Ushbu tadqiqotda "Industriya 4.0" konsepsiyasi doirasida toʻrtinchi sanoat inqilobining G7 mamlakatlari, Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlariga oʻzgartiruvchi taʼsiri zamonaviy ilmiy dalillarga asoslanib oʻrganiladi. Tadqiqotda katta maʼlumotlar (Big Data), narsalar interneti (IoT) va kiber-fizik tizimlar kabi raqamli texnologiyalarning integratsiyasi sanoat ishlab chiqarishni qayta shakllantirishi, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishi va barqaror rivojlanishga yordam berishi, shu bilan birga ijtimoiy va institutsional muammolarni keltirib chiqarishi koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda tizimli tahlil va qiyosiy yondashuv qoʻllaniladi, bu esa Rossiyada Smart Grid kabi aqlli texnologiyalarning va Oʻzbekistonda IoT asosidagi qishloq xoʻjaligi yutuqlarining turlicha qoʻllanilishi hamda G7 mamlakatlarining avtomatlashtirish sohasidagi yetakchiligini taʼkidlaydi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Industriya 4.0 iqtisodiy oʻsish va ekologik foyda keltirsa-da, u mehnat bozoridagi buzilishlarni kuchaytiradi va resurslarga boʻlgan talabni oshiradi, bu esa mustahkam institutsional islohotlar va "Adolatli oʻtish" tizimini joriy etishni talab qiladi. Ushbu qiyosiy tahlil turli iqtisodiy kontekstlarda texnologik taraqqiyot va ijtimoiy adolatni muvozanatlash uchun maxsus strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi.
Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va mintaqaviy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik keltirilgan. Jahon bozorida iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, savdo va investitsiyalar oqimining kengayishi mintaqalar oldiga yangi imkoniyatlar bilan birga jiddiy raqobat muhitini ham yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili, olib borilayotgan keng ishlar koʻlami, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omillari bogʻligi va globallashuvning mintaqaviy raqobatbardoshlikka taʼsiri yoritib berilgan.
Mazkur maqolada ijara muomalari hisobini 16-sonli MHXS asosida tashkil etish masalalarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Xususan, aktivdan foydalanish huquqi tarzidagi aktiv hamda ijara majburiyati hisobi hamda ularning moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda aktivdan foydalanish huquqi tarzidagi aktiv va ijara majburiyatini tan olish shartlari hamda ularni tegishli moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritish masalalari ham tadqiq qilingan.
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish tizimini barqaror boshqarish strategiyasi sifatida moliyaviy monitoringning mumkin bo'lgan natijalari tahlili, bugungi kun talablarini inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish jarayonini rivojlantirishga yordam berish yo'llari ko’rib chiqildi