Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xizmatlarida innovatsion jarayonlarning mohiyati, o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada oziq-ovqat sanoati xizmatlari tizimida zamonaviy innovatsion yechimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi o‘rni, ilmiy-texnik taraqqiyotning ishlab chiqarish xizmatlari rivojiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot davomida milliy oziq-ovqat sanoatida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Мақолада эркин компонентларнинг интегратив хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларига бўлган талаб ва уларни ишлаб чиқаришни прогноз қилувчи икки босқичли модель тақдим этилган. Биринчи босқичда Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан тасдиқланган ва тавсия этилган озиқ-овқат маҳсулотларини истеъмол қилиш меъёрлари ҳамда Ўзбекистон аҳолисининг ўсиш динамикасидан келиб чиққан ҳолда ушбу маҳсулотларга бўлган талабни аниқлаш имкониятини берувчи модель келтирилган. Иккинчи босқичда келтирилган модель қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ишлаб чиқаришда миқдори чекланган ресурсларни, биринчи босқичдаги моделдан олинган натижаларни, шунингдек, бошқа олди-сотди шартномаларидан келиб чиқадиган маҳсулот миқдорларини ҳисобга олган ҳолда ишлаб чиқариш ҳажмини аниқлаш имконини беради
Mazkur maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash va uni samarali boshqarishning dolzarb masalalari yoritilgan. Unda iqtisodiy islohotlar jarayonida korxonalarning innovatsion rivojlanishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, marketing strategiyalarini takomillashtirish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish zarurati tahlil qilingan. Shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va ichki bozorni barqaror oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali sanoat korxonalarining barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari raqobatbardoshlikni boshqarishning strategik yo‘nalishlarini belgilash va oziq-ovqat sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatining rivojlanish bosqichlari, oziq-ovqat mahsulotlarining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, uning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Oziq-ovqat sanoatini ekonometrik tahlil qilish orqali oziq-ovqat sanoatini rivojantirishning nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan.
Oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi global qishloq xo‘jaligi bozorlarida muhim masala bo‘lib, shahar va qishloq hududlaridagi iqtisodiy natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, aholisining katta qismi qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lgan qishloq mehnat bozorlarida oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi ko‘p qirrali ta’sirga ega. Ushbu maqola oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligining qishloq mehnat bozorlariga ta'sirini, turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlari nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Biz bandlik, ish haqi, daromadlarning taqsimlanishi va migratsiya tendensiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirlarni tahlil qilamiz. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ushbu ta’sirlar mintaqalar va mahsulot turlari bo‘yicha farqlanadi: asosiy ekinlar, naqd ekinlar va chorvachilik mahsulotlari o‘ziga xos iqtisodiy dinamikaga ega. Maqolada nazariy asoslar va empirik ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, narx o‘zgaruvchanligining salbiy ta’sirlarini yumshatishga qaratilgan siyosat strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi, bu esa qishloq mehnat bozorlarini yanada bardoshli qilishga yordam beradi.
Ushbu maqolada pishloq mаhsulotlаrini ishlаb chiqаrish vа korxonаdаgi yillik mаhsulot hаjmini o‘rtаchа ishlovchi xodimlаr, pishloq mаhsulotlаrini ishlаb chiqаrish vа qаytа ishlаsh korxonаlаridаgi аsosiy sаmаrаdorlik ko‘rsаtkichlаrining sаmаrаdorligini oshirish, fondlаr qаytimini shаkllаntirishi, infrаtuzilmаlаrni tаshkil etishi, аsosiy fondаlаrni kengаytirishi, аsosiy vostilаrni ko‘pаytirish vа mustаqil korxonа sifаtidа fаoliyаt yuritishi bayon etilgan.
Ushbu maqolada Respublikamizning yetakchi olimlari tomonidan, iste’mol tovarlari bozoriga berilgan ta’riflar bayon etildi. Shuningdek iste’mol tovarlar bozori, qisman bayon etildi va uning asosiy xususiyatlari iste’mol narxlari indeksi (INI) % da tahlil qilindi.
Мақолада ривожланган ва ривожланаётган мамлакатларда озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашда қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари диверсификациясини қўллаш бўйича ёзилган мақолаларни ўрганиш ва таҳлил қилишга асосий эътибор қаратилган. Ушбу мавзу бўйича инглиз тилида ёзилган илмий мақолалар ва маърузалар Google Scholar платформаси, Scopus ва Web of Science маълумотлар базасига киритилган журналлардан танлаб олинди ва таҳлил қилинди.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini xomashyo, aholini sifatli oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchilari tahlil qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sohada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali mamlakat sanoatini xomashyo, aholini sifatli oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish uslubiyoti tahlil qilinadi.
Ushbu maqola umumiy ovqatlanish, xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan va turizm sohasi hamda mehmonxonalardagi umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishning ekologik hususiyatini baholash jihatlarining nazariy asoslari keltirilgan.
Агросаноат мажмуаси Ўзбекистон иқтисодиётининг алоҳида аҳмаиятга эга, муҳим тармоғи бўлиб, соҳада йирик инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш маҳаллий қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши, озиқ-овқат саноати ва тегишли хизматларни ривожлантириш учун катта имкониятлар яратади. Кўпгина ривожланаётган мамлакатларда, жумладан, Ўзбекистонда агросаноат мажмуасининг йирик лойиҳалари асосан импорт қилинадиган асбоб-ускуналар, технологиялар ва хомашёга таянган. Бу модернизацияни жадаллаштириш билан бирга, хорижий этказиб берувчиларга узоқ муддатли қарамликни ҳам келтириб чиқарди. Бинобарин, бундай лойиҳаларда маҳаллий контент улушини ошириш стратегик устувор вазифа бўлиб, миллий саноатни мустаҳкамлайди, иш ўринлари яратилишини рағбатлантиради ва иқтисодиётнинг барқарорлигини таъминлайди.