Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi asosida ishlab chiqilgan baholash tizimining iqtisodiy, huquqiy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Reyting mezonlari xalqaro reyting amaliyotlari bilan qiyosiy o‘rganiladi, raqamli fiskal boshqaruv va soliq intizomi tamoyillari bilan uyg‘unligi tahlil etiladi. Tizimdagi amaliy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida fiskal islohotlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining foyda samaradorligi Stoxastik Chegara Tahlili (SFA) usuli asosida baholanadi. Tahlil 1999-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan tijorat banklari ma’lumotlariga asoslangan. Tadqiqot natijalari tijorat banklarining foyda samaradorligi yillar davomida ortib borganini, lekin global moliyaviy inqiroz va pandemiya davrida pasayganini ko‘rsatdi. Mulkchilik shakliga qarab, davlat banklari o‘rtacha eng yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘lgan, xorijiy banklar esa yuqori tebranuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay, ba’zi yillarda eng yuqori natijalarga erishgan. Xususiy banklar va aksiyadorlik tijorat banklarining foyda samaradorligi o‘zgaruvchan bo‘lib, bozor sharoitlariga bog‘liq holda keskin tebrangan.
Mazkur maqolada yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’murchiligini amalga oshirishning xorij tajribasi tahlil qilingan bo‘lib, bu tahlillar natijasida O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirish masalalari, yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada moliyaviy derivativlar tushunchasi, ularning turlari va amaliy qoʻllanilishi tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda derivativlar bozorining rivojlanish darajasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha muallifning takliflari keltirilgan. Tadqiqotda derivativlarning iqtisodiyot uchun ahamiyati, risklarni boshqarishdagi roli hamda investorlar uchun yaratayotgan imkoniyatlari yoritilgan. Muallif Oʻzbekistonda moliyaviy derivativlar bozorini rivojlantirish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish, infratuzilmani yaratish va investorlarni jalb qilish boʻyicha muhim chora-tadbirlarni taklif etadi.