Ushbu maqolada hududiy iqtisodiy oʻsish tendensiyalarini baholash va prognoz qilishda vaqtli qatorlar tahlilining zamonaviy ekonometrik usuli hisoblangan ARIMA modellarini qoʻllash masalalari tadqiq etilgan. Surxondaryo viloyatining 2010–2025-yillardagi real iqtisodiy oʻsish surʼatlari va nominal yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi dinamikasi asosida tegishli modellar qurilgan. Vaqt qatorlarining statsionarligi Kengaytirilgan Dikki-Fuller (ADF) testi yordamida tekshirilib, model tartiblari AIC, BIC va HQC axborot mezonlari asosida optimallashtirilgan. Tadqiqot natijasida viloyat iqtisodiy oʻsish surʼatlari uchun ARIMA(0,1,2) va nominal YaHM hajmi uchun ARIMA(3,2,2) modellari spetsifikatsiya qilinib, 2026–2031-yillar uchun oʻrta muddatli prognoz qiymatlari hisoblab chiqilgan. Mazkur model va prognozlar hududiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, bandlikni saqlash hamda soliq-byudjet koʻrsatkichlarini rejalashtirishda qaror qabul qiluvchilar uchun ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi
Ushbu maqolada KPI tizimining nazariy asoslarining rivojlanish tarixi, soliq organi faoliyatini “mahallabay” tizimi orqali tashkil etish va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili va ular yakuni bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Mazkur tadqiqot Oʻzbekistonda toʻgʻri soliqlarni prognozlash metodologiyasini takomillashtirish amaliyotining hozirgi holatini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda foyda soligʻi, jismoniy shaxslar daromad soligʻi hamda mol-mulk va yer soliqlari kabi asosiy toʻgʻri soliqlar boʻyicha prognozlashtirish jarayonlarining amaldagi mexanizmlari oʻrganilgan. Statistik tahlil, taqqoslama baholash va iqtisodiy modellashtirish usullari asosida prognoz koʻrsatkichlari aniqligi va barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar baholangan. Shuningdek, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq bazasining kengayishi hamda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish jarayonlarining prognozlash sifatiga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida toʻgʻri soliqlar tushumlarini prognozlashda zamonaviy iqtisodiy-matematik modellarni qoʻllash, axborot bazasini takomillashtirish hamda institutsional yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada jismoniy shaxslarni kreditlashga psixologik omillar ta’sirining ilmiy-nazariy jihatlari tadqiq etilgan boʻlib, bank va moliya tizimlarida kredit tizimini takomillashtirish, kredit xizmatlarini jozibador tarzda taklif qilish hamda kredit to῾loviga layoqatlilikni aniq va ishonchli usullarda aniqlagan holda kredit olishga bo῾lgan talabni oshirish yo’llari aks ettirilgan.