Ushbu ilmiy maqolada turizm industriyasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati ta’kidlangan, joriy tashabbuslar, hozirgi tendensiyalar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek, yashil turizmni iqtisodiyotning yuqori rentabelli tarmog‘iga aylantirish, Yangi O‘zbekistonda yashil turizm salohiyatini rivojlantirish muammolarini muhokama qiladi.
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy hisobotlari asosida ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabat, xususan, kapital qaytimi, foyda rentabelligi, sug‘urta zaxirasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. Nazorat omili sifatida kompaniyalarning onlayn qidiruv tizimlaridagi optimizatsiyasi (SEO) ning moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta’siri ham baholangan. Shuningdek, maqolada ushbu munosabatlar ikki xil model yordamida statistik tahlil qilingan.
Ushbu maqolada islom moliyasi yaxshi rivojlangan, islom banklari va islom darchalari faoliyat yuritayotgan turli mamlakatlarning 2014-2024-yillardagi moliyaviy koʻrsatkichlari empirik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari islom darchalarining mavjud infratuzilmadan foydalanish hisobiga yuqori operatsion samaradorlik va rentabellikka ega ekanligini koʻrsatgan. Bu natijalari orqali esa hozirgi Oʻzbekiston sharoitida qaysi islom bankchiligi ustuvor tanlovga mosligi aniqlangan. Xalqaro tajriba asosida Oʻzbekiston bank tizimida islom darchalarini joriy etish uchun maqbul benchmark koʻrsatkichlari va strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada investitsiya loyihalarining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha nazariy yondashuvlar va ularning iqtisodiy mazmuni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya loyihalarini baholashning zamonaviy usullari, moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, risklarni boshqarish mexanizmlari hamda loyihalarni moliyalashtirishning institutsional jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalari samaradorligini oshirishda ESG tamoyillari, innovatsion texnologiyalar va strategik boshqaruvning o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.
Mazkur maqolada elektron tijorat logistikasida muhim infratuzilmalar hisoblangan fulfillment markazlari va last mile delivery tizimlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Har ikki tizimning funksional xususiyatlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda logistika jarayonlariga ta’siri solishtirma asosda o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida ushbu tizimlarning afzalliklari va kamchiliklari aniqlanib, ularni integratsiyalashgan holda qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi jarayonida generativ sun’iy intellektning o‘rni, xususan, uni joriy etish samaradorligini baholash hamda texnologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda generativ sun’iy intellekt ishlab chiqarish, moliya, logistika, davlat boshqaruvi va boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligini oshirish, operatsion tezlikni jadallashtirish, qaror qabul qilish sifatini yaxshilash hamda innovatsion salohiyatni kuchaytirishda strategik vosita sifatida namoyon bo‘layotgani asoslab berilgan. Shu bilan birga, uning afzalliklari bilan bir qatorda ma’lumotlar sizib chiqishi, modeldan noto‘g‘ri foydalanish, shaxsiy daxlsizlik buzilishi, ishonchsiz natijalar va kiberxavfsizlikka oid zaifliklar kabi jiddiy texnologik xatarlar ham mavjudligi ta’kidlangan. Tadqiqot OECD, Jahon banki, NIST hamda tarmoqqa oid ochiq manbali ilmiy va institutsional adabiyotlarning sifatli qiyosiy tahliliga asoslangan. Natijalar generativ sun’iy intellekt samaradorligini iqtisodiy ko‘rsatkichlar va texnologik xavfsizlik mezonlarini birlashtirgan ikki tomonlama yondashuv asosida baholash zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ushbu texnologiyani barqaror joriy etish uchun nafaqat raqamli infratuzilma va tashkiliy moslashuv, balki kuchli boshqaruv mexanizmlari, inson nazorati hamda uzluksiz risk monitoringi talab etilishi qayd etilgan.
Maqola soliq organlari faoliyatining baholanish tartiblari, baholashning asosiy maqsadlari, bu borada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar, ularning qarashlari, soliq organlari faoliyati samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar ularning mazmun-mohiyati, xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari faoliyatining samaradorligi va ularning bugungi kundagi holati haqida tushuncha beradi.
Oʻzbekiston Respublikasida islomiy mikromoliyalash tizimining rivojlanishi moliyaviy inklyuziya va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot islomiy mikromoliyalash institutlarining tarkibi, faoliyat koʻrsatkichlari va rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, huquqiy bazani takomillashtirish va xalqaro tajribalarni joriy etish orqali tizimni yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Maqolada Oʻzbekiston sharoitida sport tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi. Daromadlarni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish va sport tashkilotining umumiy moliyaviy barqarorligini oshirish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Mexanizm moliyaviy-iqtisodiy, marketing, tashkiliy-boshqaruv va nazorat-tahlil bloklarini oʻz ichiga oladi. Taklif etilayotgan mexanizmning samaradorligi “Lokomotiv” futbol klubi misolida koʻrsatilgan, uning asosiy daromad manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari tahlil qilingan, shuningdek, natijadorlikni baholash uchun maqsadli koʻrsatkichlar taklif etilgan.