OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp920-927

Annotasiya

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni boshqarish natijadorligini belgilovchi omillar tizimi tadqiq etilgan. Oliy ta’lim qamrovining kengayishi, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘zaro nisbatidagi o‘zgarishlar, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish zarurati moliyaviy boshqaruvning sifat jihatidan yangilanishini talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tizimlashtirish hamda ularni integral baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, indikatorlar usuli, analitik ierarxiyalar jarayoni (AHP), normalizatsiya va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanildi. Natijada omillar beshta o‘zaro bog‘liq blokka, institutsional-huquqiy sharoit, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy boshqaruv sifati, resurslarni taqsimlash samaradorligi hamda shaffoflik va moliyaviy risklarni boshqarish bloklariga ajratildi. Mazkur bloklar asosida OTM moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligi indeksi taklif etildi. Indeks OTMning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyatini diagnostika qilish, ustuvor xarajat yo‘nalishlarini tanlash hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari OTMning o‘rta muddatli moliyaviy rejasini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha mas’uliyat markazlarini joriy etish hamda ichki monitoring panelini yaratishda qo‘llanishi mumkin

Kalit so‘zlar:

oliy ta’lim muassasasi moliyaviy resurslar moliyaviy mustaqillik moliyalashtirish manbalari budjetlashtirish xarajatlar samaradorligi risk-menejment integral indeks AHP shaffoflik

Bibliografik manbalar

Estermann T., Nokkala T., Steinel M. (2011) University Autonomy in Europe II: The Scorecard. Brussels: European University Association.

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’gi PF-5847-son Farmoni. 2019-yil 8-oktabr.

Farmon (2026) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PF-58-son Farmoni. 2026-yil 10-aprel.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026) ‘Talabalar soni 1,5 mln nafarga yetdi: ayollar ulushi yuqori’. 2026-yil 17-iyun.

OECD. (2010) Performance-based Funding for Public Research in Tertiary Education Institutions. Paris: OECD Publishing.

OECD. (2025) The Financial Sustainability of Higher Education. Paris: OECD Publishing.

Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida’gi 967-son qarori. 2019-yil 3-dekabr.

Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-61-son qarori. 2021-yil 24-dekabr.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida’gi 419-son qarori. 2022-yil 1-avgust.

Qonun (2020) O‘zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to‘g‘risida’gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

Salmi J. (2009) The Challenge of Establishing World-Class Universities. Washington, DC: World Bank.

World Bank. (2017) Benchmarking the Governance of Tertiary Education Systems. Washington, DC: World Bank.

World Bank. (2017) Higher Education for Development: An Evaluation of the World Bank Group’s Support. Washington, DC: World Bank.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Metyakubov , A., & Alimardonov , A. (2026). OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 3(3), 920-927. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp920-927