi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi chiziqli bo‘lmagan bog‘liqliklar ANFIS (Adaptive Neuro-Fuzzy Inference System) modeli asosida baholangan. Daromad, infratuzilma va raqamli infratuzilma ko‘rsatkichlari asosiy omil sifatida tanlab olingan. ANFIS modeli R² = 0.977 aniqlik bilan iqtisodiy o‘sishning murakkab tabiatini ifodalagan. Grafik tahlillar daromad va raqamli infratuzilma o‘rtasida sinergik bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Natijalar hududiy siyosatni optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega

06/03/2026
  • PDF
323-327 7 3
MINTAQALAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI JADALLASHTIRISHDA INNOVATSION SIYOSATNING ROLI
Alibek Rajabov

Mazkur maqola mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishda innovatsion siyosatning rolini ilmiy asoslangan holda oʻrganadi. Globalizatsiya va raqamli transformatsiya sharoitida, mintaqaviy innovatsiya tizimlari (RIS) va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan moslashgan uchinchi avlod siyosati iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda asosiy omil ekanligi taʼkidlanadi. Tadqiqot sistematik adabiyot tahlili (SLR) metodologiyasiga asoslanib, Scopus, Web of Science va ResearchGate bazalaridagi soʻnggi yillarda chop etilgan bir qancha tadqiqot ishlarini tahlil qiladi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, innovatsion siyosat Yevropa Ittifoqi (S3 strategiyalari) va Xitoy (MLP dasturlari) misollarida GRDP ni 5-15% ga oshirib, bandlik va raqobatbardoshlikni yaxshilaydi, ammo kam rivojlangan mintaqalarda institutsional cheklovlar va polarizatsiya xavfi mavjud. Xulosada, siyosatning samaradorligi R&D investitsiyalari va universitet-sanoat hamkorligiga bogʻliq ekanligi isbotlanadi. Takliflar orasida subsidiyalarni oshirish va moslashuvchan shartlarni joriy etish mavjud boʻlib, kelgusidagi tadqiqotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga eʼtibor qaratishi kerak. 

08/29/2025
  • PDF
463-468 124 60
O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIK DARAJASI VA FISKAL SIYOSATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI TAHLILI
Gulshan Imamova

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi, davlat xarajatlari va jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida statistik ma’lumotlar asosida trend tahlil amalga oshirildi hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy yo‘naltirilgan fiskal siyosat kambag‘allik darajasini kamaytirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, fiskal siyosatning samaradorligi davlat xarajatlarining tarkibi va yo‘naltirilishiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan samarali iqtisodiy siyosat choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

04/30/2026
  • PDF
423-429 36 23
BUXGALTERIYA AXBOROTINING MIQDOR VA SIFAT JIHATLARI BILAN BOG‘LIQ MASALALAR
Shaxnoza Raxmatova

Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, moliyalashtirish manbalarini jalb etish hamda boshqaruv qarorlarini samarali qabul qilishda buxgalteriya axborotining miqdor va sifat jihatlari muhim omil ekanligi yoritilgan. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini manfaatdor foydalanuvchilar, xususan tijorat banklari, investorlar va kreditorlar nuqtai nazaridan shaffof, aniq, ishonchli va iqtisodiy mazmuniga mos holda taqdim etish bilan bog‘liq mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, moliyaviy tahlil jarayonida ayrim balans moddalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib qayta tasniflanishi orqali buxgalteriya axborotining miqdoriy va sifat tavsiflari uyg‘unligini ta’minlash, natijada korxonaning to‘lovga qobiliyatliligi hamda moliyaviy barqarorligini haqqoniy baholashga xizmat qiluvchi yondashuvlar asoslab berilgan

05/11/2026
  • PDF
29-34 32 23
TURAR JOY INFRASTRUKTURASINI INSOLYATSIYANI VA URBANIZATSIYANI INOBATGA OLIB OPTIMALLASHTIRISH MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING FAKTORI SIFATIDA
Axtam Daliev

Maqolada insolyatsiyaning urbanizatsiya sharoitida yashash infratuzilmasini shakllantirish va optimallashtirishdagi tizimlashtiruvchi omil sifatidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Insolyatsiyaning hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, energiya sarfi, sanitariya-gigiyena ko‘rsatkichlari va ijtimoiy-demografik yashash sharoitlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Matematik modellashtirish usullariga tayangan holda turar-joy qurilishida insolyatsiya ko‘rsatkichlarini hisoblash va optimallashtirish algoritmlari taklif etiladi. Toshkent shahridagi turar-joy qurilishi amaliyotidan olingan misollar tahlil qilinib, insolyatsiya parametrlarining hudud iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri namoyish etiladi. Insolyatsiya talablari shaharsozlik dasturlari va uy-joy siyosati loyihalariga integratsiya qilish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar shakllantirilgan.

09/26/2025
  • PDF (Russian)
170-175 114 56
DAVLAT KORXONLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV MUNOSABATLARI VA UNING ME’YORIY HUQUQIY ASOSLARI
Sayyora Kambarova

Mazkur tadqiqotda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng qamrovda tahlil etilgan. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash hamda investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ularning boshqaruv mexanizmlarini xalqaro talab va standartlarga moslashtirish, faoliyatning ochiqligi va hisobdorlik darajasini oshirish, shuningdek, barcha manfaatdor tomonlar huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida mavjud tizimli muammolar chuqur tahlil qilinib, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, korporativ boshqaruvni samarali rivojlantirish korxonalar faoliyatining natijadorligini oshirish bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi

06/03/2026
  • PDF
253-261 6 3
MEHNAT BOZORIDA KOMPETENT MUTAXASSIS KADRLAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Saloxiddin Shamsitdinov

Ushbu ilmiy maqolada mehnat bozorida kompetent mutaxassis kadrlar bandligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy sharoitda mehnat bozori talablari, oliy ta’lim tizimining natijadorligi, kasbiy va amaliy kompetensiyalar darajasi, raqamli ko‘nikmalar, ish beruvchilarning kadrlarga qo‘yadigan talablari hamda davlatning bandlik siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari, xalqaro tashkilotlar (ILO, OECD, World Bank) hisobotlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 300 nafarlik so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan. Maqolada kompetent mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishda nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tayyorgarlik, moslashuvchanlik, tashabbuskorlik va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash qobiliyati muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Korrelyatsion va regressiya tahlili yordamida bandlikka ta’sir etuvchi omillarning nisbiy og‘irligi miqdoriy jihatdan baholangan. Maqola yakunida mehnat bozorida malakali kadrlar ulushini oshirish, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim tizimi bilan amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan

04/20/2026
  • PDF
296-301 50 32
XULQ ATVOR OMILLARI QISHLOQ XO‘JALIGIDA QAROR QABUL QILISHDA MUHIM OMIL SIFATIDA
Abdusame Tadjiyev

Mazkur ilmiy tadqiqotda qishloq xo‘jaligida fermer va dehqon xo‘jaliklarining qaror qabul qilish jarayonida xulq-atvor omillarining ahamiyatini yoritadi. Tadqiqot adabiyotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, unda ijtimoiy normalar, tavakkalchilikka munosabat va vaqt afzalliklari iqtisodiy qarorlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ushbu omillarni hisobga olish qishloq xo‘jaligida samaradorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ekanligini ko‘rsatadi

04/03/2026
  • PDF
183-188 49 42
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer