O‘ZBEKISTONDA TURIZM BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-iss1-pp231-237Annotasiya
Maqolada O‘zbekiston turizm bozorining rivojlanish tendensiyalari, uning
tarkibiy xususiyatlari hamda zamonaviy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda
turizm bozorining umumiy hajmi, xizmatlar savdo kanallarining o‘zgarishi va turistlarning o‘rtacha
kunlik xarajatlari dinamikasi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlab olindi. Tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda turizm bozori pandemiyadan keyingi davrda tiklanish bosqichidan
barqaror o‘sish bosqichiga o‘tgan. Ayniqsa, turizm xizmatlarining onlayn kanallar orqali sotilishi
ulushining ortib borishi hamda turistlarning kunlik xarajatlari ko‘payishi ushbu bozorning raqamli
va iqtisodiy jihatdan chuqurlashib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, madaniy meros,
tarixiy shaharlar, davlat siyosati va xizmatlar infratuzilmasi bozorning tarkibiy tayanch omillari
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston turizm bozorini yanada rivojlantirish
uchun raqamli transformatsiya, xizmat sifati, hududiy diversifikatsiya va barqaror turizm
tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqilgan.
Bibliografik manbalar
1. Eshtayev, A.A., & Bobobekova, N.B. (2024). Xalqaro turizm bozorining rivojlanish tendensiyalari va unda O‘zbekistonning ishtiroki. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2-son, 764–768.
2. Astanakulov, O., & Sokhibova, M. (2025). Assessing the Contribution of Tourism to Uzbekistan’s Economic Growth: Analysis of Influencing Factors. Economics, Finance and Management Review, 4(24), 4–16.
3. Karimov, M., Okmullaev, R., Marty, P., & Saidmamatov, O. (2025). Tourism Sustainability in Uzbekistan: Challenges and Opportunities Along the Silk Road. Economies, 13(9), 250.
4. Statista Market Insights. (2025). Travel and Tourism in Uzbekistan: Revenue, Sales Channels, Average Daily Expenditure [Statistik ma’lumotlar to‘plami].
5. Bakhodirov, B.B. (2026). Prospects and Problems of Tourism Capacity in Uzbekistan. London International Monthly Conference on Multidisciplinary Research and Innovation, 590–591.
