Ushbu maqola zamonaviy sharoitlarda davlat moliyaviy nazorati mexanizmlarining samaradorligini baholash muammosini o'rganilgan. Nazorat mexanizmlari samaradorligini o'lchashning turli yondashuvlari tahlil qilingan, shuningdek, moliyaviy nazorat sohasida optimal natijalarga erishishga ta'sir qiluvchi omillar aniqlangan. Xulosa qismida, davlat moliyaviy nazorati samaradorligini doimiy monitoring qilish va tahlil qilish muhimligi asoslangan.
Ushbu maqolada davlat byudjetini barqaror ta’minlashda soliq nazorati tadbirlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. 2019-2024-yillar davrida soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida undirilgan soliqlar hajmi dinamikasi o‘rganilib, soliq nazoratining davlat moliyasini boshqarishdagi fiskal samaradorligi ochib berilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida soliq nazoratining raqamli transformatsiyasi, risk tahliliga asoslangan yondashuvlar hamda profilaktik nazorat mexanizmlarining amaliy afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, soliq tekshiruvlarini takomillashtirish, nazorat natijalarini oshkoralik va iqtisodiy tahlil orqali baholashga oid takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari soliqqa oid siyosatni takomillashtirish va byudjet barqarorligini mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda yer va suv resurslarini boshqarish tizimida mavjud institutsional cheklovlar tahlil qilinadi. Xususan, boshqaruv organlari oʻrtasidagi vakolatlar taqsimotidagi nomuvofiqliklar, resurslardan foydalanishda samaradorlikning pastligi, monitoring va nazorat mexanizmlarining yetarli darajada ishlamasligi hamda normativ-huquqiy bazadagi muammolar yoritilgan. Shuningdek, maqolada yer va suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganilib, Oʻzbekiston sharoitida institutsional tizimni takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda korrupsiya va yashirin iqtisodiyot o‘rtasidagi institutsional bog‘liqlik, ularning bozor raqobati, investitsiya muhiti, davlat boshqaruvi sifati va makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi korrupsion amaliyotlarning yashirin iqtisodiyot kengayishiga ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda korrupsiyaga qarshi institutsional siyosatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil, huquqiy-institutsional tahlil va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Empirik baza sifatida 2017–2025-yillardagi xalqaro reytinglar, 2023–2024-yillardagi korrupsiyaga oid jinoyatlar statistikasi, normativ-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. Natijalar korrupsiya nafaqat huquqbuzarlik, balki resurslar taqsimoti, budjet xarajatlari samaradorligi, soliq intizomi va yashirin iqtisodiyot hajmiga ta’sir qiluvchi tizimli institutsional omil ekanini ko‘rsatadi. Maqolada compliance control, raqamli monitoring, davlat xaridlarida shaffoflikni kuchaytirish, aktivlarni qaytarish va korrupsion risklarni oldindan baholash mexanizmlarini institutsional jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqola texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash va boshqarish muammolari tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta'lim tizimida o'qitish jarayonlarining sifatini oshirish va ta’lim sifatini boshqarish usullari muhokama qilingan. Shuningdek, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholashda statistik yondashuvlarning qo‘llanishi va bu yondashuvlarning ta'lim sifati monitoringida ahamiyati yoritib berilgan. Maqola natijalari texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari uchun ta'lim sifatini oshirishda muhim ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Maqola ekskursiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha xorijiy tajribaning qiyosiy-huquqiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, turizm xavfsizligini ta’minlash tizimida turizm politsiyasining roli aniqlangan. Ishda huquqni muhofaza qilish organlarining turizm idoralari bilan o‘zaro hamkorligining institutsional modellari, shuningdek, gidlar ishini monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy-huquqiy tahlili asosida ekskursiya faoliyatini tartibga solish va ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llashda turistik politsiya ishtirokining asosiy modellari aniqlandi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyalash vakolatiga ega bo‘lmasa-da, turizm politsiyasi noqonuniy xizmatlarni aniqlash, ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va sayyohlar huquqlarini himoya qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi, degan xulosaga kelindi. Turistik obyektlarda huquq-tartibotni ta’minlashda politsiya ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan.
Maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarining JSTga a’zo bo‘lishi loyiha boshqaruvi tizimlari rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonida institutsional islohotlarni loyiha boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirish zarurati bilan belgilanadi. Metodologik asos sifatida sifatli qiyosiy tahlil, keys-stadi va OECD, JST, XVJ hamda Jahon banki materiallari kontent-tahlili qo‘llanilgan. Natijalar Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda bojxona tartibotlarini raqamlashtirish, “yagona darcha”, elektron xaridlar va muvofiqlik nazorati kuchayganini ko‘rsatdi. Muallifning ilmiy va amaliy hissasi O‘zbekiston uchun loyiha monitoringi, e-xaridlar va JST talablarini integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganidadir.
Ushbu ilmiy maqolada uy-jоy kоmmunal xizmat kо‘rsatish sоhasida barcha tashkilоtlarning о‘zarо hamkоrligi uyg‘unlashgan tеxnоlоgik zanjirini shakllantirish asоsida uy-jоy fоndidan fоydalanish tizimini yanada takоmillashtirish, kо‘p xоnadоnli uylarning saqlanishi talablariga riоya еtilishi ustidan tеxnik nazоratning samarali tizimini yaratish, shuningdеk, xususiy uy-jоy mulkdоrlari bоshqaruv kоmpaniyalarining ish sifatini оshirish va mоliyaviy-iqtisоdiy barqarоrligini ta’minlash maqsadida: uy-jоy kоmmunal xizmat kо‘rsatish sоhasida yagоna davlat siyоsatini yuritish va tarmоqlararо muvоfiqlashtirishni amalga оshirish; issiqlik ta’minоti оb‘yеktlari qurilishi bо‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga оshirish, еski va avariya hоlatidagi uy-jоylar buzilishini tashkillashtirish; kо‘p xоnadоnli uylarning tеxnik hоlatini mоnitоring qilish, shu jumladan, kо‘p xоnadоnli uy-jоy fоndini mukammal va jоriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Мақолада Ўзбекистон Республикасида давлат харидларини бошқаришнинг амалдаги механизмининг фаолият юритиш хусусиятлари кўриб чиқилади. Давлат харидлари тизимининг меъёрий-ҳуқуқий базаси, ташкилий тузилмаси ҳамда жараён компонентлари бўйича комплекс таҳлил амалга оширилди. Жумладан, режалаштириш, тендерларни ўтказиш, шартномалар тузиш ва уларнинг ижросини мониторинг қилиш босқичлари қамраб олинди. Таҳлил натижасида давлат харидларининг самарадорлигига таъсир этувчи автоматлаштириш даражасининг пастлиги, рақобат муҳитининг чекланганлиги, харид жараёни субъектлари ўртасида мувофиқлаштиришнинг заифлиги ва эҳтиёжларни баҳолашда расмий ёндашувнинг мавжудлиги каби асосий муаммолар аниқланди. Шунингдек, рақамлаштириш, жараёнлар шаффофлигини таъминлаш ҳамда назорат ва баҳолашнинг замонавий усулларини жорий этиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Олиб борилган таҳлил асосида амалдаги механизмни такомиллаштириш йўналишлари таклиф этилди, хусусан, электрон инфратузилмани ривожлантириш, риск-менежментни институционаллаштириш ва кадрлар малакасини ошириш чора-тадбирлари белгиланди. Олинган натижалар давлат харидлари тизимини ислоҳ қилиш ва бюджет ресурсларини бошқаришнинг барқарор моделини шакллантиришда амалий аҳамиятга эга.