• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULDORLIGINI PROGNOZLASH: ARIMA MODELI YONDASHUVI
Qundiz Boribaeva , Farkhod Kodirov

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini prognozlashni maqsad qiladi. Tadqiqot uchun ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasidan olingan. Tadqiqot 2010-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan 15 yillik davrni qamrab oladi. Mazkur ishda ayrim tanlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha Box–Jenkins metodologiyasi, ya’ni Avtoregressiv integrallashgan sirpanma o‘rtacha (ARIMA) modeli qo‘llanildi. Metodologiya talabiga ko‘ra yetarli hajmdagi kuzatuvlar zarurligi inobatga olinib, 10 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tanlab olindi. Modelning barcha muhim bosqichlari tizimli ravishda qo‘llanilib, 2025-yildan boshlab keyingi 5 davr uchun dinamik prognoz amalga oshirildi. Turli model tanlash mezonlari, jumladan tuzatilgan determinatsiya koeffitsienti (Adj R²), eng kichik AIC qiymati hamda eng past MAPE ko‘rsatkichlari asosida modelning aniqligi tasdiqlandi. Natijalarga ko‘ra, mahsulotlar orasida eng past Akaike axborot mezoni (AIC) qiymati arpa mahsulotiga to‘g‘ri keldi, eng past o‘rtacha mutlaq foiz xatolik (MAPE) ko‘rsatkichi esa karam mahsulotida kuzatildi.

02/27/2026
  • PDF (English)
68-76 61 56
QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASHTIRISHDA BYUDJET, SUG‘URTA VA BANK MEXANIZMLARINI INTEGRATSIYALASH ORQALI MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH
Rustam Imomov

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini integratsiyalash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida davlat byudjeti subsidiyalari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va tijorat banklari kreditlashining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan sinergetik samarani baholashdir. Metodologik asos sifatida ilmiy-adabiy manbalar tahlili, korrelatsion va regressiya tahlili, sug‘urta hisoblash modeli, kredit xavfi tahlili hamda fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksini baholash usullaridan foydalanildi. IMF, FAO, Jahon banki, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari davlat agrar xarajatlari ulushi oshishi qishloq xo‘jaligi o‘sishining o‘zgaruvchanligini kamaytirishini, sug‘urta qamrovi kengayishi agrar kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashini, sug‘urtalangan kreditlarda defolt ehtimoli sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksining pastligi O‘zbekistonda agrar kapital ta’minotini kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi. Mualliflar byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini kompleks integratsiyalash agrar sektor moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi ekanini asoslaydi va agrar siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.

11/28/2025
  • PDF
62-69 115 60
ИНТЕГРАТИВ ХУСУСИЯТЛАРНИ ҲИСОБГА ОЛГАН ҲОЛДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИГА БЎЛГАН ТАЛАБ ВА ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИ ПРОГНОЗЛАШНИНГ ИККИ БОСҚИЧЛИ МОДЕЛИ
Турабай Джураев

Мақолада эркин компонентларнинг интегратив хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларига бўлган талаб ва уларни ишлаб чиқаришни прогноз қилувчи икки босқичли модель тақдим этилган. Биринчи босқичда Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан тасдиқланган ва тавсия этилган озиқ-овқат маҳсулотларини истеъмол қилиш меъёрлари ҳамда Ўзбекистон аҳолисининг ўсиш динамикасидан келиб чиққан ҳолда ушбу маҳсулотларга бўлган талабни аниқлаш имкониятини берувчи модель келтирилган. Иккинчи босқичда келтирилган модель қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ишлаб чиқаришда миқдори чекланган ресурсларни, биринчи босқичдаги моделдан олинган натижаларни, шунингдек, бошқа олди-сотди шартномаларидан келиб чиқадиган маҳсулот миқдорларини ҳисобга олган ҳолда ишлаб чиқариш ҳажмини аниқлаш имконини беради

12/29/2025
  • PDF (Russian)
339-346 72 48
VILOYATDA DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING RIVOJLANISH MEXANIZMINING STATISTIK TAHLILI
Yashnarbek Ergashov

Qashqadaryo viloyatida dehqon xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlatlar va rivojlantirish mexanizmi keng o‘rganilib, nazariy jihatlari yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi 2011-2023-yillarda statistika agentligi asosida tahlil qilingan va takliflar keltirib o‘tilgan. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini ekonometrik modellashtirish zaruriyatining asosiy jihatlari jadval orqali yoritilgan. Dehqon xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni ekonometrik modellashtirish strategiyasi nazariy jihatdan yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi rivojlantirish kontseptsiyasi bo‘yicha o‘zlarining tahlillarini sarhisob qilingan va asosiy tushunchalar keltirilgan. Ekologik dasturlarning ushbu muammolarni hal qilish uchun yangi strategiyalar va yechimlarni izlash zarur. Dehqon xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish olimlarining fikriga ko‘ra, ushbu sa’y-harakatlar natijalari berilgan.

02/29/2024
  • PDF
72-82 129 105
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH IMKONIYATLARI: SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA
Baxtinur Ilashov

Mazkur maqolada Samarqand viloyatidagi bug‘doy yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari va unga ta’sir etuvchi omillar baholangan. Tahlillar uchun 2024-yilda 300 nafar fermerlardan olingan so‘rovnoma ma’lumotlaridan foydalanilgan. Tadqiqotda ikki bosqichli metodologik yondashuv qo‘llanilgan: birinchi bosqichda Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasini qo‘llagan holda har bir fermer uchun texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblangan, ikkinchi bosqichda esa Tobit regressiya orqali samaradorlikka ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional omillar baholangan. Natijalarga ko‘ra, o‘rtacha texnik samaradorlik darajasi 0.868 ekanligi aniqlandi. Bu fermerlarda mavjud resurslar hisobiga hosildorlikni 13% ga oshirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Tobit modeli natijalariga ko‘ra, oila a’zolari soni, daraxt ekish amaliyotini qo‘llash va o‘g‘itlardan foydalanish erkinligi samaradorlikka ijobiy, klasterga a’zolik esa salbiy va statistik jihatdan muhim ta’sirga ega bo‘lgan omillar ekanligi ilmiy asoslandi. Tadqiqot natijalari texnik samaradorlikni oshirish uchun resurslardan foydalanishni liberallashtirish, ekologik amaliyotlarni rag‘batlantirish va institutsional tuzilmalarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

07/31/2025
  • PDF
80-86 147 97
QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI FUZZY REGRESSIYA ASOSIDA EKONOMETRIK BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
No‘monxon Baxodirov

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholashda fuzzy regressiya modelining nazariy va metodologik asoslari hamda qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud resurslardan foydalanishni optimallashtirishda fuzzy yondashuvning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, fuzzy regressiya modeli yordamida noaniqlik sharoitida samaradorlikka ta’sir etuvchi o‘zgaruvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashning ilmiy ahamiyati nazariy jihatdan yoritilgan.

10/31/2025
  • PDF
41-48 114 0
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILUVCHI KORXONALARDA EKSPORT OPERATSIYALARINI HISOBGA OLISH USULLARI
Дилфузахон Усманова, Икболой Нишонова

Maqola agrar sektor korxonalarida eksport operatsiyalarining buxgalteriya va moliyaviy hisobi bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hisobini yuritishda milliy me’yorlar (BHMS/PBU)ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari  IFRS, xususan, IFRS 15 “Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tushum” bilan integratsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Eksport operatsiyalarini hisobga olishning yagona uslubiy modelini, jumladan, tushumni tan olish, valyuta hisobi va kurs farqlari hisobini joriy etish hisobotlar shaffofligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarning buzib ko‘rsatilishi xavfini kamaytirish hamda agrar korxonalarning investitsion jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.

04/30/2026
  • PDF (Russian)
404-413 34 25
QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Alisher Burxanov

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligiga investitsiya kiritish zaruriyati borasida tahlillar amalga oshirilgan, shu bilan bir qatorda, mamlakat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasida sohada yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat tuzilmasida o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotchi olimlarning qishloq xo‘jaligi korxonalarining investitsiya faoliyatini tashkil etish yuzasidan qarashlari va fikrlari muhokama qilingan.Tizimli tahlil yondashuviga tayangan holda, investitsion faoliyatni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish moliyaviy, investitsion va ishlab chiqarish-tijorat faoliyatlarining o‘zaro uyg‘unligi va yaxlitligiga asoslanishini bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarining investitsion faoliyati obyektlari va rag‘batlantiruvchi omillari tizimlashtirilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ya’ni investitsiyalash iqtisodiy obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion faoliyat siklining modeli taklif etilgan.

10/31/2025
  • PDF
49-63 148 68
AGROKLASTERLAR FAOLIYATINI MODELLASHTIRISHDA PANEL MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Farrux Jo‘rayev

Agroklasterlarning samarali rivojlanishini ta’minlash va ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini baholashda econometrik modellashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada agroklasterlar faoliyatini tahlil qilish va optimallashtirishda panel ma’lumotlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Panel ma’lumotlar vaqt va hududiy omillarni hisobga olgani sababli, agroklasterlarning qisqa va uzoq muddatli dinamikasini o‘rganish imkonini beradi. Maqolada bir vaqtli tizimlashgan modellardan foydalanish, mazkur modellashtirish usuli yordamida endogenlik muammosini hal qilish hamda kointegratsiya usullarini qo‘llash kabi ekonometrik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari agroklaster tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va klasterlararo integratsiya jarayonlarini optimallashtirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

03/28/2025
  • PDF
115-123 136 51
QISHLOQ XO‘JALIGI HOSILDORLIGINI PROGNOZLASHDA KLASSIK EKONOMETRIK MODEL VA FUZZY YONDASHUV ASOSIDAGI EKONOMETRIK MODELNING SOLISHTIRMA TAHLILI
Baxodirjon Bayxonov , No’monxon Baxodirov

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi hosildorligini prognozlashda klassik ekonometrik modellashtirish va fuzzy differensial tenglamalar yondashuvi asosidagi modellashtirish amaliy va nazariy jihatdan solishtirilgan. Maqolada har ikki modelning matematik tuzilishi, o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlik, noaniqlikni hisobga olgan holda modellashtirish bayon qilingan.

05/04/2026
  • PDF
71-80 23 26
IQLIM O‘ZGARISHINING QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIGA TA’SIRINI EKONOMETRIK TADQIQ QILISH
Abdulla Almuradov , Aziza Asrorova

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ko‘rsatadigan ta’siri xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda haroratning ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi kabi omillar hosildorlikka qanday ta’sir qilayotgani o‘rganiladi. Xususan, g‘alla, paxta, makkajo‘xori kabi asosiy ekinlar misolida issiqlik va namlik balansining o‘zgarishi ularning o‘sish fazalariga va hosildorlik darajasiga bevosita ta’sir qilishi isbotlangan. Turli davlatlarda olib borilgan panel regressiya, ARIMA, va GARCH modellariga asoslangan tadqiqotlar iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga sezilarli salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Maqolada, ushbu xulosalar asosida O‘zbekiston sharoitida tadqiqot olib borish zarurligi asoslanadi.

09/29/2025
  • PDF
36-42 258 74
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer