Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlar sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlandiya tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatlar pedagoglari e’tiboridagi o‘qitish tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida mujassam. Zero, o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu davlatdagi 15 yoshli o‘quvchilar PISA xalqaro baholash dasturida muntazam juda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda.Finlandiyaning muvaffaqiyati o‘qituvchilardir. Yuqori sifatli mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ularning maqomi va mustaqilligi ta’minlangan. Ta’lim siyosati maqsadli ravishda tenglikka yo‘naltirilgan. Shuni aytib o‘tish lozimki, Finlandiya joylashuvi va iqlimi uning iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Ushbu maqolamda, Finlandiyaning moliyaviy ta’lim tizimini boshqa mamlakatlarga taqbiq etishni maqsadga muvofiq deb bildim.
Ушбу мақолада молиявий натижалар ҳисобини халқаро стандартларга ўтказиш борасидаги долзарб масалалар қайд қилинган. Хорижлик ва мамлакатимиз олимлари томонидан молиявий натижаларга берилган таърифлар танқидий ўрганилган. Тадқиқот ишида молиявий натижаларга такомиллашган муаллифлик таърифи ишлаб чиқилган. Келтирилган таърифда халқаро стандартларга мувофиқ молиявий натижалар шаклланиши, даромад ва харажатларни мувофиқлик принципига асосан бир-бирига таққосланиши натижасида фойда ёки зарар юзага келиши, фойда хусусий капитални кўпайтирувчи, зарар эса хусусий капитални камайтирувчи омил эканлигини инобатга олинган. Ҳисоблаш, реализация, мувофиқлик, ва иқтисодий наф олиш принципларининг амал қилиш кетма-кетлиги тавсия этилган
Islom moliyasi sanoati 2021-yilda barqaror ravishda 17 foizga o’sib, uning jami aktivlari hajmi qariyb 4 trillion AQSh dollariga yetdi. Bu o’sish sur’atlari islom banki, sukuk, islom fondlari va boshqa moliya institutlari kabi tarmoqlar faoliyatida yaqqol ko’rindi. Ta'kidlash joizki, umumiy aktivlarning 70 foizini tashkil etuvchi islom bank ishi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangani, operatsion samaradorlik va kuchli talab tufayli kengaydi. Bunda sof daromad 290% ga oshgan bo’lsa, mos ravishta, aktivlarning o’rtacha rentabelligi ham o’sib bordi. Butun dunyo bo’ylab to’liq raqamli islomiy banklarning yuksalishi va LIBORga o’tish jarayoniga javoban Malayziyaning MYOR-i va Ummonning islomiy pul bozorlari vositalari sanoat innovatsiyasini yoqlab chiqdilar. Islom moliyasini rivojlantirish ko’rsatkichi (Islamic Finance Development Indicator) orqali barqarorlikni, boshqaruvni, bilim va xabardorlikni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar sanoat taraqqiyotiga ishora etib, islom moliyasini doimiy o’sish va innovatsiyalar uchun yo’naltiradi.