• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH
Azamat Metyakubov , Asrorjon Alimardonov

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni boshqarish natijadorligini belgilovchi omillar tizimi tadqiq etilgan. Oliy ta’lim qamrovining kengayishi, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘zaro nisbatidagi o‘zgarishlar, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish zarurati moliyaviy boshqaruvning sifat jihatidan yangilanishini talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tizimlashtirish hamda ularni integral baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, indikatorlar usuli, analitik ierarxiyalar jarayoni (AHP), normalizatsiya va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanildi. Natijada omillar beshta o‘zaro bog‘liq blokka, institutsional-huquqiy sharoit, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy boshqaruv sifati, resurslarni taqsimlash samaradorligi hamda shaffoflik va moliyaviy risklarni boshqarish bloklariga ajratildi. Mazkur bloklar asosida OTM moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligi indeksi taklif etildi. Indeks OTMning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyatini diagnostika qilish, ustuvor xarajat yo‘nalishlarini tanlash hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari OTMning o‘rta muddatli moliyaviy rejasini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha mas’uliyat markazlarini joriy etish hamda ichki monitoring panelini yaratishda qo‘llanishi mumkin

07/09/2026
  • PDF
920-927 39 15
TIJORAT BANKLARIDA INQIROZGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Muhammadsardor Mo‘ydinov

Maqolada tijorat banklarida inqiroz yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank inqirozi kredit portfeli sifati, likvidlik, kapital yetarliligi, depozitlar barqarorligi, foiz stavkasi va valyuta risklari bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab beriladi. O‘zbekiston bank tizimi bo‘yicha 2024-2025-yillar statistik ma’lumotlari asosida muammoli kreditlar, aktivlar, depozitlar va kapital ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Tahlil natijalari tijorat banklarida inqiroz xavfini baholashda alohida ko‘rsatkichlarga emas, balki kompleks risk-menejment yondashuviga tayanish zarurligini ko‘rsatadi

06/08/2026
  • PDF
388-394 85 31
MILLIY IQTISODIYOTDA INNOVATSION TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BIZNES-MODELLARINI MOLIYALASHTIRISH VA RISKLARNI BAHOLASH MEXANIZMLARI
Abdurashid Samiyev

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda innovatsion tadbirkorlik subyektlari, xususan startap ekotizimlarining biznes-modellarini moliyalashtirish tendensiyalari va ular bilan bogʻliq risklarni baholash mexanizmlari tadqiq etilgan. Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida startap loyihalarni an’anaviy va muqobil moliya instrumentlari (venchur kapitali, kraudfanding) orqali qoʻllab-quvvatlash tizimi tizimli tahlil qilingan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, innovatsion biznes-modellarning barqarorligi ularning moliyaviy oqimlarini toʻgʻri prognozlash va oʻziga xos risk omillarini minimallashtirish strategiyalariga bogʻliq. Xulosada milliy startap loyihalarning moliyaviy barqarorligini oshirish va ularning biznes-modellaridagi risklarni kamaytirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan

05/23/2026
  • PDF
232-236 110 42
XAVFLARNI BOSHQARISH TIZIMI (SUR) ORQALI EKSPORT JARAYONLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Muxlisa Sobirova

Mazkur maqolada tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda xavflarni boshqarish tizimining (SUR) ahamiyati IMRAD metodologiyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot xususan bojxona nazoratini optimallashtirish, eksport operatsiyalarini tezlashtirish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni masalalarini qamrab oladi. Empirik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida SUR tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan

05/20/2026
  • PDF
176-183 83 41
O‘ZBEKISTONDA IQLIM O‘ZGARISHI BILAN BOG‘LIQ MOLIYAVIY XATARLARNI MODELLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Sa’dulla Baratov , Behzod Jurayev

Maqolada O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy xatarlarni modellashtirish masalalari tadqiq etilgan. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (ADB), BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy hisobotlari asosida mamlakatning iqlim o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasi aniqlangan va bank sektorida iqlim xatarlarini boshqarishning joriy holati baholangan. Iqlim xatarlarining jismoniy va o‘tish komponentlari, ularni stresstestlash va iqlimiy VaR uslublari orqali modellashtirishning amaliy imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston moliya tizimiga iqlim xatarlarini integratsiya qilish va yashil moliyani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

04/30/2026
  • PDF
400-407 70 0
TADBIRKORLIK RISKLARINI BOSHQARISHDA KOGNITIV OMILLARNING TRANSFORMATSIYASI
Abduxamid Bektemirov

Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatida subyektiv risk transformatsiyasini belgilovchi kognitiv determinantlar tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida qaror qabul qilish jarayonidagi kognitiv og‘ishlar (biases), evristik usullar va psixologik predispozitsiyalarning subyektiv risk arxitekturasini shakllantirishdagi deterministik roli ochib berilgan

04/10/2026
  • PDF
234-239 104 47
YASHIL KREDITLAR PORTFELINI SHAKLLANTIRISHDA BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
Kamola Kilicheva

Ushbu maqolada yashil kreditlar portfelini shakllantirish jarayonida banklar duch keladigan asosiy risklar va ularni boshqarish strategiyalari tahlil qilindi. Xalqaro tajriba asosida kredit, iqlim, tranzit, texnologik, operatsion, bozor va “greenwashing” xavflarining tabiati ochib berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar an’anaviy kreditlardan farqli ravishda murakkab risk profiliga ega bo‘lib, ular uchun ekologik taksonomiya, energiya samaradorlik sertifikatsiyasi, mustaqil audit va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar zarur. O‘zbekiston sharoitida ham ushbu vositalarni joriy etish banklar kredit portfelining sifatini oshirish, ekologik xavflarni kamaytirish va iqtisodiyotning “yashil transformatsiya”sini tezlashtirishga xizmat qiladi

12/03/2025
  • PDF
312-318 123 78
KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISHDA INNOVATSION MOLIYALASHTIRISH VA RISKLARNI KAMAYTIRISH MEXANIZMLARI
Nilufar Umarova

Ushbu maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda uchraydigan risklar va ularni boshqarish usullari, shuningdek, investitsion oqimlarni samarali boshqarish mexanizmlari tahlil qilinadi. Global va mahalliy tajribalar asosida venchur kapital, startap fondlari, davlat grantlari va boshqa moliyaviy manbalar orqali innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash modellari o‘rganiladi. Tadqiqotda risk-menejmentning asosiy komponentlari tavakkal ehtimolini baholash, sug‘urta, diversifikatsiya va monitoring tizimlari yoritiladi. O‘zbekiston sharoitida mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar asosida amaliy takliflar ishlab chiqilgan

10/21/2025
  • PDF
578-582 87 87
O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI
Malika Toshtemirova

Soʻnggi yillarda global moliyaviy beqarorlik kuchaygani bank bozorlarini katta sinovlarga duchor etmoqda. Shu bois tijorat banklari o‘zlarining iqtisodiy o‘zgarishlarga chidamliligini yanada oshirishga e’tibor qaratishyapti. Mutaxassislarning prognozlariga koʻra, 2025–2026 yillarda jahon bank maydonida faoliyat darajasi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa hududida 2024 yilda inflyatsiya darajasi oldingi bashoratlardan past – 2,7 % oʻrniga taxminan 2,3 % atrofida boʻladi. Moliyaviy barqarorlik esa hozircha o‘rtacha oʻsish istiqbollariga bog‘liq boʻlib qolaveradi. Banklarni barqarorlik nuqtai nazaridan baholash uchun turli modellardan foydalaniladi, va bu tanlov ko‘pincha regulyatorlar tomonidan tasdiqlangan yondashuvlarga asoslanadi. So‘nggi tadqiqotlar global makroiqtisodiy omillar oʻzgarishiga mos ravishda mavjud baholash modellari va moliyaviy barqarorlik indikatorlarini takomillashtirish, bank omonatchilari kapitallari talabi va bank faoliyatining kelajakdagi natijalarini prognozlash usullarini takomillashtirishga e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, yangi texnologiyalar va moliyaviy instrumentlar joriy etilishi banklarning raqamli transformatsiyasini va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni jadallashtirmoqda. Ushbu maqola O‘zbekistonda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash vositalari va mexanizmlarini kompleks tarzda o‘rganishga qaratilgan. Maqolaning avvalo maqsadi – bank sektorini jahon tajribasi va milliy sharoitga muvofiq keluvchi yondashuvlar asosida tahlil qilib, barqarorlikni kuchaytirish yo‘llarini belgilashdir. Ikkinchi navbatda, ilmiy-metod usullar (tarixiy-qiyosiy tahlil, tarkibiy-logik izlanish) hamda empirik metodlar (regulyator hujjatlari va banklar hisobotlari statistikasi, ekspert-surishtiruvlar) qo‘llaniladi.

07/22/2025
  • PDF
67-74 198 0
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer