ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARINING RIVOJLANISHI: ELEKTRON DEPOZITLAR VA KIBERXAVFSIZLIK OMILLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss3-pp120-127Annotasiya
. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanish tendensiyalari hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 2017–2024 yillarda elektron pul shaklidagi depozitlar hajmining o‘sishiga ta’sir qilgan iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy omillar o‘rganildi. Jumladan, plastik kartalar soni, elektron to‘lovlar aylanmasi, bank depozitlari va to‘lov terminallari tarmog‘i kabi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyatsion-regression tahlil asosida baholandi. Shuningdek, elektron pullarning evolyutsiyasi, plastik kartalar va raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanish bosqichlari hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari tranzaksiya xarajatlarining kamayishi, moliyaviy shaffoflikning oshishi va moliyaviy inklyuziyaning kengayishi elektron to‘lov infratuzilmasining asosiy iqtisodiy afzalliklari ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli moliya infratuzilmasi rivojlanishi bilan bog‘liq kiberxavfsizlik masalalari, jumladan phishing, malware va DDoS kabi kiberxujumlar tahdidlari ham tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida 2025–2029 yillar uchun elektron to‘lovlar va elektron depozitlar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Tadqiqot xulosalari elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlari iqtisodiy samaradorlikni oshirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli moliya infratuzilmasining barqaror rivojlanishi uchun kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish zarurligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
elektron pul elektron depozitlar raqamli iqtisodiyot elektron to‘lov tizimlari kiberxavfsizlikBibliografik manbalar
Anderson R. (2020) Security Engineering: A Guide to Building Dependable Distributed Systems. 3rd edn. Hoboken, NJ: Wiley. Available at: https://www.wiley.com
Ismoilova G. (2023) Elektron pullar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(8), pp. 27–32.
Ismoilova G. (2024) Pulning rivojlanish bosqichlari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(12), pp. 70–79.
Kshetri N. (2021) Cybercrime and Cybersecurity in the Global Financial System. Cham: Springer. Available at: https://link.springer.com
Mamadiyarov Z., Akhmedova D. (2023) The emergence of digital banks and the significance of digitalization of banking activities. Economics and Innovative Technologies, 11(2), pp. 1–13. doi:10.55439/EIT/vol11_iss2/i1
Pardayev J. (2024) Tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlari va ularning hisobini takomillashtirish. Modern Science and Research, 3(10), pp. 399–402. Available at: https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44501
Saporboeva M. (2024) Raqamli valyutalar muomalasini tashkil etish sharoitida pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 2(10), pp. 578–589. Available at: https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/60877
University College London (n.d.) Working paper on digital finance / financial systems (PDF). Available at: https://discovery.ucl.ac.uk/id/eprint/10141305/1/2185-2210-1-SM.pdf
Yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz. (2026). View of Raqamli texnologiyalar asosida tijorat banklari faoliyatini transformatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar. [online] Available at: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/ article/view/4975/3697
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.









