• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
AKSIONERLIK JAMIYATI MOLIYAVIY BARQARORLIGI UCHUN PUL OQIMLARINI SAMARALI BOSHQARISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Shahlo Masharipova

Maqolada aksionerlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul oqimlarini samarali boshqarishning ahamiyati yoritilgan. Bugungi iqtisodiy sharoitda, ayniqsa ishlab chiqarish hajmi yirik bo‘lgan korxonalar uchun sof foyda bilan bir qatorda real naqd pul oqimlarini to‘g‘ri tashkil etish moliyaviy xavfsizlikning asosiy omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda pul oqimi ko‘rsatkichlarining dinamikasi, ularning qarzdorlik darajasi, rentabellik va to‘lovga qobiliyatlilik bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Jumladan, sof pul oqimi samaradorligi, rentabelligi va to‘lovga layoqatlilik koeffitsiyentlari orqali aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holatini real baholash imkoniyatlari ochib berilgan. Maqola natijalari asosida xulosa va takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular aksiyadorlik jamiyatlari uchun moliyaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.

06/09/2025
  • PDF
356-364 106 69
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA DIVIDENDLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Latayibxon Axmedov

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatining nazariy asoslari, foydani taqsimlash mexanizmi va dividend to‘lovlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari tahlil qilingan. Dividend siyosatining moliyaviy barqarorlik, investitsion salohiyat va kapital tuzilmasiga ta’siri asoslab berilgan. Foydani taqsimlashda ishtirok etuvchi hisobvaraqlar korrespondensiyasi va amaliyotdagi muammolar ko‘rib chiqilgan. Talab qilib olinmagan dividendlarni hisobga olish bo‘yicha alohida ishchi hisobvarag‘ini joriy etish taklif etilgan. Natijalar dividend siyosatini korxona moliyaviy holati bilan muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

02/11/2026
  • PDF
387-393 54 48
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA (XUSUSAN BANKLARDA) RAQAMLI BOSHQARUVNING IQTISODIY MOHIYATI VA NAZARIY EVOLYUTSIYASI
Farxod Shonazarov

Maqolada transformatsiyalashuv sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida, xususan bank AJlarda raqamli boshqaruvning iqtisodiy mohiyati va nazariy evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot raqamli boshqaruvni IT joriy etish bilan cheklamasdan, axborot asimmetriyasi hamda agentlik va tranzaksion xarajatlarni qisqartirish, nazorat va hisobdorlikni kuchaytirish, risklarni erta aniqlash orqali izohlaydi. Solishtirma va kontent-tahlil asosida tushunchalar taqqoslandi, evolyutsion model va omillar tizimi ishlab chiqildi. Mualliflik ta’rifi taklif etilib, banklar uchun konseptual xulosalar berildi

02/03/2026
  • PDF
162-169 89 52
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY BOSHQARUV, MABLAG‘LARNI JALB QILISH VA TAQSIMLASH MEXANIZMLARIDA NAZARIY YONDASHUVLAR
Shavkat Xusainov

Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaning moliyaviy resurslarini jalb qilish va ularni samarali taqsimlash mexanizmlarining nazariy jihatlariga qaratiladi. Jamiyat moliyaviy barqarorligini ta’minlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilishda moliyaviy mablag‘larni taqsimlashning muhim omillar ko‘rib chiqiladi. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda zamonaviy yondashuvlar va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.

01/03/2025
  • PDF
124-131 73 42
O‘ZBEKISTONDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATLARI PUL OQIMINI PROGNOZ QILISH MEXANIZMLARINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI
Zilola Shamansurova

Hozirda jahon miqiyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi o‘zgaruvchan muhitga tez moslanuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uyg‘unlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kompleks baholashning keng ko‘rsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda.

01/29/2025
  • PDF
25-33 123 54
TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Azizbеk Xodjayev

Ushbu tadqiqot tijorat banklarining investitsion faoliyatini takomillashtirish yoʻllarini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida investitsion portfelni diversifikatsiyalash, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish, xalqaro moliya bozorlariga chiqish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish va risklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish muhim yoʻnalishlar sifatida aniqlangan.

02/14/2025
  • PDF
216-221 130 63
KORXONALARNING INVESTITSION SALOHIYATINI MOLIYAVIY BARQARORLIK ORQALI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Aziz Irgashev

Ushbu maqolada korxonalarning investitsiya faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston korxonalari misolida moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, kapital tuzilmasi, likvidlik, risk boshqaruvi va moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasi bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqilgan.

04/08/2025
  • PDF
322-326 130 60
IQTISODIY TARMOQ KORXONALARIDA ALOHIDA HISOB SIYOSATINI YURITISHNING O‘ZIGA XOSLIGI VA ILMIY YONDASHUVLARI
Jasurbek Qodirov

Ushbu maqolada iqtisodiy tarmoqlarda alohida hisob siyosatini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari, uning xalqaro va milliy standartlarga moslashuvi hamda sohaga xos yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini isloh qilish, xususan IFRS standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va bank-moliya sektorlarida hisob siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, muammolar va imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Xalqaro va milliy tajribalar qiyoslanib, sohaga mos metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

08/20/2025
  • PDF
440-444 118 80
YASHIL IQTISODIYOTDA ESG TAMOYILLARINI JORIY ETISHNING DOLZARBLIGI
Dilafruz Xudoyberdieva

Global iqlim o‘zgarishlari, havo haroratining ko‘tarilishi, Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, salbiy meteorologik jarayonlarning takrorlanishi, yer hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, ko‘p miqdordagi sanoat va maishiy chiqindilarning ko‘payib borishi mintaqaviy ekologik muammolarning kundan-kunga chuqurlashib borayotganligidan dalolat bermoqda. Mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etish hamda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir.

12/31/2025
  • PDF
740-745 90 53
DAVLAT KORXONLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV MUNOSABATLARI VA UNING ME’YORIY HUQUQIY ASOSLARI
Sayyora Kambarova

Mazkur tadqiqotda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng qamrovda tahlil etilgan. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash hamda investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ularning boshqaruv mexanizmlarini xalqaro talab va standartlarga moslashtirish, faoliyatning ochiqligi va hisobdorlik darajasini oshirish, shuningdek, barcha manfaatdor tomonlar huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida mavjud tizimli muammolar chuqur tahlil qilinib, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, korporativ boshqaruvni samarali rivojlantirish korxonalar faoliyatining natijadorligini oshirish bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi

06/03/2026
  • PDF
253-261 6 3
KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TAHLILI
Ozod Mavlonov

Mazkur maqolada davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy mohiyati hamda uning ichki va tashqi omillar bilan bog‘liqligi yoritildi. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar moliyaviy va nomoliyaviy guruhlarga ajratilib, ularni tartibga solish mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, qarzlar va pul oqimlarini samarali boshqarish hamda investitsion siyosatni takomillashtirish korxonalarning to‘lovga qobiliyati va investitsion jozibadorligini oshirishini tasdiqladi. Olingan xulosalar davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega

01/30/2026
  • PDF
212-216 85 51
KREDITLASHNING INNOVATSION MODELLARINI ISHLAB CHIQISHDA XORIJIY TAJRIBANI TAHLIL QILISH
Shaxlo Abdullaeva , Abdullobek Rahimbekov

Maqolada potensial qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini baholash jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida tijorat banklarining kreditlash faoliyatini takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Xorijiy mamlakatlarda kreditlashning innovatsion modellari tahlili taqdim etilib, kredit faoliyati va kredit risklarini boshqarish masalalari, bank faoliyatini raqamlashtirishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

02/06/2026
  • PDF (Russian)
296-308 77 68
O‘TISH DAVRI IQTISODIYOTIDA DAVLAT KOMPANIYALARINING KORPORATIV BOSHQARUVI: O‘ZBEKISTON KONCHILIK SEKTORINING XUSUSIYATLARI
Ra’no Qosimova

Maqolada O‘zbekiston konchilik sektori misolida o‘tish davri iqtisodiyoti sharoitida davlat kompaniyalarining korporativ boshqaruvi transformatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot sohaning ikki yirik korxonasi  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJni qiyosiy tahlil qilishga asoslangan. Maqolada korporativ boshqaruvning formal elementlari ularni boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilishdan tezroq joriy etilayotgani ko‘rsatiladi. Natijada davlat ishtiroki hamda shaffoflik va hisobdorlikning bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtiruvchi gibrid boshqaruv modellari shakllanadi

04/28/2026
  • PDF (Russian)
355-363 50 31
XUSUSIY KAPITALNI JALB QILISH VA DXSH VOSITALARI ASOSIDA TEMIR YO‘L TRANSPORTINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Doniyorbek Samandarov

Ushbu maqolada sohani tubdan o‘zgartirish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Monopol modeldan raqobatbardosh bozorga o‘tishni tahlil qilib, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik va moliyaviy nazoratni raqamlashtirish usullariga e’tibor qaratadi. Keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish sharoitida likvidlilikni saqlab qolish uchun "unbundling" tizimini va uzoq muddatli moliyalashtirishning yangi vositalarini joriy etish zarurligi asoslangan

02/13/2026
  • PDF
403-409 67 38
QO‘SHMA KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBASI
Asror Yusupov

Maqolada xorijiy investor ishtirokidagi qo‘shma korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning tashkiliy jihatlari bo‘yicha tarkibiy tuzilishi, ustavini tashkil qilish, faoliyat yuritish sohalarini belgilash, aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil qilinishi, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarini o‘z veb saytlarida joylashtirilishi asoslab berilgan

02/28/2026
  • PDF
548-554 104 36
1 - 15 from 15

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer