Ushbu tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirishga, soha xodimlarining malaka darajasini, innovatsion yondashuvlarini va professional rivojlanishini tahlil qilib, ularni raqobatbardosh qilish uchun samarali strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda soha mutaxassislarining intervyulari, so‘rovnomalar va mavjud adabiyotlar tahlili orqali kadrlar salohiyatini oshirish omillari – ta’lim, trening, motivatsiya va innovatsion boshqaruv tizimlari o‘rganilgan
Ushbu tadqiqotda Oʻrta Osiyo davlatlari suv tanqisligining iqtisodiy oʻsishga taʼsiri ekonometrik panel modellari orqali tahlil qilindi. Uzoq muddatli panel maʼlumotlarini tahlil qilish uchun biz Pooled regression model, fixed effect model va random effect modellari orqali 1990-2023 yillar va 5 ta davlat yillik maʼlumotlarini modellashtirdik. Model qurib boʻlgach ularni turli statistik testlar orqali diagnostik testlar bilan tekshirdik. Yuqoridagi modellarni solishtirish natijasida panel maʼlumotlarimizga eng mos keladigan model bu Pooled regression model ekanligini aniqladik. Ushbu model koʻrsatkichlari asosida Oʻrta Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligining oshib borishi iqtisodiy oʻsishga salbiy taʼsir etayotganligi aniqlandi. Suv tanqisligining har bir birlikka oshishi yalpi ichki mahsulotni 0.0166 birlikka kamayishiga olib keladi. Natijalar yuqori suv tanqisligiga uchrayotgan davlatlar suv resurslarini boshqarishni ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, tanqislikni kamaytirish infratuzilmalarini yaratib, suvni tejash siyosatini amalga oshirishi kerakligini ko‘rsatdi.
Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar, qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.
Mazkur maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida audit jarayonlarini avtomatlashtirishning ahamiyati va afzalliklarini tahlil qiladi. Xususan, amortizatsiya hisobi jarayonlarini avtomatlashtirishda raqamli yondashuvning roli ko‘rib chiqiladi. Dasturiy kod va algoritmlar yordamida ma'lumotlarni tezkor va aniq tahlil qilish, auditorlik tekshiruvlarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va jarayonlarni shaffof qilish imkoniyatlari ochib beriladi. Ushbu yondashuv orqali xatolarni sezilarli darajada kamaytirish va audit natijalarining ishonchliligini oshirishga erishildi.