• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
TIJORAT BANKLARI RESURS BAZASINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Boburbek Shayxiyev

Mazkur maqolada tijorat banklari resurs bazasining samaradorligini oshirish yo‘llari, uning bank faoliyati barqarorligini ta’minlashdagi iqtisodiy ahamiyati hamda moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini kuchaytirishdagi roli kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank resurs bazasining tarkibiy tuzilmasi, uning likvidlikni boshqarish, kreditlash salohiyatini kengaytirish va risklarni minimallashtirishdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank resurs bazasiga jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish, depozit va nodavlat moliyaviy manbalarni diversifikatsiyalash, resurslar qiymatini optimallashtirish hamda banklar o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari resurs bazasi samaradorligini oshirish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

01/20/2026
  • PDF
63-70 133 82
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH
Azamat Metyakubov , Asrorjon Alimardonov

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni boshqarish natijadorligini belgilovchi omillar tizimi tadqiq etilgan. Oliy ta’lim qamrovining kengayishi, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘zaro nisbatidagi o‘zgarishlar, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish zarurati moliyaviy boshqaruvning sifat jihatidan yangilanishini talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tizimlashtirish hamda ularni integral baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, indikatorlar usuli, analitik ierarxiyalar jarayoni (AHP), normalizatsiya va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanildi. Natijada omillar beshta o‘zaro bog‘liq blokka, institutsional-huquqiy sharoit, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy boshqaruv sifati, resurslarni taqsimlash samaradorligi hamda shaffoflik va moliyaviy risklarni boshqarish bloklariga ajratildi. Mazkur bloklar asosida OTM moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligi indeksi taklif etildi. Indeks OTMning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyatini diagnostika qilish, ustuvor xarajat yo‘nalishlarini tanlash hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari OTMning o‘rta muddatli moliyaviy rejasini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha mas’uliyat markazlarini joriy etish hamda ichki monitoring panelini yaratishda qo‘llanishi mumkin

07/09/2026
  • PDF
920-927 39 15
DAVLAT MOLIYASI VA XALQARO KREDITLARNING TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI: SAMARADORLIK TAHLILI
Gulnoza Mamatraimova

Mazkur maqolada davlat moliyasi hamda xalqaro kredit resurslarining ta’lim tizimiga ta’siri kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda moliyaviy resurslarning ta’lim sifati, infratuzilma rivoji va inson kapitalini shakllantirishdagi o‘rni empirik va nazariy jihatdan asoslab berilgan. Xususan, xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ajratilayotgan kreditlarning samaradorligi, ularning ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi hamda natijadorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasi ta’lim tizimining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, biroq resurslardan foydalanish samaradorligi boshqaruv mexanizmlarining takomillashganlik darajasiga bevosita bog‘liq. Maqolada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

05/11/2026
  • PDF
35-41 104 50
RESURSLARNI SOLIQQA TORTISHNING NAZARIY ASOSLARI
Yunusjon Nasimdjanov

Mazkur ilmiy maqolada resurslarni soliqqa tortishning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda tabiiy, moliyaviy va inson resurslarini soliqqa tortishning nazariy yondashuvlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda fiskal siyosatdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, resurs soliqlari tizimining rivojlanish bosqichlari, ularni belgilash prinsiplari va iqtisodiy nazariyalarning klassik, neoklassik hamda institutsional yondashuvlar nuqtai nazaridan ilmiy asoslari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari resurs soliqlari orqali davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi

10/16/2025
  • PDF
490-500 113 93
ТАЪЛИМ ХИЗМАТЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШДА ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЧИЛИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРИЯТИ
Салим Дусанов

Мақолада таълим тизимида давлат-хусусий шерикчилик, молиялаштириш масалалари, муаммолари ҳамда  унинг аҳамияти кўрсатиб ўтилган. Шу билан бир қаторда таълим муассасаларида давлат-хусусий шерикчилик бўйича амалга оширилаётган лойиҳалар, молиявий ресурслар самарадорлиги, давлат-хусусий шерикчиликда молиялаштиришнинг янги имтиёзлари, тижорат банк кредитларини амалиётга жорий этиш берилиши лозим бўлган имтиёзларга таҳлилий ёндашувлар келтирилган.

11/26/2025
  • PDF
162-167 129 69
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING INNOVATSION SALOHIYATINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH
Saidaxrorxon Nabiyev

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish korxonasining innovatsion salohiyatini samarali rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar, inson kapitali, moliyaviy va tashkiliy resurslarning korxonaning innovatsion salohiyatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish darajasi, innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari va ularning samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Maqolada raqamli transformatsiya, avtomatlashtirilgan tizimlar, “Big Data”, IoT va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, boshqaruv va innovatsion jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

12/20/2025
  • PDF
563-570 92 68
LOGISTIKA SOHASIDA KORPORATIV TUZILMALARNI MOLIYALASHTIRISHNI OPTIMALLASHTIRISHNING ALGORITMIK YONDASHUVINI BAHOLASH
Samariddin Maxmudov

Ushbu tadqiqotda milliy iqtisodiyotda Logistika industriyasi taʼminot zanjirlarida ortib borayotgan murakkabligi va korporativ boshqaruvninig kapital talabchanligi moliyaviy optimallashtirishning samarali vositalarini ishlab chiqish taʼkidlangan. Bugungu kun logistika sohasida faoliyat yurituvchi korporativ tuzilmalarda moliyalashtirish jarayonlarini optimallashtirish uchun moʻljallangan algoritmik yondashuvni baholash taklif etilgan. Ushbu algoritm moliyaviy oqimlarning oqilona taqsimlanishini taʼminlash uchun moliyaviy samaradorlik koʻrsatkichlari, risklarni baholash modellari va resurslarni taqsimlash mexanizmlarini birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot boʻyicha natijalar shuni koʻrsatadiki, taklif etilgan algoritm iqtisodiy samaradorlik, likvidlikni baholash va investitsion moslashuvchanlikni oʻlchashda dinamik logistika muhiti bilan bogʻliq moliyaviy risklarni kamaytiradi.

09/30/2025
  • PDF
235-241 150 69
ДАВЛАТ БУЮРТМАЧИЛАРИНИНГ ХАРИД ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ
Шерзод Ризакулов

Давлат буюртмачилари томонидан амалга ошириладиган харид фаолияти самарадорлиги бюджет маблағларидан оқилона фойдаланиш ва жамоат молияси тизими самарадорлигини оширишда муҳим омил ҳисобланади. Иқтисодиётни рақамлаштириш жараёнлари жадаллашиб бораётган ҳамда институционал муҳит мураккаблашаётган шароитда харидларнинг самарадорлигини фақат молиявий натижалар асосида эмас, балки жараёнли, кадрлар ва стратегик жиҳатларни ҳам ҳисобга олган ҳолда комплекс баҳолаш зарурати ортиб бормоқда. Мазкур мақолада давлат буюртмачилари харид фаолияти самарадорлигини баҳолашга оид назарий ва методологик ёндашувлар кўриб чиқилган. Хорижий тадқиқотлар таҳлили асосида молиявий кўрсаткичлар билан чекланиб қолган ёндашувлардан иқтисодий, жараёнли, институционал ва меҳнат параметрларини ўзида мужассам этган кўп қиррали кўрсаткичлар тизимига ўтишнинг зарурлиги асослаб берилган. Харид бўлинмалари фаолиятидаги операцион харажатлар, ходимлар меҳнат унумдорлиги, етказиб берувчилар таркиби ва уларнинг концентрация даражасини тавсифловчи кўрсаткичларга алоҳида эътибор қаратилган. Таклиф этилган кўрсаткичлар тизими харид фаолияти самарадорлигини ошириш захираларини аниқлаш, молиявий ва меҳнат ресурсларидан фойдаланишни оптималлаштириш, шунингдек харид жараёнларининг шаффофлиги ва бошқарувчанлигини кучайтириш имконини беради. Тадқиқот натижалари давлат буюртмачилари фаолиятида KPIларни шакллантириш, мониторинг механизмларини такомиллаштириш ҳамда давлат харидлари тизимини ривожлантириш стратегияларини ишлаб чиқишда қўлланилиши мумкин

02/13/2026
  • PDF (Russian)
410-419 110 60
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Maksudboy Ortiqov

Maqolada moliyaviy nazorat tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritiladi. Moliyaviy nazoratni raqamlashtirishning davlat moliyaviy boshqaruvi samaradorligiga ta’siri hamda ushbu jarayonning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillar bilan uyg‘unligi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar nazorat jarayonlarining tezkorligi va uzluksizligini ta’minlab, moliyaviy resurslar harakati ustidan samarali monitoringni amalga oshirish imkonini berishi asoslanadi. Shuningdek, moliyaviy nazoratni raqamlashtirish uni an’anaviy tekshiruvlardan preventiv va tahliliy boshqaruv mexanizmiga aylantirish imkoniyatiga ega ekani ko‘rsatib beriladi

02/11/2026
  • PDF
356-362 131 59
HUDUDIY SOLIQ SALOHIYATINI ANIQLASHNING EKONOMETRIK MODELI
Xusan Jurayev

Ushbu maqolada hududiy soliq salohiyatini aniqlashning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan. O‘zbekiston hududlari bo‘yicha 2016–2024-yillarga oid statistik ma‘lumotlar asosida ko‘p omilli regressiya modeli qurilgan bo‘lib, unda iqtisodiy (YIM, investitsiyalar), demografik (aholi soni, urbanizatsiya), moliyaviy va institutsional omillarning soliq tushumlariga ta‘siri kvantitativ tarzda baholangan. Korrelyatsion tahlil va VIF ko‘rsatkichi yordamida multikollinerlik optimallashtirilib, model ishonchliligi R²=0,87 darajasida tasdiqlangan. Uch ssenariy – bazaviy, optimistik va pessimist – asosida 2025–2027-yillar uchun hududiy soliq tushumlari prognozi taqdim etilgan. Natijalar hududiy fiskal siyosatni shakllantirish va budjetlararo resurslarni samarali taqsimlash uchun amaliy asos yaratadi

06/26/2026
  • PDF
726-736 56 27
SIRKULYAR IQTISODIYOTNING KOMBINATSIYALASHGAN PAKETLAR MEXANIZMI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Zokir Sodikov

Maqolada sirkulyar iqtisodiyotning kombinatsiyalashgan paketlar mexanizmi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy, ekologik va institutsional instrumentlarning yagona tizim sifatida uyg‘unlashuvi orqali resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqotda moliyaviy rag‘batlar, soliq mexanizmlari, kengaytirilgan ishlab chiqaruvchi mas’uliyati (EPR), yashil investitsiyalar va davlat siyosatining integratsiyalashgan ta’siri tahlil qilinadi. Natijada kombinatsiyalashgan yondashuvning ustunliklari va uni milliy iqtisodiyotda qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi

04/20/2026
  • PDF
309-316 102 46
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer