HUDUDIY IQTISODIY OʻSISH JARAYONLARINI ARIMA MODELLARI YORDAMIDA PROGNOZLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp658-666Annotasiya
Ushbu maqolada hududiy iqtisodiy oʻsish tendensiyalarini baholash va prognoz qilishda vaqtli qatorlar tahlilining zamonaviy ekonometrik usuli hisoblangan ARIMA modellarini qoʻllash masalalari tadqiq etilgan. Surxondaryo viloyatining 2010–2025-yillardagi real iqtisodiy oʻsish surʼatlari va nominal yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi dinamikasi asosida tegishli modellar qurilgan. Vaqt qatorlarining statsionarligi Kengaytirilgan Dikki-Fuller (ADF) testi yordamida tekshirilib, model tartiblari AIC, BIC va HQC axborot mezonlari asosida optimallashtirilgan. Tadqiqot natijasida viloyat iqtisodiy oʻsish surʼatlari uchun ARIMA(0,1,2) va nominal YaHM hajmi uchun ARIMA(3,2,2) modellari spetsifikatsiya qilinib, 2026–2031-yillar uchun oʻrta muddatli prognoz qiymatlari hisoblab chiqilgan. Mazkur model va prognozlar hududiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, bandlikni saqlash hamda soliq-byudjet koʻrsatkichlarini rejalashtirishda qaror qabul qiluvchilar uchun ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi
Kalit so‘zlar:
hududiy iqtisodiy oʻsish yalpi hududiy mahsulot (YaHM) ARIMA modeli prognozlashtirish vaqtli qatorlar statsionarlik ADF testi axborot mezonlari Surxondaryo viloyatiBibliografik manbalar
Abdo Ali Nasser Aldine (2023) FORECASTING LEBANESE STOCKS USING ARIMA MODELS // Цифровые модели и решения. №1.
Dowletgeldiyeva A., Kakyshov E. (2024) TIME SERIES ANALYSIS USING ARIMA // Инновационная наука. №12-1-2.
Драгуленко В.В., Иванников В.А., Унанян В.С. (2023) Применение искусственного интеллекта в прогнозировании экономического роста // Вестник ТОГУ. №4 (71).
Есоян Артур Гукасович, Анисимов Александр Вадимович, Мирончук В. А. (2024) Методологические основы прогнозирования экономического роста // Прикладные экономические исследования. №1.
Кратович П.В. (2011) Нейронные сети и модели Arima для прогнозирования котировок // Программные продукты и системы. №1.
Маськова Наталья Геннадьевна (2009) Прогнозирование экономического роста // Вестник Майкопского государственного технологического университета. №3.
Пилюгина А.В., Бойко А.А. (2015) Использование моделей arima для прогнозирования валютного курса // Прикаспийский журнал: управление и высокие технологии. №4 (32).






