Maqolada Oʻzbekiston sharoitida sport tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi. Daromadlarni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish va sport tashkilotining umumiy moliyaviy barqarorligini oshirish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Mexanizm moliyaviy-iqtisodiy, marketing, tashkiliy-boshqaruv va nazorat-tahlil bloklarini oʻz ichiga oladi. Taklif etilayotgan mexanizmning samaradorligi “Lokomotiv” futbol klubi misolida koʻrsatilgan, uning asosiy daromad manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari tahlil qilingan, shuningdek, natijadorlikni baholash uchun maqsadli koʻrsatkichlar taklif etilgan.
Ushbu maqolada mahalla institutlarining bandlikni ta’minlashdagi amaliy roli, mavjud tashkiliy va institutsional mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mahalla kesimida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari orasida bandlik masalasining yetarli darajada markazlashmaganini va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning tizimlashtirilmaganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida mahalla institutlarining diagnostika, kasbga tayyorlash, o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilish va monitoring kabi funksiyalarni integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish bo‘yicha institutsional-tashkiliy mexanizm ishlab chiqildi. Taklif etilgan mexanizm mahalla boshqaruvining bandlikni ta’minlashdagi salohiyatini kuchaytirishga, uy xo‘jaligi bizneslarini rivojlantirishga hamda hududiy mehnat bozorini jonlantirishga xizmat qiladi.
Ilmiy maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish mexanizmining mazmuni va mohiyati ko ‘rsatib berilgan. Jumladan, elementlarini integrasiyasini ta’minlash tashkiliy tuzilmalarda va korxona raqobatbardoshligini ko‘tarish; samarali ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida o‘z-o‘zini boshqarish va elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash; innovasion tavakkalchilik asosida ishlab chiqarish omillarini doimiy kombinasiyasini yaratish uchun barqaror turtki berish; korxona ichki va tashqi muhitini barqarorligini oshirish, shuningdek, korxonalar liberalligi va samarali rivojlanishini ta’minlash asoslangan
Maqolada to'lov qobiliyati, "soglomlashtirish" atamasining ma'nosi muhokama qilinadi. Innovatsion iqtisodiy rivojlanish sharoitida korxonalarning to'lov qobiliyatini takomillashtirish va yaxshilash jarayonining xususiyatlari, to'lov qobiliyati va naqd pul likvidligining xarakterli xususiyatlari hamda ularning barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarning oldini olish va likvid to'lovlar aylanmasini tezlashtirish yoritilgan.
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyillari, omillari va institutsional shart-sharoitlarini belgilovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash uslubiyati tadqiq etish.
Kuchli raqobat sharoitida sanoat korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlash nafaqat yuqori iqtisodiy natijalarga erishishni, balki unga erishishda mavjud resurslardan qay tarzda foydalanish orqali ekologik muammolarni yechishni ham qamrab olishi lozim. Shu boisdan, ushbu maqolada moslanuvchan boshqaruv tizimi asosida tо‘qimachilik korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalasi о‘rganilgan.
Ushbu tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirishga, soha xodimlarining malaka darajasini, innovatsion yondashuvlarini va professional rivojlanishini tahlil qilib, ularni raqobatbardosh qilish uchun samarali strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda soha mutaxassislarining intervyulari, so‘rovnomalar va mavjud adabiyotlar tahlili orqali kadrlar salohiyatini oshirish omillari – ta’lim, trening, motivatsiya va innovatsion boshqaruv tizimlari o‘rganilgan
Ushbu maqolada sanoat korxonalari iqtisodiyotining ekologik tarkibiy qismidagi holati ifodalanilgan hamda sanoat korxonalarini atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha yondashuvlar koʻrib chiqiladi. Tadqiqot mavzusi boʻyicha eng dolzarb muammolarni aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqot davriy nashrlarining tahlili ham amalga oshiriladi. Shuningdek, iqtisodiy va ekologik samaradorlikni baholash usullarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan.
Maqolada O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari va mavjud muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy e’tibor investitsion muhitni yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularni takomillashtirish yo‘nalishlariga qaratilgan. Shuningdek, yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun samarali mexanizmlar taklif etilgan.
Maqolada xizmatlar sohasi xizmatlari tasniflagichi modeli asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqamli platformasini tashkil etish tizimi bo‘yicha tashkiliy mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan
Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.
Maqolada tashkilotlarda investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishlari, bu borada qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyalardan samarali foydalanish usullari va bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, mualliflik ta’rifi, shu bilan birga investitsiyalarni boshqarishda moliyaviy usullarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Mazkur maqolada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida amal qilayotgan GOST standartlashtirish tizimining shakllanish bosqichlari, huquqiy asoslari hamda zamonaviy iqtisodiy va sanoat jarayonlaridagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida GOST standartlarining sanoat ishlab chiqarishidagi roli, texnik xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati, milliy va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi hamda raqamlashtirish sharoitidagi rivojlanish istiqbollari yoritib beriladi. O‘rganish natijalari GOST tizimining MDH mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani mustahkamlovchi muhim normativ mexanizm ekanini ko‘rsatadi.
Maqolada tezlashayotgan texnologik rivojlanish va yettinchi texnologik tuzum shakllanishi sharoitida innovatsion jarayonning nazariy asoslari va evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Chiziqli modellaridan tizimli ko‘p darajali yondashuvlarga o‘tish sanoat rivoji va global sanoat integratsiyasi bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Institutsional va infratuzilmaviy mexanizmlar hamda mamlakatlarning global innovatsion zanjirlarga qo‘shilishini belgilovchi mega-mexanizmning roli yoritiladi. Sanoat-innovatsion bosqichdagi davlatlar uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishning ahamiyati asoslanadi.
Maqolada sanoatga innovatsiyani kiritilish va shu asosda ishlab chiqarishni yuqori texnologik jarayonga o‘tkazilganligi, o‘z navbatida, biznesni rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, xorijiy mamlakatlar tajribasidan aniq tahlillarga tayangan holda yoritilgan. Sanoatga innovatsiyani jalb etish biznes rivojlanishida qanchalik ahamiyatli ekanligi oʻrganildi. Rivojlangan mamlakatlar tajribalari tadqiq etildi. Amerika, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Fransiya mamlakatlarida sanoat va biznesni rivojlanishi uchun qanday innovatsion yoʻnalish va yondoshuvlar tadbiq etilganligi oʻrganib chiqildi. Ushbu davlatlarda asosan universitet-biznes va davlat-biznes tamoyili koʻproq qoʻllanilgan, ya’ni sanoat va biznesni yangi darajaga olib chiqish uchun universitetlarga innovatsion mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlanmalar, startap loyihalarni taklif etilishi muhim hisoblangan. Bu jarayon hozir ham oʻz mavqeyini saqlab qolgan. Shuningdek, mazkur mamlakatlarda davlat biznes subyektlarini kuchli himoya qilgan va ragʻbatlantirganligi ham sanoat va biznesni yangi darajaga chiqishining eng muhim omili sifatida keltirilgan, amalda ham aynan shunday ekanligini tahlillar koʻrsatmoqda. Biz uchun ham aynan universitet-biznes , davlat-biznes tamoyili sanoat va biznesni rivojlanishida eng muhim omil ekanligini tasdiqladik.
Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va tashkiliy mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va samaradorligini oshirishda ilg‘or boshqaruv yondashuvlari - tejamkor ishlab chiqarish, o‘z vaqtida ishlab chiqarish va olti sigma tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarining iqtisodiy jihatlari (resurslardan foydalanish, tannarx, energiya va suv sarfi) va tashkiliy jihatlari (bo‘limlararo muvofiqlashtirish, sifat nazorati, xodimlar malakasi) o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning kompleks boshqaruvi korxonaning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada tarmoqdagi modernizatsiya jarayonlari, eksport ko‘rsatkichlari va ishchi kuchi samaradorligi ham tahlil qilindi.
Ushbu maqolada chiqindilarni qayta ishlash sohasini takomillashtirishda yashil moliya instrumentlarining iqtisodiy va ekologik ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Hozirgi kunda sanoat chiqindilarining ortib borishi, ekologik muammolarning kuchayishi hamda resurslardan oqilona foydalanish zarurati chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirishni talab etmoqda. Mazkur jarayonda yashil moliya instrumentlari muhim moliyaviy mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada yashil obligatsiyalar, ekologik kreditlar, davlat subsidiyalari va grantlar kabi moliyaviy instrumentlarning mohiyati ochib berilgan hamda ularning chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi amaliy qo‘llanilishi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida chiqindilarni qayta ishlash sanoatining hozirgi holati, mavjud moliyaviy muammolari va investitsion cheklovlari o‘rganilgan. Ayniqsa, an’anaviy moliyalashtirish manbalari korxonalarning texnologik modernizatsiyasi va ekologik xavfsizlik talablarini to‘liq qondira olmasligi asoslab berilgan. Shu bois yashil moliya instrumentlari orqali uzoq muddatli va barqaror moliyalashtirish tizimini shakllantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati misolida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati va rivojlanishining moliyaviy-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. 2022-yil oxiridan 2025-yil oxirigacha bo‘lgan davrdagi dinamik choraklik ma’lumotlar asosida o‘quvchilar soni va o‘z mablag‘lari hajmining ta’lim tashkilotlarining yalpi daromadiga ta’sirining kompleks statistik va ekonometrik tahlili o‘tkazildi. Chiziqli regressiya modeli qurildi, institutsional tarkibiy o‘zgarishlar belgilandi, xususiy oliy ta’lim sektorining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan kompleks mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish zarurati asoslandi.
Ushbu maqolada chegara oldi savdo-sanoat zonalarining iqtisodiy mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va ularni tashkil etish zarurati ilmiy jihatdan yoritilgan. Chegara oldi savdo-sanoat zonalari oddiy imtiyozli hudud sifatida emas, balki ishlab chiqarish, savdo, logistika, bojxona xizmatlari va hududiy boshqaruvni o‘zaro birlashtiruvchi institutsional-iqtisodiy mexanizm sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda bunday zonalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi geoiqtisodiy joylashuv, infratuzilma ta’minoti, qo‘shni davlatlar bozori, mahalliy resurs va mehnat salohiyati hamda institutsional boshqaruv sifati tahlil qilingan.
Maqolada yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash samaradorligini baholashning yangi metodikasi — Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash samaradorligining adaptiv indeksi (YSASI) tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, amaldagi baholash amaliyoti asosan ajratilgan resurslar hajmini hisobga oladi, biroq ular evaziga erishilgan real iqtisodiy natijani o'lchamaydi. Tadqiqotning maqsadi resurslardan foydalanish samaradorligi (RI) va erishilgan natijalar (NI)ni yagona integral ko'rsatkichga birlashtiruvchi YSASI = α×RI+(1−α)×NI formulasini ishlab chiqish hamda uni PDCA (Plan–Do–Check–Act) boshqaruv sikliga integratsiyalashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, indeksli baholash va shartli modellashtirish usullaridan foydalanildi. O'nta shartli tadbirkorlik subyekti misolida o'tkazilgan modellashtirish natijalariga ko'ra, adaptiv mexanizm joriy etilishi YSASI qiymatini 0,58 dan 0,84 gacha (44,8 foizga) oshirishi mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, bandlik ko'rsatkichi 40 foizga, biznesning yashovchanligi esa 29,2 foizga oshishi kutilmoqda. YSASI qiymati bo'yicha to'rtta baholash toifasi ajratilib, har biri uchun differensial siyosat choralari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari davlat organlari, moliyaviy institutlar va Yoshlar ishlari agentligi uchun amaliy ahamiyatga ega.
.Mazkur maqolada turizm xizmatlarini samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda turizm xizmatlari bozorini boshqarishda qo‘llaniladigan institutsional, iqtisodiy, strategik, tashkiliy, raqamli, marketing, monitoring, inson resurslari hamda barqaror rivojlanish mexanizmlarining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston turizm xizmatlari bozorida mazkur mexanizmlarning qo‘llanilish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqotlarda asosan institutsional va iqtisodiy yondashuvlar ustuvor ekani aniqlangan. Shu bilan birga, raqamli boshqaruv, monitoring va barqaror rivojlanish mexanizmlarining yetarli darajada chuqur o‘rganilmaganligi ilmiy bo‘shliq sifatida asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida turizm xizmatlarini boshqarishda integratsiyalashgan yondashuvni joriy etish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.