• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARINING RIVOJLANISHI: ELEKTRON DEPOZITLAR VA KIBERXAVFSIZLIK OMILLARI
Gulnora Ismoilova

. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanish tendensiyalari hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 2017–2024 yillarda elektron pul shaklidagi depozitlar hajmining o‘sishiga ta’sir qilgan iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy omillar o‘rganildi. Jumladan, plastik kartalar soni, elektron to‘lovlar aylanmasi, bank depozitlari va to‘lov terminallari tarmog‘i kabi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyatsion-regression tahlil asosida baholandi. Shuningdek, elektron pullarning evolyutsiyasi, plastik kartalar va raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanish bosqichlari hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari tranzaksiya xarajatlarining kamayishi, moliyaviy shaffoflikning oshishi va moliyaviy inklyuziyaning kengayishi elektron to‘lov infratuzilmasining asosiy iqtisodiy afzalliklari ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli moliya infratuzilmasi rivojlanishi bilan bog‘liq kiberxavfsizlik masalalari, jumladan phishing, malware va DDoS kabi kiberxujumlar tahdidlari ham tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida 2025–2029 yillar uchun elektron to‘lovlar va elektron depozitlar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Tadqiqot xulosalari elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlari iqtisodiy samaradorlikni oshirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli moliya infratuzilmasining barqaror rivojlanishi uchun kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish zarurligi asoslab berilgan.

03/31/2026
  • PDF
120-127 71 35
TURIZMDA AXBOROTLASHTIRISH TIZIMIDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Samadjon Mamurov

Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar  Janubiy Koreya, Singapur, Estoniya, Ispaniya va Turkiya misolida smart-turizm, e-visa, onlayn bronlash, raqamli marketing va elektron to‘lovlar kabi raqamli yechimlarning turizm rivojiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi raqamli infratuzilmasi, elektron xizmatlar qamrovi, turistlar oqimi va turizm eksporti bo‘yicha o‘sish dinamikasi baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish turizmning samaradorligi, xizmat sifati, bandlik darajasi va iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqola yakunida turizmni yanada raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11/28/2025
  • PDF
142-151 133 54
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING G‘AZNACHILIK TIZIMI
Ravshan Sagdiyev

Ushbu maqola raqamlilashtirishning rivojlangan mamlakatlardagi g‘aznachilik tizimlariga ta’siri tahlili va moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun foydalaniladigan bulutli echimlar, blokcheyn va elektron to‘lovlar kabi asosiy texnologiyalarni tahlil qilinadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Estoniya va boshqa mamlakatlarda innovatsion yechimlarni joriy etish misollari ko‘rib chiqilgan, ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlangan. Zamonaviy raqamli platformalar orqali davlat xarajatlarining shaffofligi, xavfsizligini oshirish, optimallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

08/29/2025
  • PDF (Russian)
128-135 127 64
MOLIYAVIY NAZORAT SOHASIDA QARORLAR QABUL QILISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Muxammadali Temirov

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat innovatsiyalarni qo‘llashning asosiy sohasiga aylandi. Ushbu maqolada qarorlar qabul qilishni optimallashtirish va takomillashtirishda sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va blokcheyn kabi raqamli innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Jarayonlarni avtomatlashtirish, tahliliy imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, elektron to‘lovlar va moliyaviy texnologiyalarning moliyaviy boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Moliyaviy nazorat sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolar baholanib, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borish va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan.

12/31/2023
  • PDF
59-68 235 113
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI JORIY ETISH ASOSLARI, METODOLOGIYA VA NATIJALAR TAHLILI
Zafarbek Abdullayev

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tizimini joriy etishning huquqiy asoslari, metodologiyasi va dastlabki natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi reyting tizimining mazmun-mohiyatini, baholash mezonlaridagi o‘zgarishlarni va ularning soliq intizomi hamda biznes muhiti barqarorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Metodologik jihatdan deskriptiv va analitik tahlil, xalqaro tajriba bilan qiyosiy yondashuv, diagnostik baholash hamda raqamli monitoring usullari qo‘llanilgan. Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari, rasmiy statistik ma’lumotlar va normativ-huquqiy hujjatlar empirik baza sifatida foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barqarorlik reytingi joriy etilgach, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisobotlarni kechiktirmasdan topshirish, elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanish, ish bilan bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligi sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Shuningdek, reyting mezonlarini 30 kunlik o‘rtacha ball asosida hisoblash, yangi rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi indikatorlarni joriy etish tizimning shaffofligi va selektiv fiskal boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirgani asoslab beriladi. Muallif reyting tizimini sohaviy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, shuningdek banklar, investorlar va davlat xaridlari amaliyotida faol qo‘llash bo‘yicha takliflar ilgari suradi.

11/28/2025
  • PDF
9-18 134 63
1 - 5 from 5

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer