Ushbu maqolada bank ekotizimi tushunchasi, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining zamonaviy modeli sifatida “bank kotizimi”ni yaratish, tijorat banklarining raqamli tarnsformatsiyalashuv jarayonlari yoritib berilgan. Bank ekotizimini tashkil qilish asosida bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, bank nufuzini oshirish, iqtisodiy munosabatlarning jadal sur’atlar bilan raqamlashuvi mijozlarga keng turdagi bank va nobank moliyaviy xizmat turlarini taklif qilishni kengaytirish orqali bank sohasining o‘ziga xos moliyaviy “supermarket”ga aylantirishda bank ekotizimining o‘rni keltirilgan. Maqolada zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi bilan tijorat banklari faoliyatida raqobatning kuchayishiga olib kelishga imkon beradigan ilmiy takliflar ilgari surilgan.
Ushbu maqolada bank sohasida mijozlar bilan aloqalarni tizimlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda CRM (Customer Relationship Management) tizimining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar sodiqligini (loyalty) mustahkamlash va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish mexanizmlari tadqiqot qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida CRM texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.
Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati ko‘rsatishni oxir-oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan
Илмий мақолада тижорат банкларида масофавий банк хизматлари самарадорлиги ва уларни билдирувчи кўрсаткичларнинг прогнози амалга оширилган. Прогноз кўрсаткичларини аниқлашда ХАБ Трастбанк ва АТБ Туронбанклар статистик маълумотларидан фойдаланилган. Прогноз 2026 йил март ойига қадар қилинган ва бунда реал кўрсаткичлардан фойдаланилган.
Ushbu maqolada Fintech texnologiyalari, avtomatlashtirish jarayonlari va inson omilining bank xizmatlari samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari misolida raqamli transformatsiya jarayonlari tahlil qilinib, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Fintech avtomatlashtirish inson kapitali bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llanilganda bank xizmatlari tezligi, aniqligi va mijozlar qoniqishi sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, tadqiqotda “inson-texnologiya muvozanat modeli” konsepsiyasi ishlab chiqilib, bank tizimida samaradorlikni ta’minlovchi yangi yondashuv sifatida taklif etildi.
Mazkur maqolada moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va ularning O‘zbekiston moliya tizimi rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. FinTech loyihalari raqamli to‘lovlar, mobil banking, mikrokreditlash va boshqa zamonaviy xizmatlar orqali moliyaviy inklyuziyani oshirish, xizmatlar tezkorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan. Mavzuga oid statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va milliy qonunchilik asosida muhokama olib borilib, FinTech loyihalarining istiqboli yoritilgan.
Maqolada raqamli transformatsiyaning uslubiy jihatlari va uning sanoat sektori, xizmat ko‘rsatish sohasi, shu jumladan bank sektoriga ta’siri ko‘rib chiqildi. Eksportni qayta yo‘naltirish orqali iqtisodiyotni o‘zgartirishning ichki yaxlit modelini yaratish, yetakchi o‘rinni egallash uchun zarur rivojlanish yo‘llari qayd etilgan. Iqtisodiyotni raqamlashtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Iqtisodiy tizim va jamiyat uchun keng ko‘lamli raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolar alohida tahlil qilingan.
Ushbu maqolada tijorat banklarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish jarayonlari, ularning operatsion samaradorlikka, kredit risklarini baholash sifatiga va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xalqaro tajribalar O‘zbekiston bank tizimi amaliyoti bilan taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqot natijalari SI texnologiyalari bank xarajatlarini kamaytirishi, firibgarlikni aniqlash samaradorligini oshirishi, xizmat ko‘rsatish tezligini yaxshilashi bilan birga, ma’lumotlar sifati, algoritmik shaffoflik va kiberxavfsizlik kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Мақолада сунъий интеллект (СИ) технологияларининг хизмат кўрсатиш соҳасини трансформация қилиш ва унинг самарадорлигини оширишдаги амалий аҳамияти глобал ва миллий даражада кўриб чиқилди. Халқаро тадқиқотлар ва статистик маълумотлар таҳлили асосида СИ жараёнларни автоматлаштириш, бизнес-моделларни оптималлаштириш ҳамда мижозлар тажрибасини персоналлаштиришга хизмат қилиши кўрсатиб берилган. Ўзбекистон тажрибасига алоҳида эътибор қаратилиб, мамлакатда СИни жорий этиш «Рақамли Ўзбекистон – 2030» давлат дастурининг асосий йўналишларидан бири сифатида баҳоланди. Ишда СИнинг банк сектори, тиббиёт, таълим ва туризм соҳаларига муваффақиятли интеграция қилинган мисоллари ёритилган, шунингдек, институционал муаммолар ва келгусидаги ривожланиш истиқболлари белгиланган.
Maqolada bank sektorini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tinkoff Bank, WeBank va Monzo kabi banklarning muvaffaqiyatli o‘zgarishi misollari keltirilgan, ular mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blockchain texnologiyalari va CRM tizimlaridan foydalanish samaradorligini namoyish etadi. Kapitalbank ATBni raqamlashtirish kontekstida rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, mijozlar xizmatini takomillashtirish va axborot xavfsizligini mustahkamlash o‘rganildi. Tahlil asosida milliy xususiyatlar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqamlashtirish jarayonlari ahamiyati, bank faoliyatida raqamlashtirishning qo‘llanilishi, ijobiy va salbiy jihatlar, xorijiy va mahalliy omillarning ilmiy-nazariy qarashlari, aholining raqamli vositalardan foydalanish ko‘rsatkichi tahlili amalga oshirilgan.