Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznes faoliyati statistik ko‘rsatkichlarining axborot bazasi ahamiyati hamda uning mamlakat iqtisodiyoti ham iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, axborotlar bazasining samadorligining asosiy jihatlari tahlil etilgan hamda kichik biznesda axborotlar bazasining iqtisodiy samadorligi SWOT tahlili keltirilgan. Tadqiqot natijasidan O‘zbekistondagi kichik biznes subyektlari faoliyati samadorligini baholashda hamda kichik bizneslar faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanish mumkin.
Ushbu maqola Oʻzbekiston tijorat banklari samaradorligini aniqlashda aktivlar rentabelligi (ROA) koʻrsatkichini tahlil qilishga bagʻishlangan. Banklar samaradorligi moliyaviy tizim barqarorligi va iqtisodiy oʻsish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda 1999-2023 yillarda mamlakat tijorat banklari faoliyati statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilinib, banklarning mulkchilik shakliga qarab samaradorlik darajalari farqlari oʻrganildi. Davlat banklarining ROA koʻrsatkichi xususiy va xorijiy banklarga nisbatan past boʻlishi aniqlangan boʻlsa-da, xususiy banklar eng yuqori darajadagi samaradorlikni namoyish etgan. Bundan tashqari, bank faoliyatidagi beqarorlik va pandemiya taʼsiri samaradorlikka salbiy taʼsir koʻrsatgani qayd etilgan. Tadqiqot natijalari tijorat banklari faoliyatini yaxshilash va resurslardan samarali foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalarni ilgari suradi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida yoqilg‘i-energetika resurslari (YER) iste’moli tuzilmasi va energiya samaradorligi bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. 2024-yil statistik ma’lumotlari asosida hududlararo sezilarli nomutanosibliklar aniqlangan: energiya samaradorligi ko‘rsatkichi Andijon viloyatida 1,3%dan Toshkent viloyatida 8,0%gacha farqlanadi. Qator hududlarda (Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo viloyati) energiya samaradorligining yuqori darajasi qazib olinadigan yoqilg‘iga yuqori darajada bog‘liqlik (73%dan ortiq) bilan uyg‘unlashgani aniqlangan bo‘lib, bu ekologik barqarorlik uchun xavflar keltirib chiqaradi. Klaster tahlili asosida iste’mol profillari o‘xshash bo‘lgan hududlar guruhlari shakllantirilgan hamda har bir guruh uchun differensial siyosiy chora-tadbirlar taklif etilgan. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya balansini diversifikatsiya qilish va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish sharoitida raqamli yechimlarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация коэффициенти 42,9 фоиздан 70,7 фоизгача кўтарилиб, халқаро ташкилотлар белгилаган 50 фоизлик танқидий чегарадан ошиб кетди. Энг ривожланган ва энг кам ривожланган ҳудудлар ўртасидаги тафовут 3,0 баробардан 5,8 баробаргача кенгайди. Минтақавий қутбланиш жараёнларининг уч босқичли даври аниқланди: ривожланиш йўналишларининг мўътадил фарқланиши (2010-2016), ислоҳотлар даврида фаол қутбланишнинг бошланиши (2017-2020) ва номутаносибликларнинг кескин кучайиши (2021-2024). Ҳудудлар ижтимоий-иқтисодий ривожланиш даражаси бўйича уч гуруҳга ажратилиб, кластерлаштириш амалга оширилди: юқори ривожланган (Тошкент шаҳри ва Навоий вилояти), ўртача ривожланган (саккизта вилоят) ва паст ривожланган (тўртта ҳудуд). Таҳлиллар шуни кўрсатдики, ўрганилган давр мобайнида бирорта ҳам минтақанинг бир кластердан бошқасига ўтиш ҳолати кузатилмаган, бу эса минтақавий номутаносибликларнинг тизимли хусусиятга эга эканлигини англатади. Тадқиқот натижалари минтақавий сиёсатга бўлган ёндашувларни тубдан қайта кўриб чиқиш ва республиканинг ҳудудий ривожланиши учун кенг қамровли концепция ишлаб чиқиш зарурлигини кўрсатмоқда.
Ushbu maqolada foyda tushunchalari, uning turlari, shuningdek, uning iqtisodiy mohiyati muhokama qilinadi. Foyda har qanday biznesning asosiy maqsadi bo'lib, uni maksimal darajada oshirish asosiy maqsaddir. Daromadni o'rganish va to'g'ri shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish biznesni malakali amalga oshirishning ko'rsatkichidir. Maqolada foydaning har xil turlari, shuningdek, foyda olishning turli usullari muhokama qilinadi. Ushbu tahlil qaysi faoliyat sohalarini rivojlantirish va nimani bekor qilish kerakligini aniqlashga yordam beradi. Korxonalarning o'tgan yildagi foydalari to'g'risidagi statistik ma'lumotlar ham ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, ko'plab korxonalar zarar ko'rishi mumkin, ammo o'z faoliyatini to'xtatmaydi, chunki bu faoliyat sohasi mamlakat iqtisodiyoti uchun zarurdir.