EKOLOGIK INNOVATSIYALARNI SOLIQ INSTRUMENTLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISH YO‘LLARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss3-pp228-235

Annotasiya

Mazkur maqola ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda soliq instrumentlarining rag‘batlantiruvchi va resurs safarbar qiluvchi salohiyatini tahlil qiladi. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishining kuchayishi sharoitida “yashil” texnologiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish katta miqdordagi barqaror moliyaviy manbalarni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda soliq mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar mazmunini umumlashtirish, hamda O‘zbekiston sharoitida ustuvor yo‘nalishlar uchun amaliy takliflarni asoslashdan iborat. Ishda adabiyotlar sharhi bilan bir qatorda 2021-2024 yillar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida deskriptiv tahlil o‘tkazilib, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi hududlar kesimida solishtirildi, shuningdek quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dinamikasi baholandi. Natijalar emissiyalar darajasi yillar bo‘yicha o‘zgaruvchanligini va ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyani ko‘rsatadi; qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishida esa 2024 yilda keskin o‘sish qayd etiladi. Ushbu kuzatuvlar ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda soliq siyosati dizaynini hududiy va tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

ekologik innovatsiyalar ekologik soliqlar uglerod solig‘i soliq rag‘batlari yashil moliyalashtirish atmosfera emissiyalari qayta tiklanuvchi energetika ESG yondashuv

Bibliografik manbalar

Duan, Y., & Rahbarimanesh, A. (2024). The Impact of Environmental Protection Tax on Green Innovation of Heavily Polluting Enterprises in China: A Mediating Role Based on ESG Performance. Sustainability, 16(17), 7509. https://doi.org/10.3390/su16177509

Gerlagh, R., & Lise, W. (2003). Induced technological change under carbon taxes (FEEM Working Paper No. 84.2003). SSRN. https://doi.org/10.2139/ssrn.464841

Joʻrayev, A. (2025). Oʻzbekiston Respublikasida uglerod soligʻini joriy etish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va yashil iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish imkoniyatlari: ekologik, iqtisodiy va institutsional yondashuv. «Yashil Iqtisodiyot Va Taraqqiyot» Jurnali, 3(9), 10–15. https://doi.org/10.5281/zenodo.17161361

Saidova, Oʻ., R. (2025). YASHIL IQTISODIYOT VA XALQARO SOLIQLAR O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK. https://doi.org/10.5281/zenodo.17411613

Sarsenbaev, B., et al. (2025). Econometrical modeling of dynamic processes of labor market development. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3331, No. 1, p. 040019). AIP Publishing LLC.

Sarsenbayev, B., Kengesbayeva, S., & Kengesov, D. (n.d.) Mintaqaviy Iqtisodiyotlarda Kapital Qo‘yilmalarning Determinantlari: Qoraqalpog ‘istonda Aholi Va Byudjet Daromadlarini Ekonometrik O ‘rganish. Green Economy and Development, 3(4), 665405.

Xusenova, D. (2026). EKOLOGIK LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI. Молодые ученые, 4(1), 62–64. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/71091

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Sarsenbaev , B., & Umirbekova , D. (2026). EKOLOGIK INNOVATSIYALARNI SOLIQ INSTRUMENTLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISH YO‘LLARI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(3), 228-235. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss3-pp228-235