Mazkur maqolada kapital bozori ishtirokchilarining yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi rolini o‘rganishda yashil iqtisodiyotga o‘tishda kapital bozorining o‘rni, yashil moliyaviy instrumentlarning ahamiyati va turlari bo‘yicha yondashuvlari o‘rganilgan. Yashil investorlarning kapital bozoridagi roli, kapital bozori ishtirokchilarining yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi funksiyalari va yashil obligatsiyalar turlarining xalqaro yashil obligatsiyalar bozoridagi ulushi tahlil qilingan. Amalga oshirilgan tahlillar asosida tegishli xulosalar berilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil investitsiyalarning roli va ahamiyati tahlil qilingan. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishda yashil investitsiyalarni joriy qilish imkoniyatlari oʻrganilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud yashil investitsiya loyihalari oʻrganilib, ularni kengaytirish yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar berilgan.
Yashil sukuk buekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Ushbu maqolada loyihalarni moliyalashtirishda ESG tamoyillarining ahamiyati, ularning biznes va investitsiya qarorlariga ta’siri, shuningdek, barqaror moliyalashtirish mexanizmlarining afzalliklari tahlil qilinadi. ESG tamoyillarini samarali joriy etish orqali reyting agentliklarining ahamiyati hamda ular tomonidan taqdim etiladigan reytinglar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.