Maqolada globallashuv va raqamlashtirishsharoitida fan va ta’lim integratsiyasiga moslashuv asosida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy strategik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Ta’lim tashkilotlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, uzoq muddatli, moslashuvchan va kompleks strategiyalarni ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan.
Raqamlashtirish jarayoni ta’lim tizimining har bir bosqichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt yordamida mustaqil ta’lim jarayonlarini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida SI texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va SI texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni boshqarish natijadorligini belgilovchi omillar tizimi tadqiq etilgan. Oliy ta’lim qamrovining kengayishi, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘zaro nisbatidagi o‘zgarishlar, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish zarurati moliyaviy boshqaruvning sifat jihatidan yangilanishini talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tizimlashtirish hamda ularni integral baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, indikatorlar usuli, analitik ierarxiyalar jarayoni (AHP), normalizatsiya va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanildi. Natijada omillar beshta o‘zaro bog‘liq blokka, institutsional-huquqiy sharoit, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy boshqaruv sifati, resurslarni taqsimlash samaradorligi hamda shaffoflik va moliyaviy risklarni boshqarish bloklariga ajratildi. Mazkur bloklar asosida OTM moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligi indeksi taklif etildi. Indeks OTMning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyatini diagnostika qilish, ustuvor xarajat yo‘nalishlarini tanlash hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari OTMning o‘rta muddatli moliyaviy rejasini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha mas’uliyat markazlarini joriy etish hamda ichki monitoring panelini yaratishda qo‘llanishi mumkin
Ushbu maqolada o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etishni takomillashtirish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, tizimli yondashuvni va zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olishni talab qilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Texnologiyaning jadal rivojlanishi va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarning kuchayishi sharoitida ushbu mavzuning dolzarbligi tobora oydinlashib bormoqda. O‘quv jarayonini takomillashtirishning asosiy jihatlaridan biri o‘quvchilarning ta’lim faoliyatiga faol jalb etilishiga yordam beruvchi o‘qitishning interfaol usullarini joriy etish ekanligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim jarayonida raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda metakognitiv qobiliyatlarning o‘rni va ahamiyati hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’sirini baholash zarurati sezilmoqda. Metakognitiv rejalashtirish, monitoring va refleksiya kabi komponentlarning rivojlanishi o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan ongli, tanqidiy va samarali foydalanish darajasini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. Xususan, metakognitiv yondashuvlar joriy etilgan sharoitda raqamli kompetensiyalarning barqaror shakllanishi hamda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarining kuchayishi aniqlandi. Raqamli iqtisodiyot talablariga mos kadrlar tayyorlashda metakognitiv yondashuvlarni ta’limning barcha bosqichlariga integratsiya qilish zarurligi asoslab berildi