Arxivlar
-
MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI: TAJRIBA, TENDENTSIYALAR VA ISTIQBOLLAR
2023Ushbu to‘plam FZ-5421033210-sonli “Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi transformatsiyasining metodologik asoslari”nomli fundamental loyiha doirasida “Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendentsiyalar va istiqbollar” mavzusida bo‘lib, unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va mintaqaviy muammolar, hududiy boshqaruvni markazsizlashtirish va hududlarni rivojlantirishning iqtisodiy vositalarini takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uning mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish bilan o'zaro bog‘liqligi, hududlarni rivojlantirish va “yashil iqtisodiyot”ni shakllantirishning ekologik muammolari va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha fanlararo tadqiqotlar: sotsiologiya, hududiy brendlar, yangi iqtisodiy geografiya kabi mavzularga oid tadqiqot ishlari va ilmiy qarashlari aks ettirilgan materiallar bayoni keltirilgan.
To‘plamga iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot muassasalarining mutaxassislari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari, vazirlik vа korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijalari kiritilgan.
To‘plamda keltirilgan materialllarning mazmuni, undagi statistik maʼlumotlar, keltirilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning haqqoniyligi, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarga mualliflarning o‘zlari masʼuldirlar.