Global miqyosda barqaror rivojlanishga bo'lgan e'tiborning ortishi yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi rolini tushunishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi, ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda. Ushbu tadqiqot yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning O'zbekiston kontekstida barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi muhim rollarini o'rganish uchun Strukturali Tenglama Modellashdan (SEM) foydalanadi, bu rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun imkoniyat va muammolarni aks ettiradi. Tadqiqot keng qamrovli kontseptual tahlil orqali ushbu tashabbuslarning iqtisodiy o'sish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy tenglikka ta'sirini baholaydi. Natijalar yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ekologik tanazzulni kamaytirish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash orqali barqaror rivojlanishga sezilarli hissa qo'shishini ko'rsatadi. Tadqiqot institutsional qo'llab-quvvatlash, moliyaviy rag'batlar va manfaatdor tomonlarning ishtiroki muhimligini ta'kidlab, barqaror amaliyot va texnologiyalarni samarali qabul qilish va integratsiya qilish zaruratini ta'kidlaydi
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va mehmonxona xizmatlari bozorida raqobatning kuchayishi zamonaviy mehmonxonalar faoliyatida innovatsiyalardan faol foydalanishni taqozo etmoqda. Innovatsiyalar hozirda mehmondo'stlik sanoatida muhim raqobat ustunliklaridan biri hisoblanadi. Mehmondo'stlik industriyasidagi innovatsiyalar mehmonxona mijozlarining ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish uchun yangi g'oyalar va bilimlarni joriy etish natijasida yaratilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, jarayon yoki usul ko'rinishida amalda qo'llaniladigan innovatsiya sifatida ta'riflanishi mumkin. Mehmondo'stlik industriyasidagi innovatsion texnologiyalar samaradorlik, qulaylik va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun mehmondo'stlik sanoatida qo'llaniladigan yangi va takomillashtirilgan usullar va vositalarni anglatadi.
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqaruvi tizimidagi asosiy muammolar va ularni hal qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning amaliy ahamiyati, ekologik barqarorlikni saqlashda va energiya samaradorligini oshirishda o‘zining muhim roli haqida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, xalqaro tajribalardan foydalanish va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga tatbiq qilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion rivojlanishning samarali yo‘llari tavsiya qilinadi. Shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligida qo‘llanishi natijasida jamiyatga va ekologiyaga ko‘rsatadigan ijobiy ta'siri baholanadi.
Мақолада Ўзбекистондаги тўқимачилик ва чарм компанияларида экологияга мос амалиётлар – экологик ишлаб чиқариш, экологик маркетинг, инсон ресурсларини экологик бошқариш, яшил инвестициялар ва экологик инновациялар орқали иқтисодий натижалар ўртасидаги ўзаро боғлиқлик таҳлил қилинган.
Тадқиқот миқдорий усулдан фойдаланган ҳолда амалга оширилди, мамлакатимиздаги “Ўзтўқимачиликсаноат” уюшмаси орқали, ўрта, катта тўқимачилик ва чарм корхоналари топ-менежерлари, корхона раҳбарларидан маълумотларни йиғиш учун 234 та анкета орқали стратификацияланган тасодифий намунани танлаш усули қўлланилди.
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan holda barqaror rivojlanishga erishish O‘zbekistonning resursni ko‘p talab qiladigan tarmoqlari va qazib olinadigan yoqilg‘iga tayanishini hisobga olgan holda muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqola qayta tiklanadigan energiyaga o‘tish, energiya samaradorligini oshirish, yashil texnologiya va innovatsiyalarni rag‘batlantirish va mustahkam ekologik siyosatni amalga oshirish kabi asosiy chora-tadbirlarga e’tibor qaratib, iqtisodiy o‘sishni atrof-muhitga zarar yetkazishdan ajratish strategiyalarini o‘rganadi. Tadqiqot barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyoti va xalqaro hamkorlikning ushbu o‘tishni osonlashtirishda muhimligini ta’kidlaydi. O‘zbekistonning quyosh, shamol va gidroenergetika salohiyati sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan birgalikda atrof-muhitga ta’sirni yumshatish yo‘llarini taklif etadi. Global sheriklik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yordamida mamlakat yashil texnologiyalarni o‘zlashtirishi va rivojlanish maqsadlarini xalqaro barqarorlik standartlari bilan muvofiqlashtirishi mumkin. Bunday yondashuv iqtisodiy farovonlik va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi, barqaror kelajakka hissa qo‘shadi.
Ushbu maqolada mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyotni” joriy etish natijalari, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy, sogʻliqni saqlash, aholi farovonligi koʻrsatkichlarining tahlili, mavzuga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlarning sharhi, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari oʻrganilgan
Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.